Tuproqqal'a TAKM

Tuproqqal'a TAKM Tuproqqal'a tumani axborot kutubxona markazi

30/03/2026

Hech narsa tasodifan yuz bermaydi.
Tasodiflar ko'pdir dunyoda

30/03/2026

Jahon tartiboti

30/03/2026

O'tkan kunlar

Dunyodagi eng g’aroyib 5 kutubxonaTrinity College Library – Dublin, Irlandiya“Book of Kells” kabi noyob qo‘lyozmalar saq...
30/03/2026

Dunyodagi eng g’aroyib 5 kutubxona
Trinity College Library – Dublin, Irlandiya
“Book of Kells” kabi noyob qo‘lyozmalar saqlanadi, eski kitob kollektsiyasi dunyodagi eng boylardan biri.
George Peabody Library – Baltimore, AQSh
XIX asr barokko arxitekturasi, baland shiftlar va devorlar bo‘ylab kitoblar bilan nafis dizayn.
Admont Abbey Library – Avstriya
Dunyoning eng katta monastir kutubxonasi, barokko uslubidagi zallari bilan ajoyib go‘zallikni namoyish qiladi.
Strahov Monastery Library – Praga, Chexiya
XVII-XVIII asr yirik qo‘lyozmalar va rasmli kitoblar bilan to‘la, tarixiy atmosfera bilan mashhur.
Bibliotheca Alexandrina – Misr
Qadimiy Alexandria kutubxonasining zamonaviy nashri, futuristik dizayn, millionlab kitoblar va ilmiy markazlar mavjud.
✨ Har bir kutubxona o‘zining tarixiy yoki zamonaviy dizayni, noyob kitob kollektsiyasi va ilmiy merosi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Kitob sevuvchilar uchun bu joylar haqiqiy jannat!
Siz qaysi kutubxonaga borishni xohlardingiz?

📚 Tuproqqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida davra suhbati o‘tkazildiTuproqqal’a tumani axborot-kutubxona markazida ...
18/03/2026

📚 Tuproqqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida davra suhbati o‘tkazildi

Tuproqqal’a tumani axborot-kutubxona markazida “Huquqlar himoyasi — kuchli jamiyat sari qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida ishtirokchilar inson huquqlari, ularni himoya qilishning dolzarb masalalari hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida fikr almashdilar. Tadbir davomida fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va ulardan to‘g‘ri foydalanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.

🌸 Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami 🌸Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida Tuproqqal'a tumanid...
16/03/2026

🌸 Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami 🌸

Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida Tuproqqal'a tumanida Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bayram sayli 16-martdan 21-martgacha davom etib, ushbu kunlarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, milliy o‘yinlar, konsert dasturlari hamda xalq sayillari bo‘lib o‘tmoqda.

16-mart kuni soat 10:00 da boshlangan asosiy bayram tadbirida Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etdilar. Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda Navro‘z bayramining tarixiy va ma’naviy ahamiyatini yoritib beruvchi kitoblar namoyish etildi.

Bayram sayliga tashrif buyurgan fuqarolar va yoshlar kitob ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib, milliy merosimizga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

✨ Navro‘z – do‘stlik, mehr-oqibat va yangilanish ayyomi bo‘lib, barchaga quvonch va fayz ulashmoqda. ✨

🌿 Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markazida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab ...
13/03/2026

🌿 Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markazida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashari tashkil etilmoqda. Mazkur hasharlar Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi ham ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida markaz hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tozalandi, daraxt va gulzorlar tartibga keltirildi.

Bunday tadbirlar yurtimizni yanada obod qilish, atrof-muhitni asrash hamda jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌿

🌷 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida bayramona tadbir ta...
06/03/2026

🌷 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida bayramona tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida aziz va muhtarama ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni, ularning oiladagi mehr-muhabbati, fidokorona mehnati hamda yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi.

💐 Tuproqqal’a tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi barcha aziz ayollarni 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik va doimo yuksak e’tibor tilaymiz.

🎉 Yutuqlarimiz davom etmoqda!Tuproqqal'a tumani axborot-kutubxona markazining “Tuproqqal'a TAKM” YouTube kanali yana bir...
25/02/2026

🎉 Yutuqlarimiz davom etmoqda!

Tuproqqal'a tumani axborot-kutubxona markazining “Tuproqqal'a TAKM” YouTube kanali yana bir muhim marrani zabt etdi!

📊 Kanalimizdagi umumiy ko‘rishlar soni 1 milliondan oshdi,
👥 obunachilarimiz esa 566 nafardan ortib bormoqda.

Bu natija — aziz kuzatuvchilarimizning ishonchi, qo‘llab-quvvatlashi va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishining samarasidir. Har bir ko‘rish, har bir obuna biz uchun katta rag‘bat va mas’uliyatdir.

Kanalimiz orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar hamda dolzarb mavzulardagi videolar muntazam yoritib borilmoqda.

🎥📚 Biz bilan birga bo‘ling, yangiliklarni kuzatishda davom eting!
Birgalikda yanada yuksak marralarni zabt etamiz!

https://www.youtube.com/

Tuproqqal'a tumani 1-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 691-son qarori ijrosi doirasida “Qa...
25/02/2026

Tuproqqal'a tumani 1-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 691-son qarori ijrosi doirasida “Qatag‘on qurbonlari — millat fidoyilari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Tuproqqal'a tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘tgan asrning og‘ir sinovli yillarida nohaq qatag‘on qilingan, millat ravnaqi, ilm-fan va ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida keng ma’lumotlar berildi. Ularning xalqimiz tarixidagi o‘rni, mardligi va fidoyiligi alohida ta’kidlandi.

Bugun Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markaziga Xorazm viloyati O'zLiDeP kengashi raisi, "UzAuto Motors" AJ Xorazm ...
24/02/2026

Bugun Tuproqqal'a tumani Axborot-kutubxona markaziga Xorazm viloyati O'zLiDeP kengashi raisi, "UzAuto Motors" AJ Xorazm filiali boshqaruvchi direktori Jumaniyazov Sabir Matkarimovich tashrif buyurib O'zbekiston Prezidentining 15-yanvardagi 9-sonli qarori ijrosini o'rganish, tumandagi kutubxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida bir qator masalalar yuzasidan, tadbirda o'z fikr mulohazalari va kutubxona faoliyatiga amaliy yordam berish to'g'risida taklif berdi.

Tashrif davomida:
📚 Kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi
📝 Mavjud shart-sharoitlar va kamchiliklar o‘rganildi
💬 Xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

19/02/2026

Seni toliqtirayotgan hamma narsadan voz kech
Mudhish Psixologiya

Address

Tuproqqala Tumani Navbahor Mahallasi Mustaqillik Ko'chasi 1-uy
Tuprakkala

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 16:00
Sunday 09:00 - 12:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tuproqqal'a TAKM posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category