03/03/2026
💫 Yangiyo‘l shahrida infratuzilmani kompleks rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda
🔛 Yangiyo‘l shahrida infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi uchun yanada qulay shahar muhitini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4409-sonli qaroriga muvofiq, “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida amalga oshirilmoqda.
⏰ Loyiha doirasida vazirlik huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhi vakillari tomonidan Mezon, Navro‘z, Fayzobod va Olmos mahallalarida dastlabki jamoatchilik esh*tuvlari tashkil qilindi. Unda fuqarolarga loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, rejalashtirilayotgan infratuzilmaviy ishlar, shuningdek kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaralar haqida batafsil ma’lumot berildi. Aholining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni inobatga olish mexanizmlari tushuntirildi.
💬 Yangiyo‘l shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
⏺ Samarqand ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagini rekonstruksiya qilish hamda uning bir qismini zamonaviy gastronomik ko‘chaga aylantirish;
⏺ piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand ko‘chasida 2 ta yer osti o‘tish yo‘lini qurish;
⏺ “Jun ariq” va “Kurkuldak” kanallari ustida obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda yangi ko‘priklar barpo etish;
⏺ ko‘chalarni zamonaviy energiya tejamkor yoritish tizimlari bilan jihozlash.
🔴 Mazkur tadbirlar shahar infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, eng muhimi, aholi uchun qulay va zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Loyiha yakunida Yangiyo‘l shahrining me’moriy qiyofasi yanada obod va jozibador tus olishi, fuqarolar uchun xavfsiz hamda farovon turmush sharoitlari yaratilishi kutilmoqda.
➡️ Bizni kuzatishda davom eting!