Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi rasmiy sahifasi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 1-son Tuproqqal’a saylov okrugidan saylangan deputat Ismoil Ro‘zimovich Ju...
02/06/2026

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 1-son Tuproqqal’a saylov okrugidan saylangan deputat Ismoil Ro‘zimovich Jumanazarov mahallada fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqaro Dudieva Anabibi boquvchisini yo‘qotganligi sababli ishga joylashtirish masalasida, Samandarov Ozod esa o‘z tomorqasini sug‘orish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan fuqarolar qabullarining muntazam o‘tkazib kelinayotgani aholi o‘rtasida deputatlarga bo‘lgan ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi.

Qabulni tashkil etishda mahalla va partiya vakillari bilan hamkorlikda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Azamjon Komilov ham ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muhiddin Otaxonovich Yarashov o‘zi deputat sifatida saylangan Oxunb...
02/06/2026

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muhiddin Otaxonovich Yarashov o‘zi deputat sifatida saylangan Oxunboboyev mahallasida hokim yordamchisining ish samaradorligi bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchisi hamkorligida 17 nafar fuqaroga 400 million so‘mdan ortiq kredit ajratilgani hamda 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgani qayd etildi. Yaratilgan ish o‘rinlari asosan xizmat ko‘rsatish va mahalliy sharoitdan kelib chiqib chorvachilik yo‘nalishlarida tashkil etilgan.

Shuningdek, 2026-yilning o‘tgan davrida mahallada subsidiyalar ajratilgani, 4 ta mikroloyiha amalga oshirilishi natijasida yana 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgani ta’kidlandi.

Deputat M. Yarashov tomonidan hokim yordamchisi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva Tuproqqala tuman markazida joylashgan IT Park...
02/06/2026

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva Tuproqqala tuman markazida joylashgan IT Parkda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida IT Parkda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar o‘zlari shug‘ullanayotgan faoliyatlari, loyihalari va qiziqishlari yuzasidan deputat bilan muloqot qildilar.

Muloqot jarayonida deputat F. Seydabdullayeva tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar hamda ularning kelgusida o‘z bilim va salohiyatini amalda qo‘llashi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ulardan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati I. Jumanazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Komilov ...
02/06/2026

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati I. Jumanazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Komilov Sarimoy MFY hokim yordamchisi Asadbek Komilov faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli yo‘nalish va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati D. Xojiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P. Raxmonov “Xa...
02/06/2026

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati D. Xojiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P. Raxmonov “Xalimaxon” savdo kompleksi ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi savdo kompleksining hudud aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Yangi savdo kompleksiga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz.

Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlariXalq deputati Tup...
25/05/2026

Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
Xalq deputati Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Sultonov Xushnudbek Romanberganovich, Tuproqqal’a tumani 5-“Muxabbat” saylov okrugida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib esh*ttirdi. Shuningdek, yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.

Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.

Халқ депутатлари Тупроққалъа туман Кенгаши раиси Хушнуд Султонов туман фаоллари билан биргаликда ўтказилган "Соғлом ҳаёт...
25/05/2026

Халқ депутатлари Тупроққалъа туман Кенгаши раиси Хушнуд Султонов туман фаоллари билан биргаликда ўтказилган "Соғлом ҳаёт учун 5000 қадам" лойиаҳасида иштирок этди.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasida fuqarolarnin...
25/05/2026

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasida fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha qonun ijrosini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ayollar o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholiga malakali tibbiy tavsiyalar berish ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova “Saxovat” mahallasida saylovchilar qabuli o‘t...
25/05/2026

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova “Saxovat” mahallasida saylovchilar qabuli o‘tkazdi.

Fuqarolar qabulida bildirilgan muammolarning bir qismi shu yerning o‘zida hal qilindi. Ayrim masalalar mas’ul korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga topshirilib, nazoratga olindi. Ba’zi ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.

Deputat bilan uchrashuvda mahalla faollari, partiya vakillari hamda 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tumandagi 1-son texnikumda tashkil etilgan “...
25/05/2026

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tumandagi 1-son texnikumda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” dasturida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat jarayonida hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar hamda ulardan samarali foydalanib, kelajakda jamiyatga kerakli kadr bo‘lib yetishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikr almashildi.

Deputat yoshlarning rahbar sifatida shakllanishida bilim va ma’naviyatning o‘rni, zamonaviy boshqaruvda talab etiladigan sifatlar hamda ularni amaliyotda qo‘llash yuzasidan o‘z tajribasidan kelib chiqib tavsiyalar berdi.

Shuningdek, respublikamizdagi rahbar kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarining jamiyatdagi roli haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Tumanimizda rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yoshlarga tushuntirishlar berildi.

Address

Yoshlik Mahallasi Komiljon Otaniyozov Ko'chasi 1-uy
Tuprakkala
220400

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998995015835

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category