22/01/2022
📑 Qonunchilikdagi o'zgarishlar: chet el fuqarolarining daktiloskopiya va tibbiy ko'rikdan o'tishlari
25.07.2002 yildan FQ 115-sonli «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to'g'risida»gi Federal qonuni va «Rossiya Federatsiyasida davlat daktiloskopiya ro'yxatiga olish to'g'risida»gi Federal qonunlariga, 01.07.2021 yildan FQ 274-sonli Federal qonuni bo'yicha kiritilgan o'zgartirishlar, 29.11.2021y.dan kuchga kirdi.
❗️ O'zgarishlarga ko'ra, Rossiya Federatsiyasiga kelgan chet el fuqarolari daktiloskopiya, suratga olish va yuqumli kasalliklar, giyohvandlik kasalliklari va OIV infektsiyasining mavjudligi haqida tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart.
Tibbiy ko'rikdan va daktiloskopiyadan «Yagona hujjatlar markazi»da quydagi manzilda o'tish mumkin:
🏢 Sankt-Peterburg, Krasnogo Tekstilshika ko'ch., 10-12 uy, litera V, kirish №2, 4-qavat.
📞 +7 (812) 777-1000
O'tish muddatiga qancha vaqt beriladi?
90 kalendar kuni - Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari uchun. Bu:
● Talabalar;
● EОII mamlakatlarning mehnat muhojirlarining oila a'zolari: Qozog'iston, Armaniston, Qirg'iziston;
● Viza berilgan mamlakatlarning mehnat muhojirlarining oila a'zolari;
● Rossiyada yashash ruxsatiga ega (Yashash uchun ruxsatnoma - YUR) xorijiy fuqarolarning oila a'zolari;
● 6 dan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan bolalar.
30 kalendar kuni - Rossiyaga mehnat faoliyati maqsadida, yoki patentni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etganda, yoki ishlashga ruxsatnoma olish uchun kelgan chet el fuqarolari uchun. Bu:
● EОII mamlakatlarining mehnat muhojirlari (Qozog'iston, Armaniston, Qirg'iziston, Belarus Respublikasi fuqarolaridan tashqari);
● Mehnat muhojirlari, mehnat faoliyatini patent va ishlashga ruxsatnoma asosida faoliyat yurutuvchi, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislar (YuMM).
Rossiya Sog'liqni saqlash Vazirligining 29.06.2015dan 384n-sonli Buyrug'iga muvofiq (01.03.2022 y.gacha amal qiladi) va Rossiya Sog'liqni saqlash Vazirligining 19.11.2021dan 1079n-sonli Buyrug'i bo'yicha (01.03.2022 y.dan amal qiladi) tibbiy hujjatlar 3 oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Ushbu muddat tugagandan so'ng, chet el fuqarolari 30 kalendar kun ichida tibbiy ko'rikdan qayta o'tish uchun shaxsan murojaat qilishlari shart.
Tibbiy ko'rikdan «Yagona tibbiy markazi»da quydagi manzilda o'tish mumkin:
🏢 Sankt-Peterburg, Krasnogo Tekstilshika ko'ch., 10-12 uy, litera V, kirish №2, 4-qavat.
⚠️ Agar chet el fuqarosi majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan taqdirida, Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarosining vaqtinchalik yashash muddati qisqartiriladi.
Agar tibbiy ko'rikda quyidagilar aniqlansa, chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida bo'lishining (yashashining) istalmaganligi to'g'risidagi qaror, yoki Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat bermasligi to'g'risidagi qaror qabul qilinishi mumkin:
● giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarini (yoki yangi potentsial xavfli psixofaol moddalarini) shifokor retseptisiz iste'mol qilish fakti oshkor qilinganida;
● 1995 yil 30 martdagi 38-sonli FQ "Rossiya Federatsiyasida odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalishini oldini olish to'g'risida"gi Federal qonunining 11-moddasi 3-bandi uchinchi abzatsida nazarda tutilgan hollardan tashqari, chet el fuqarosi OIV infektsiyasi natijasida kelib chiqqan kasallik bilan azoblanishi aniqlangan holatida;
● Chet el fuqarosi atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklardan biriga chalingani aniqlangan holatida.
Talablar quydagi chet el fuqarolariga taalluqli emas:
● Belarus Respublikasi fuqarolariga;
● Rossiya Federatsiyasiga xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlarning kirib kelgan mansabdor shaxslari va Rossiya Federatsiyasi hududida xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlarning vakillik xodimlari yoki Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro maqomi berilgan vakillik xodimlari va boshqa tashkilotlarning xizmat xodimlari, o'xshash maqomga ega bo'lgan xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar, hamda yuqorida ko'rsatilgan shaxslarning oila a'zolari;
● Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakillik rahbarlari va konsullik muassasalari rahbarlari, diplomatik xodimlari, konsullik mansabdor shaxslari, shuningdek Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari yoki konsullik muassasalarining ma'muriy-texnik xodimlari;
● Diplomatik, xizmat pasportlari (shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi tomonidan ushbu sifat bo'yicha tan olingan maxsus, rasmiy va boshqa pasportlar) egalari va xorijiy davlatlarning mansabdor shaxslarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga kelganlar;
● Harbiy attashat apparatlarining ma’muriy-texnik a'zolari va xodimlari, savdo vakillari va xorijiy davlatlarning davlat hokimiyati organlarining boshqa vakillari;
● 6 yoshgacha bo'lgan bolalar.