Consulate General of the Republic of Uzbekistan in New York

Consulate General of the Republic of Uzbekistan in New York O'zbekiston Bosh Konsulxonasi Генеральное Консульство Узбекистан Б?
(2)

AQSHga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hibsda saqlanadiAQSHning O‘zbekistondagi elchix...
11/20/2023

AQSHga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hibsda saqlanadi

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasining ogohlantirishicha, AQSHga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi hamda mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu tijorat aviakompaniyalari hamda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.

AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar bu mamlakatga kamida 5 yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.

10/22/2023

21 Октябрь куни Ўзбек тили байрами Mahalla USA қошидаги Ziyo Art ўқув марказида кенг нишонланди

Ўзбекистон Президенти АҚШга келдиЎзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ас...
09/17/2023

Ўзбекистон Президенти АҚШга келди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессияси тадбирларида иштирок этади.

Бугун давлатимиз раҳбари Нью-Йорк шаҳрига келди.

Аэропортда олий мартабали меҳмонни Нью-Йорк шаҳри мэри Эрик Адамс, АҚШ-Ўзбекистон савдо палатаси раиси Кэролин Лэмм ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Ташриф дастурига мувофиқ, 19 сентябрь куни давлатимиз раҳбари Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ялпи сессиясининг умумий мунозараларида нутқ сўзлайди ҳамда минтақавий ва глобал кун тартибидаги долзарб масалалар юзасидан ўз нуқтаи-назарини баён қилади.

08/31/2023
08/20/2023

AQShda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan 26 avgustdan - 4 sentyabrga qadar katta bayram tadbirlari bo’lib o’tadi

08/18/2023

Invest in UZBEKISTAN the IT hub of Central Asia.

O‘zbekiston IT-sohasining investitsiya salohiyati va imkoniyatlari Nyu-Yorkning maydonida namoyish etildi.

2023-yil 9-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviHurmatli O‘zbekiston fuqarolari!O‘zbekiston Respublikasi Pr...
07/07/2023

2023-yil 9-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 9-iyul kuni O‘zbekistonning New York shahridagi Bosh konsulxonasida o‘tkaziladi.
Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan uchastka saylov komissiyasiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xususan, O‘zbekiston pasporti, O’zbekiston ID kartasi, harbiy guvohnomasi yoki Vatanga qaytish guvohnomasini taqdim qilish so‘raladi.
Amerikada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun New York shahridagi Bosh konsulxonasidagi saylov uchastkasida soat 8:00 dan 20:00 gacha ovoz berishga chaqiramiz.
Ehtirom bilan,
O‘zbekistonning New Yorkdagi Bosh konsulxonasi
Manzil: 630 Third Avenue 5th Floor New York 10017.
Aloqa uchun: tel: +212-754-7403, +917-539-4664

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari!Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni O‘zbekistonning Vashi...
06/26/2023

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari!
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasida o‘tkaziladi.
Ushbu sanada saylovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun AQShning quyidagi shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish uchun ko‘chma saylov nuqtalari tashkil etiladi:
– 28 – iyun kuni Orlando (manzil:8009 Orange Ave Orlando, Florida 32809, vaqti: 09:00-15:00);
– 28 – iyun kuni Raleigh (manzil: 1493 Garner Station Blvd Raleigh, NC 27603, vaqti: 17:00-20:00);
– 28 – iyun kuni Dover (manzil: Princeton Avenue 4, Dover, New Jersey 07801, vaqti: 08:00-14:00);
– 1 – iyul kuni Philadelphia (manzil: 10663 Bustleton Ave, Pennsylvania 19116, vaqti: 11:00-17:00);
– 1 – iyul kuni Brooklyn (manzil:16 Avenue О, Brooklyn, New York 11204, vaqti: 11:00-17:00);
– 1 – iyun kuni Burlingame (manzil: 1818 Gilbreth Rd, unit 228 Burlingame, California 94010, vaqti: 11:00-17:00).
Bundan tashqari, 28-iyun – 5-iyul kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha (dam olish va bayram kunlaru – soat 11:00 dan 17:00 gacha) Vashingtondagi Elchixona va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxona binosida ham muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati yaratiladi.
Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan saylov komissiyasiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xususan O‘zbekiston pasporti, ID kartasi, harbiy guvohnomasi yoki Vatanga qaytish guvohnomasini taqdim qilish so‘raladi.
Amerikada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun yuqorida ko‘rsatilgan saylov nuqtalaridan birida ovoz berishga chaqiramiz.
Ehtirom bilan,
O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonsi
Tel: +202-251-8298, +212-754-7403, [email protected] и [email protected]

ХОРИЖДА ОВОЗ БEРИШХориждаги сайлов участкалари Ўзбекистон Республикасининг чет давлатлардаги дипломатик ва бошқа ваколат...
06/14/2023

ХОРИЖДА ОВОЗ БEРИШ

Хориждаги сайлов участкалари Ўзбекистон Республикасининг чет давлатлардаги дипломатик ва бошқа ваколатхоналари ҳузурида тузилади.

Чет давлатлардаги Ўзбекистон фуқаролари сайловчилар рўйхатига кириш учун сайловдан 15 кун олдин ёзма шаклда хориждаги сайлов комиссияларига ёки Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигининг расмий веб-сайти сайлов.мфа.уз орқали электрон шаклда мурожаат қиладилар.

Фуқаро мурожаатида кўрсатилган шахсга доир маълумотлар уч кун ичида текширилади ҳамда сайловчилар рўйхатига киритилади.

Хориждаги сайлов комиссияси фуқароларни овоз бериш жойи ва вақти тўғрисида огоҳлантиради.

Фуқаро сайловчилар рўйхатига киритилгандан кейин, аҳоли зич жойлашган ҳудудларда муддатидан олдин ёки сайлов куни хориждаги сайлов участкаларида овоз бериши мумкин.

Овоз бериш хориждаги сайлов участкаси жойлашган ҳудуддаги маҳаллий вақт билан 8:00 дан 20:00 га қадар амалга оширилади.

Saylov.uz

04/26/2023

Aziz vatandoshlar! Bosh konsulxonaga 30 aprel kuni tashrif buyuring va referendumda faol ishtirok eting!
Manzil: 630 3rd ave, 5th floor, NY, 10017

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari! O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo’yicha referendumi 30-aprel kuni O‘zbekistonnin...
04/18/2023

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari!

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo’yicha referendumi 30-aprel kuni O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va New York shahridagi Bosh konsulxonasida o‘tkaziladi.

Ushbu sanada Referendumda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun AQShning ushbu shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish uchun ko‘chma referendum uchastkalari tashkil etiladi:
- 20-aprel kuni Philadelphia (manzil: 10663 Bustleton Ave, Pennsylvania 19116, vaqti: 16:00-19:00);
- 21-aprel kuni Orlando (manzil:8009 Orange Ave Orlando, Florida 32809, vaqti: 09:00-15:00);
- 22-aprel kuni Brooklyn (manzil:16 Avenue О, Brooklyn, New York 11204, vaqti: 15:00-18:00);
- 23-aprel kuni Paykesville (manzil: 1004 Reisterstown Road, Pikesville, Maryland – 21208, vaqti: 09:00-15:00);
- 23-aprel kuni Burlingame (manzil: 1818 Gilbreth Rd, unit 228 Burlingame, California 94010, vaqti: 17:00-20:00);
- 23-aprel kuni Dover (manzil: Princeton Avenue 4, Dover, New Jersey 07801, vaqti: 12:00-15:00);
Bundan tashqari, 19-apreldan 26-aprelga qadar ertalab soat 09:00 dan kech 18:00 gacha Vashingtondagi Elchixona va New Yorkdagi Bosh konsulxona binosida ham muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati yaratiladi.

Referendum kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan uchastka referendum komissiyasiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xususan, O‘zbekiston pasporti, ID kartasi, harbiy guvohnomasi yoki Vatanga qaytish guvohnomasini taqdim qilish so‘raladi.

Yuqoridagi joylardagi referendum tadbirlarida ko‘p sondagi fuqarolarimizning ishtirok etishi kutilmoqda. Shu bois, Siz ham referendumda qatnashib, vatandoshlarimiz bilan qiziqarli uchrashuvlar, xalqimizning boy madaniy-ma’rifiy merosi va O‘zbek mehmondustligi namunalaridan baxramand bo‘lasiz.

Amerikada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun yuqorida ko‘rsatilgan referendum uchastkalaridan birida ovoz berishga chaqiramiz.


Ehtirom bilan,
O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi va New Yorkdagi Bosh konsulxonasi
Aloqa uchun: tel:, 202-8875300, +212-754-7403, +202-251-8298

04/10/2023


Davronbekov Oybek. AQSHning nufuzli universitetlaridan biri “massachusetts institute of technology”da tahsil olib kelayotgan vatandoshimiz!

04/07/2023

 #Конституция  #Референдум☝️ “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий ...
03/24/2023

#Конституция #Референдум

☝️ “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси матни билан .uz сайти орқали танишиб чиқишингиз мумкин.

Шунингдек, Қонун лойиҳаси "Халқ сўзи" ва "Народное слово" газеталарида эълон қилинди.

Калифорния штатининг Сан-Франциско (АҚШ) кўрфазида яшаётган ватандошлар мамлакатимизнинг ногиронлиги бўлган болалар учун...
02/26/2023

Калифорния штатининг Сан-Франциско (АҚШ) кўрфазида яшаётган ватандошлар мамлакатимизнинг ногиронлиги бўлган болалар учун мўлжалланган «Мурувват» болалар интернат уйларига 30 дона «ASUS Chrombook» ноутбукларини тақдим қилдилар.

23 дона «ASUS Chrombook» ноутбуклари «Сан-Франциско кўрфазидаги ўзбекистонликлар жамияти маркази» (Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area) томонидан инсонпарварлик ёрдами сифатида тақдим этилди.

Жамият раҳбари Суннатилло Муҳамадиевнинг айтишича, соғлиғида жиддий муаммолар бўлган болалар кундалик ҳаётда ва ўқиш жараёнида қатор қийинчиликларни бошдан кечиради ҳамда атрофдагиларнинг ҳар томонлама ғамхўрлиги ва қўллаб-қувватлашига муҳтож бўладилар. Сан-Францискодаги жамият фаоллари, имконияти чекланган болаларнинг таълим-тарбиясига ҳисса қўшиш мақсадида «Мурувват» интернат уйларининг моддий-техник базасини яхшилашга ёрдам кўрсатишга қарор қилдилар.

Шу билан бирга, Калифорния штатида ўз оиласи билан истиқомат қилиб, Калифорния университетида таҳсил олаётган ватандош талаба Нодирабегим Рахимходжаева ва Сан-Франциско кўрфазидаги «Summit Shasta» ўқув муассасаси талабаси Султонбек Рахимходжаев ҳам ўз маблағлари ҳисобидан «Мурувват» интернат уйлари тарбияланувчилари учун 7 дона «ASUS Chrombook» ноутбукларини совға қилдилар.

«Сўнгги йилларда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ногиронлиги бўлган шахсларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида тизимли ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Ушбу ислоҳотларга камарбаста бўлиш мақсадида укам билан биргаликда мазкур хайрли ишга ўз ҳиссамизни қўшдик», деди Нодирабегим Рахимходжаева

——————————-

Соотечественники, проживающие в заливе Сан-Франциско штата Калифорния, передали для детских домов-интернатов "Мурувват" 30 ноутбуков «ASUS Chromebook».

Спонсорская помощь, состоящая из 23 ноутбуков, предоставлена от имени Сообщества узбекистанцев в заливе Сан-Франциско «Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area».

По словам президента узбекской диаспоральной организации Суннатилло Мухамадиева, дети с серьезными нарушениями здоровья испытывают ряд сложностей в повседневной жизни, сталкиваются с разными трудностями в процессе обучения, нуждаются во всесторонней помощи и поддержке окружающих. С учётом чувствительности вопроса образования детей с ограниченными возможностями здоровья они изъявили желание внести свой вклад в улучшении материально-технической базы детских домов-интернатов, предназначенных для детей с нарушениями здоровья.

Вместе с тем, 7 ноутбуков для воспитанников «Мурувват» было передано Нодирабегим Рахимходжаевой, студенткой Калифорнийского университета и Султонбеком Рахимходжаевым, студентом школы «Саммит Шаста» в заливе Сан-Франциско.

По словам Нодирабегим Рахимходжаевой, в последние годы руководством республики осуществляются широкомасштабные реформы, направленные на совершенствование системы поддержки лиц с ограниченными возможностями, и будучи свидетелями проводимых преобразований, они вместе с братом также решили стать сопричастными к осуществляемым благим делам, направленным на поддержку детей с серьёзными нарушениями здоровья.

01/06/2023
09/06/2022

AQSHda ilk bor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tadi!!!

AQSHda ta'lim olayotgan o'zbekistonlik iste'dodli yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Iste'dodli vatandoshlar" tanlovi...
09/05/2022

AQSHda ta'lim olayotgan o'zbekistonlik iste'dodli yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Iste'dodli vatandoshlar" tanlovi e'lon qilindi!!

Mazkur tanlo'v xorijda ta'lim olayotgan 18 yoshdan 30 yoshga bo'lgan ta'limning bakalavriat va magistratura bosqichlari kunduzgi shaklida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni taqdirlash uchun stipendiya to'lab berishga qaratilgan!!!

Batafsil ma'lumotlar O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining telegram kanalidan olishingiz mumkin https://t.me/wayuuz

09/05/2022
08/30/2022

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan AQSHda katta bayram bo'lib o'tadi!!!
Tadbirlar jadvali:
-Dover (New Jersey) shahrida soat 19:00 dan 22:00 gacha;
-Philadelphia (Pennsylvania) shahrida soat 13:00 dan 18:00 gacha;
-Pittsburgh (Pennsylvania) shahrida soat 14:00 dan 17:00 gacha;
-Cincinnati (Ohio) shahrida soat 14:00 dan 17:00 gacha;
-New York shahrida soat 10:30 dan 17:00 gacha.

07/07/2022

“Ватандошлар” жамоат фонди АҚШ, Беларусь, Бирлашган Араб Амирликлари, Грузия, Корея Республикаси, Исроил, Қозоғистон, Қирғизистон, Малайзия, Озарбайжон, Россия, Саудия Арабистони, Тожикистон, Туркия, Хитой Халқ Республикаси ва Япония давлатларида истиқомат қилаётган ватандошлар ўртасида навбатдаги “Сиз Ўзбекистонни биласизми?” халқаро онлайн викторинасини эълон қилади!

✅Халқаро онлайн викторинада иштирок этиш учун www.vatandoshlarfondi.uz электрон порталидан жорий йилнинг 15 июлигача рўйхатдан ўтинг ва тест синовларида қатнашиб ғолибликни қўлга киритинг!

07/06/2022

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин ўртасида телефон орқали мулоқот бўлиб ўтди.
Суҳбат аввалида Россия Президенти давлатимиз раҳбари томонидан Қорақалпоғистондаги вазиятни барқарорлаштириш бўйича кўрилган қатъий чораларни қўллаб-қувватлашини таъкидлади.
Ўзбекистон-Россия стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, икки мамлакат ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш масалалари кўриб чиқилди.
https://president.uz/uz/lists/view/5317

Состоялся телефонный разговор между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Российской Федерации Владимиром Путиным.
В начале беседы Президент России выразил поддержку решительным мерам, принятым главой нашего государства по стабилизации ситуации в Каракалпакстане.
Рассмотрены вопросы дальнейшего укрепления узбекско-российских отношений стратегического партнерства и союзничества, расширения многопланового сотрудничества двух стран.
https://president.uz/ru/lists/view/5317

07/06/2022

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистоннинг биринчи Президенти Нурсултон Назарбоев билан телефон орқали мулоқот қилди.
Суҳбат аввалида давлатимиз раҳбари Нурсултон Назарбоевни таваллуд куни билан самимий табриклаб, унга мустаҳкам соғлик, бахт-саодат ва муваффақиятлар тилади.
Кейинги йилларда Ўзбекистон билан Қозоғистон ўртасидаги стратегик шериклик муносабатлари юқори суръат билан ривожланиб бораётгани таъкидланди.
Халқаро ва минтақавий аҳамиятга молик долзарб масалалар юзасидан фикр алмашилди.
https://president.uz/uz/lists/view/5318

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с первым Президентом Казахстана Нурсултаном Назарбаевым.
В начале беседы глава нашего государства сердечно поздравил Нурсултана Назарбаева с днем рождения, искренне пожелав ему доброго здоровья, благополучия и успехов.
Отмечена высокая динамика развития узбекско-казахстанских отношений стратегического партнерства и союзничества в последние годы.
Состоялся обмен мнениями по актуальным международным и региональным вопросам.
https://president.uz/ru/lists/view/5318

07/06/2022

Йиғилишда қурилиш ва архитектура назорати тизимини қайта кўриб чиқиш масаласига тўхталиб ўтилди.

“Очиқ айтиш керак, Қурилиш инспекцияси тизимидаги 700 дан зиёд ходимлар самарали ишламаяпти. Инспекция ўз фаолиятини кўпроқ жарима қўллашдан иборат, деб ҳисоблайди. Ваҳоланки, қурилишдаги камчиликларнинг 70 фоизи бир-бирини такрорлайди ва уларни бемалол олдини олиш мумкин.

Инспекция жорий йилда қурилаётган 31 мингта объектни тўлиқ кунлик назорат қилиш имкониятига эга эмас. Сабаби, барча назорат ишлари “қўлда” олиб борилади. Хавфни олдиндан таҳлил қиладиган тизим ҳалигача жорий этилмаган”, деди давлатимиз раҳбари.

Шу боис, Инспекция фаолияти қайта кўриб чиқилиб, унинг иши, аввало, қурилишдаги тизимли камчиликлар ва уларнинг сабабларини таҳлил қилиш ҳамда уларни бартараф этишга қаратилади. Бундан буён:

- Қурилиш вазирлиги, вилоят, туман ва шаҳарлар бош архитекторлари “генпланлар” ва мастер режалар устидан;

- Инспекция қурилиш сифати, муддати ва лойиҳа билан амалдаги ишнинг мослигини назорат қилишга масъул бўлади.

Йил якунига қадар қурилиш объектларини рўйхатга олишдан бошлаб, фойдаланишга қабул қилишгача бўлган барча жараёнларни рақамлаштириш топширилди.

Ушбу тизим орқали, ҳар бир назоратчи объектни ким қураяпти, қандай материал ишлатаяпти, техник назоратни ким олиб бораяпти, уларнинг малакаси қанақа, деган саволларга жавоб топа олиши керак.

Ушбу маълумотлар асосида қурилаётган объектлар “хавф гуруҳлари”га ажратилиб, назорат йўлга қўйилади.

Бунинг учун Инспекция маълумотлар базаси стандарт, солиқ ва божхона органлари базаларига интеграция қилинади.

“Қатъий огоҳлантираман. Ноқонуний қурилиш аниқланса, вилоят, туман ва шаҳар ҳокимининг қурилиш бўйича ўринбосарлари Инспекция билан бирга тенгма-тенг жавоб беради”, деди Президент.

07/06/2022

Соҳада кадрлар тайёрлаш тизимини ўзгартириш вазифалари белгиланди.

Бунда Тошкент ва Самарқанд архитектура ва қурилиш институтлари фаолияти трансформация қилинади, уларга академик ва молиявий мустақиллик берилади. Энди:

- Самарқанд архитектура ва қурилиш институти урбанизация, архитектура, дизайн, маданий мерос объектини тиклаш;

- Тошкентдаги институт муҳандислик, архитектура, қурилиш ва қурилиш материаллари технологиялари, рақамли қурилиш йўналишларига ихтисослашади.

Талабалар етакчи лойиҳа-қидирув институтлари ва қурилиш кластерларига бириктирилади.

Ушбу икки олийгоҳда 1 сентябрдан халқаро таълим дастурлари асосида ўқитишни йўлга қўйишга кўрсатма берилди.

Йиғилишда яратилган имконият ва шарт-шароитларга қарамасдан, ипотека кредити орқали аҳолини уй-жойлар билан таъминлаш ишлари талаб даражасида эмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Хусусан, жорий йилда 43 мингта уй-жой учун бюджетда банкларга 13 триллион сўм ресурс кўзда тутилган бўлиб, ўтган олти ойда 3,6 триллион сўм (28 фоиз) ўзлаштирилган.

Шунингдек, 29 минг нафар аҳолига субсидия учун 1,2 триллион сўм ажратилган бўлсада, 8,5 минг нафарига 365 миллиард сўм (30 фоиз) тўлаб берилган.

Ажратилган ресурс ва субсидияни ўзлаштириш даражаси Сирдарё, Жиззах, Қашқадарё ва Тошкент вилоятларида 25 фоиздан паст.

1 сентябрга қадар туман ва шаҳарларнинг қулай жойларида банк, молия, қурувчи ташкилотлар, нотариус, кадастр идоралари бир жойда ўтириб, аҳолига янги уй-жойлар лойиҳаси, нархи, кредит ва субсидия шартлари бўйича батафсил хизмат кўрсатадиган Ипотека марказларини ташкил қилишга кўрсатма берилди.

Бир ой муддатда субсидия ажратишдаги бюрократияни камайтириш, қурилиш учун ерларни савдога чиқаришни 2 бараварга кўпайтириш бўйича қарор лойиҳасини киритиш топширилди.

Йиғилиш якунида мутасаддилар ва ҳокимларнинг ахбороти тингланди.

04/15/2022
2020 йил 1 августдан бошлаб 8701 (тракторлар), 8702 (10 ёки ундан ортиқ кишини ташишга мўлжалланган моторли транспорт во...
06/04/2020

2020 йил 1 августдан бошлаб 8701 (тракторлар), 8702 (10 ёки ундан ортиқ кишини ташишга мўлжалланган моторли транспорт воситалари), 8703 (енгил автомобиллар) ва 8704 (юк ташишга мўлжалланган моторли транспорт воситалари) ТИФ ТН кодлар бўйича транспорт воситаларини олиб киришда амалда бўлган акциз солиғи ставкалари бекор қилинади.

Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлигига жорий йил 1 октябргача тирикчилик учун зарур энг кам миқдор...
06/04/2020

Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлигига жорий йил 1 октябргача тирикчилик учун зарур энг кам миқдор ва минимал истеъмол саватчасининг ҳуқуқий асосларини ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.

Президент Шавкат Мирзиёев ишсизлик даражаси юқори, инфратузилма тармоқлари етишмайдиган туманлар, айниқса, чегарадош ҳудудлар иқтисодиётини ривожлантириш бўйича алоҳида ёндашув бўлиши кераклигини таъкидлади.

Бош вазир ўринбосарларига маҳаллий ҳокимликлар билан биргаликда шундай туманларда аҳоли бандлигини ошириш ва яшаш шароитини яхшилаш, инфратузилмани ривожлантиришга қаратилган дастурлар ишлаб чиқиш бўйича топшириқлар берилди.

Маълумки, карантин чораларини юмшатиш натижасида 17 мингдан зиёд саноат ва 10 мингта қурилиш соҳасидаги корхоналар фаолияти тикланди. Лекин уларнинг кўпида маблағ оқимлари карантингача бўлган даврдагига нисбатан 3 баравар камайиб кетган.

3 июнь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича ви...
06/04/2020

3 июнь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш давлатимиз сиёсатининг устувор йўналишлари. Бу борада комлекс ва ҳудудий дастурлар ишлаб чиқилган, вазирлар, ҳокимлар ва секторлар раҳбарларининг вазифалари белгилаб берилган.
Камбағалликни қисқартириш борасидаги ишлар ҳамда “Саховат ва кўмак” умумхалқ ҳаракати доирасида муҳтож оилаларни қўллаб-қувватлаш учун рўйхатлар шакллантирилган. Уларга мувофиқ, бугунги кунга қадар шундай оилаларнинг 540 мингтасига 307 миллиард сўмлик кўмак берилди.
Давлатимиз раҳбари асосий мақсад камбағал оиланинг ҳеч бўлмаганда битта аъзосини иш билан таъминлаб, уларни муҳтожликдан чиқариш экани, шунинг учун ҳар бир оила, ҳар бир фуқаронинг муаммоси билан алоҳида шуғулланиш зарурлигини таъкидлади.

Address

630 Third Avenue 5th Floor
New York, NY
10017

Opening Hours

Monday 10am - 1pm
3pm - 5pm
Tuesday 10am - 1pm
3pm - 5pm
Wednesday 10am - 1pm
3pm - 5pm
Thursday 10am - 1pm
3pm - 5pm

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Consulate General of the Republic of Uzbekistan in New York posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Consulate General of the Republic of Uzbekistan in New York:

Videos

Share