YIA Urganch shahar bo'limi

YIA Urganch shahar bo'limi Агентства по делам молодёжи города Ургенча

Besh tashabbus olimpiadasi "Raqs festivali" Xorazm viloyat bosqichi g'olibi bo'lgan yoshlar Respublika bosqichida ishtir...
19/12/2022

Besh tashabbus olimpiadasi "Raqs festivali" Xorazm viloyat bosqichi g'olibi bo'lgan yoshlar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga qarab yo'l olishdi.

17/12/2022

УРГАНЧ ШАҲРИДА ЯНГИ ЙИЛ АРЧАСИ ҚАД КЎТАРМОҚДА

Байрамда барча фуқароларимиз шаҳаримизга, хусусан, байрам арчасини кўришга ошиқишларини инобатга олиб, фуқаролар хавфсизлигини таъминлашда янада кучайтиришга алоҳида эътибор қаратилди.

Шу боисдан байрам арчасида штаб ташкил этилиб, у ерга кузатув камералари жойлаштирилди. Тиббий пунктлар ташкил қилинди.
Барчаси Урганч шаҳар ҳокими назоратида бўлиб, байрам арчасини ҳар йилгиданда гўзал ва байрамона қилиб безатиш ишлари жадал олиб борилмоқда.

Урганч Давлат Университети ТОП-3 таликда.Энг кўп битирувчиси очиқ танлов асосида давлат хизматига қабул қилинган ОТМларн...
16/12/2022

Урганч Давлат Университети ТОП-3 таликда.

Энг кўп битирувчиси очиқ танлов асосида давлат хизматига қабул қилинган ОТМларнинг ТОП-20 талиги эълон қилинди

Бугунги кунга қадар вакант лавозимлар ягона очиқ портали (https://vacancy.argos.uz/) орқали 45 мингга яқин фуқаро очиқ танлов асосида давлат хизматига қабул қилинган. Ишга қабул қилинганларнинг 18 272 нафари (43%) 150 та олий таълим муассасасининг охирги 5 йиллик битирувчилари ҳиссасига тўғри келмоқда.

▪️Таҳлилларга кўра:

“Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти” миллий тадқиқот университети, Самарқанд ветеринария медицинаси институти, Урганч давлат университети, Бухоро давлат университети, Фарғона политехника институти, Тошкент давлат иқтисодиёт университети, Тошкент молия институти, Термиз давлат университети, Гулистон давлат университети ҳамда Тошкент давлат аграр университетининг энг кўп битирувчиси очиқ танлов асосида ишга қабул қилинган.

❗️Шунингдек, ўтказилган танловларнинг тест синови босқичида иштирок этиб, етарли балл тўплай олмаган 73 997 нафар номзоднинг 31 777 нафари (43 %) ОТМларни охирги 5 йилда тамомлаган битирувчилар эканлиги маълум қилинган (https://t.me/argos_uz/7310).

15/12/2022

“Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovi haqida

“Tanlov davomida mahallalarda Yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga nazar sola turib, davlat va yoshlarning uzviy bogʻliqligi yana bir bor o‘z isbotini ko‘rsatdi. Har bir yoʻnalishda yoshlarning bandligini taʼminlash davom etmoqda. Yigit va qizlarning har tomonlama kamol topishlari, bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning kelgusida vatan ravnaqiga hissa qoʻshuvchi avlod boʻlib yetishishlarida ahamiyatlidir!”

Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta‘til 28-dekabrdan boshlanadi. Ta‘til 14 kun davom etadi ya‘ni 2023-yil 10-yanvarga qa...
14/12/2022

Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta‘til 28-dekabrdan boshlanadi. Ta‘til 14 kun davom etadi ya‘ni 2023-yil 10-yanvarga qadar 11-yanvardan esa III chorak o‘qishi boshlanadi.

14/12/2022

O'QUVCHILAR HOKIM FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida” 2022 yil 11 maydagi PQ-241-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahrimizdagi 9-son maktab o'quvchilari murabbiylari boshchiligida Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida hokimlik binosiga keldilar.

Ular bilan uchrashuv tashkil etildi. Yoshlarga kelgusida yuqori marralarni egallash uchun hokim tomonidan kerakli ko'rsatma-tavsiyalar berildi. Hokim o'quvchilar bilan bugungi kundagi dolzarb mavzularda yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, sport sohasida yurtdoshlarimizning erishayotgan yutuqlari to'g'risida suhbatlashdilar.

Uchrashuv yakunida Urganch shahar hokimi o'quvchilarga estalik sovg'a sifatida mashhur adiblarning badiiy kitoblarini sovg'a qildi. O'quvchilar sovg'adan juda mamnun bo'lishdi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

14/12/2022

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Kiberspo'rt yo'nalishi bo'yicha Respublika bosqichida Xorazm viloyati 2 ta bro'nza medaliga sazovor bo'lishi.

CSGO Urganch shahar ko'hna- kala mahallasi 6 nafar ishtirokchi.
🥉3-o'rin

FiFa 2022 Xonqa tumani 1 nafar ishtirokchisi
🥉 3-o'rin bilan taqdirlandilar

Address

Абулғози Баходирхон кўчаси 186
Urgench
220100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when YIA Urganch shahar bo'limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share