29/04/2026
Qo’shko’pir tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Kutubxona xodimlari tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tashrif buyurib, soha xodimlariga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, badiiy asarlar va jahon adabiyoti durdonalari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tashrif davomida qutqaruvchilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishdilar hamda kutubxonaga a'zo bo'lish imkoniyatlari haqida tushunchaga ega bo'ldilar.