Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi

Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi Yunusobod tuman axborot -kutubxona markazining rasmiy kanali

Manzil:Yunusobod tuman 7-mavze 37-uy,

Ish vaqti 09:00 dan- 18:00 gacha

 📆2026-yil 4-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 247-sonli umumta’lim...
04/06/2026



📆2026-yil 4-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 247-sonli umumta’lim maktabi qoshida faoliyat yuritayotgan “Happy Life” kunduzgi oromgohida “Biz kitoblar bilimdonlari” nomli viktorina o‘yinlari hamda ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

✅ Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim saviyasini kengaytirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

📌Tadbir davomida ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishtirokchilarga turli mavzulardagi qiziqarli kitoblar taqdim etildi.

🔸Bolajonlarning bilimdonligi,topqirligi va zukkoligini aniqlash maqsadida turli savol-javoblar,viktorina bahslari hamda qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.Faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib,tadbir ularda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

📖 Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter

04/06/2026



📚✨ XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING "BESH BOLALI YIGITCHA" ASARIGA BOOKTUBER TAYYORLANDI! ✨📚

🏛 Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘zbek bolalar adabiyotining sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari asosida booktuber tayyorlandi.

📚Ushbu booktuber orqali kitobxonlar asarning mazmuni, qahramonlari, voqealar rivoji hamda asarning tarbiyaviy ahamiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📘Asar yoshlarni do‘stlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik va hayotiy sinovlarni mardona yengib o‘tishga undaydi.

📖 Kitob mutolaasiga oshno bo‘ling va qiziqarli asarlar olamiga sayohat qiling!







📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

04/06/2026

⌛NEGA VAQT TEZ O‘TAYOTGANDEK TUYULADI?

1. Vaqtni biz soat bilan emas, xotira orqali baholaymiz. Agar kun davomida qancha ko‘p yangi xotira bo‘lsa, kun uzoqroq tuyuladi. Agar kunlar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, miya ularni “ahamiyatsiz” deb hisoblab, kam xotira saqlaydi. Natijada vaqt qisqa bo‘lib tuyuladi.

2. Har kuni bir xil vaqtda turish, bir xil yo‘l, bir xil ishlar, bir xil muhitni miya yangi xotira sifatida saqlamaydi. Aksincha avtomatik rejim deb qabul qiladi va vaqtni his qilish tuyg‘usini yo‘qotadi.

3. Ijtimoiy tarmoqlardan unumsiz foydalanilyotgan paytda miya hozirgi lahzani sezmay qoladi va 30 daqiqa – 2 daqiqadek o‘tib ketadi.

4. Juda band bo‘linganda va juda ko‘p stress his qilinganda ong vaqtni kuzata olmay qoladi. Natijada esa o‘sha ayni lahzalar yashalmay o‘tkazib yuboriladi.

5. Har bir kun uchun aniq maqsad yo‘qligi kunlarni bir-biriga ulab yuboradi va vaqt bekorga ketayotgandek tuyuladi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

04/06/2026

📚 KITOBNI TEZKOR VA MAZMUNLI O‘QISHNING 5 TA SAMARALI TEXNIKASI 🚀

1️⃣ Ko‘z bilan skanerlash
Matnni so‘zma-so‘z emas, asosiy so‘zlar va jumlalar orqali ko‘z bilan tez ko‘zdan kechiring.
👉 Miya ma’lumotni tezroq qabul qiladi.

2️⃣ Savol bilan o‘qish
O‘qishni boshlashdan oldin o‘zingizga savol bering:
❓ “Bu bob menga nima beradi?”Bu usul diqqatni oshiradi va mazmunni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ichki ovozni o‘chirish
So‘zlarni ichingizda talaffuz qilib o‘qimang.
🧠 Ko‘z→miya yo‘li tezroq ishlaydi va o‘qish tezligi 2 baravar oshadi.

4️⃣ Qalam yoki barmoqdan foydalanish.O‘qiyotganda qalam yoki barmog‘ingiz bilan satr bo‘ylab yuring.
✍️Bu usul diqqatni jamlaydi va ko‘zning adashishini oldini oladi.

5️⃣Xulosa qilish odati
Har bobdan so‘ng o‘zingizga qisqa savol bering:
📝 “Nimani o‘rgandim?”
Bu bilimni mustahkamlaydi va esda saqlashni osonlashtiradi.

Tez o‘qish—bu shunchaki tezlik emas, tushunish san’ati.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

 Ushalmaydigan orzu yaxshi, uning aybi ham yoʻq, javobgarligi ham yoʻq,dilingni allalab yashayveradi Ammo ushaladigan or...
04/06/2026



Ushalmaydigan orzu yaxshi, uning aybi ham yoʻq, javobgarligi ham yoʻq,dilingni allalab yashayveradi Ammo ushaladigan orzular koʻpincha alam bilam tugaydi. Sen dohiyona shoir boʻlolmasang, bu - bir pav, oʻtar-ketar... lekin koʻngil qoʻyganing qoʻshni qiz erga chiqib ketsa, bir umr kuyasan.

✍ Asqar Muxtor
📚 "Uyqu qochganda" (Tundaliklar) kitobidan
18-bet

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

04/06/2026



“Odamlar hamma vaqt ham oʻzlari koʻringandek boʻlavermaydilar”.

✍ G. Lessing

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter

  📆2026-yil 3-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandi ijrosini ta’minlash ham...
03/06/2026




📆2026-yil 3-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandi ijrosini ta’minlash hamda “Kitobxon onalar” loyihasini amalga oshirish maqsadida “Kutubxona–nurxona” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbir tumandagi “Astrobod” va “Bobodehqon” mahallalarida istiqomat qiluvchi uy bekalari hamda kitobxon onalarni kutubxonaga jalb etish, ularning farzandlari bilan birgalikda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.

🔰 “Kutubxona–nurxona” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati davomida ishtirokchilarga kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi,undan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda kitoblarga buyurtma berish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📚 Shuningdek,kutubxona fondida mavjud bo‘lgan turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan tanishtirilib, kitob mutolaasining inson ma’naviyati va farzandlar tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter

03/06/2026

Dunyodagi eng yaxshi bolalar romanlari

📚 Bolalar adabiyoti millionlab o‘quvchilar qalbiga iliqlik, orzu,do‘stlik va jasorat tuyg‘ularini ulashadi.

🌎 Dunyo bo‘ylab eng yuqori baholangan va har bir bola kamida bir marta o‘qishi kerak bo‘lgan durdona asarlar ro‘yxatini ulashamiz:

1.“Kichkina Shahzoda”– Antuan de Sent-Ekzyuperi (Fransiya)

2.“Garri Potter” seriyasi–J.K. Rouling (Buyuk Britaniya)

3.“Alisa mo‘jizalar mamlakatida”–Lyuis Keroll (Buyuk Britaniya)

4.“Charlotteʼs web”–E.B. Uayt (AQSh)

5.“Narniya saltanati”–Klayv Steyplz Lyuis (Buyuk Britaniya)

6.“Matilda”–Roald Dal (Buyuk Britaniya)

7.“Uzunpaypoq Peppi”– Astrid Lindgren (Shvetsiya)

8.“Yashil qalʼadagi Anna” – Lyusi M.Montgomeri (Kanada)

9.“Haydi”–Yoxanna Spiri (Shveytsariya)

10.“Hobbit”–Jon R.R. Tolkin (Buyuk Britaniya)

11.“Vinni-Pux va uning sarguzashtlari”–A.A. Miln

12.“Sirli bog‘”–Frensis Hodjson Bernett

13.“Xazinalar oroli”–Robert Luis Stivenson

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter

03/06/2026

📚 Kitob o‘qishning sakkiz foydasi

🌟1. Xotirani kuchaytiradi
Kitob o‘qiyotganda miya doim ishlaydi – voqealarni eslab qoladi, qahramonlarni adashtirmaydi, sabab-oqibat bog‘lanishlarini kuzatadi.

🧠 2. Fikr doirasini kengaytiradi
Har bir kitob – yangi olam. Yangi voqealar, yangi odamlar, yangi fikrlar.

🎯 3. Diqqatni jamlashni o‘rgatadi
Kitob o‘qiyotganda e’tibor faqat bir joyga qaraydi.

🗣 4. So‘z boyligini oshiradi
Yangi so‘zlar, chiroyli iboralar, to‘g‘ri gap qurilishi – hammasi o‘qish orqali o‘zlashtiriladi.

💭 5. Tasavvur va ijodkorlikni kuchaytiradi
Kitobda chizilgan manzaralarni ong o‘zi tasavvur qiladi.

😌 6. Stressni kamaytiradi
Kitob – eng barqaror tinchlantiruvchi vosita.

💪 7. O‘z-o‘zini rivojlantirishga yordam beradi
Bilim ortadi. Atrofga nazar kengayadi. Inson o‘z fikriga ega bo‘ladi.

🏆 8. Muvaffaqiyatga olib boradi
Dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarining barchasi kitobxon.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

Fondda saqlanib kelinayotgan ensiklopedik atamalardan namunalar  Shaxmat ♟ Shaxmat nomining o‘zi qayerdan kelib chiqqan?...
03/06/2026

Fondda saqlanib kelinayotgan ensiklopedik atamalardan namunalar

Shaxmat

♟ Shaxmat nomining o‘zi qayerdan kelib chiqqan?Bu juda oddiy:Sharqda hokim, podsho shoh deb atalgan, "mot" esa "o‘ldi" ma’nosini anglatgan."Shaxmat" so‘zi "Raqib shohini mot qilish" deb tarjima qilinadi.O‘yin mohiyati armiya-"oq" va "qora" larning- 64 katakka bo‘lingan tekis to‘rtburchak taxtada maxsus donalar bilan bir- biriga hujum qilishidan iborat.

✅ Har bir armiya tarkibida 8 piyoda, 2 ot, 2 fil, 2 rux, farzin, shoh bo‘ladi.Har bir donalar kuchi uning bir yurishda qancha katakka surilishi,uning urib olishi mumkin bo‘lgan yo‘lida qancha maydon borligi, raqib donalari uchun qanchalik xavfli ekanligi, raqib tomoniga tez va oson o‘tib olishi va raqib shohini xavf ostida qoldirishi bilan aniqlanadi.

🔰Farzin va rux kuchli donalar hisoblanadi. Ot boshqa donalar ustidan sakrab o‘ta oladigan yagona donadir.

📚Bolalar ensiklopediya 641-bet

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.

Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter

Address

Https://yandex. Uz/maps/-/CPeTVT7L
Uz

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category