25/05/2023
Xotira - millat tarixini , uning qadriyatlarini, madaniyati va ma’naviyatini millat o‘zligini mujassam etadigan buyuk qadriyatdir. Xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgan. Yangiyo‘l shaxar axborot kutubxona markazida 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Mardlar jasorati mangudir" deb nomlangan mavzuli kecha bo‘lib o‘tdi. Kechaga 9-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi, ona tili va adabiyot o‘qituvchisi , IMMB targ‘ibotchisi 6-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Shuningdek, Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiruvchilarni xarbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi kutubxonachisi I. Sherkuzieva va markaz chaqiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda AKM xodimlari tomonidan tayyorlangan slayd,kitob taqdimoti va video roliklar kelgan mexmonlarga namoyish etildi.Tadbir ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://youtube.com/