Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi

Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazining rasmiy sahifasi

26/04/2022
📌 Bu yil mazkur bayram nishonlanayotganiga 22 yil to’ldi.✅ Ushbu xalqaro kun sanasi tasodifan tanlanmagan. 1970 yil 26 a...
26/04/2022

📌 Bu yil mazkur bayram nishonlanayotganiga 22 yil to’ldi.

✅ Ushbu xalqaro kun sanasi tasodifan tanlanmagan. 1970 yil 26 aprel kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tashkil etilgani to’g’risida Xalqaro konvensiya qabul qilindi. Unga muvofiq BIMT - bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijod va intellektual mulk bo'yicha ixtisoslashgan agentligi bo'lib, uning faoliyati asosan butun dunyoda muvozanatli va erkin xalqaro intellektual mulk tizimini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.

📅 2000 yil sentyabr oyida esa Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh assambleyasi Xalqaro intellektual mulk kunini ta'sis etdi.

❗️Shunday qilib, "Xalqaro intellektual mulk kuni" 2001 yildan boshlab nishonlana boshlandi.

👉 Yangi g'oyalar va texnologiyalarni himoya qilish, intellektual mulk ahamiyatini oshirish maqsadida har yili "Intellektual mulk kuni" dolzarb sohani rivojlantirishga bag'ishlanadi.

Intellektual mulk himoyasi markazlari kontrafakt mahsulotlar aniqladi👉Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda u...
01/04/2022

Intellektual mulk himoyasi markazlari kontrafakt mahsulotlar aniqladi

👉Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi toʼgʼriligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.

Rasmdagi tovar nomini diqqat bilan o'qisangiz ulardagi harflar almashtirilganini ko'rishingiz mumkin. Masalan, CHOCO LIFE, CREO - bular kontrafakt mahsulot sanaladi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasi ruxsatisiz hamda iste'molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko'pchilik tadbirkorlar o'zgalarning jarangdor brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

❗️Eslatma! Kontrafakt mahsulot sotganlik hamda tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan.

📨Agar kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz ga xabar bering.

14/03/2022

KONTRAFAKTDAN OGOH BO'LING!

14/03/2022

"Kontrafaktsiz oy"oyligi davomida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlardan videolavha

07/03/2022
07/03/2022

❓Tovar belgisi o'zi nima?

❓Xizmat ko'rsatish belgisi nima?

❓Tovar va xizmat ko'rsatish belgisini huquqiy muhofazalash nima uchun kerak?

‼️O'z BRENDingizni yarating, uni Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkazing.

Murojaat qiling:

☎️+998972731863
☎️+998977232701

23/02/2022

👉 Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari Andijon MTRKning "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etib Intellektual mulk sohasida qonunchilikka kiritilayotgan o'zgartirish hamda qo'shimchalar haqida suhbat olib bordi.

👉 Bugun Andijon viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan "Kontrafaktsiz oy" oyligini o'tkazish bo'yicha mut...
15/02/2022

👉 Bugun Andijon viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan "Kontrafaktsiz oy" oyligini o'tkazish bo'yicha mutasaddi organlar vakillari ishtrokida brifing o'tkazildi.

11/02/2022



Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Nilufar", "E xarid", "Diyor" kabi milliy tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️Ular bilan tanishish orqali balki Sizda ham o'z brendingizni yaratish g'oyasi paydo bo'ladi.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

☎️Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk agentligining (71) 232 50 54 yoki (91) 440-10-39 raqamiga bog'laning.

Yangiliklardan xabardor bo'ling
https://t.me/uzbais

11/02/2022

Oʼzbekistonda taniqli shaxslarning dori vositalari reklamasida ishtirok etishi taqiqlanadi

🏢Senatning Аxborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʼmitasi ishchi guruhining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda yangi tahrirdagi “Reklama toʼgʼrisida”gi qonun muhokama qilindi.

(https://senat.uz/uz/lists/view/3973)📘Yangi tahrirdagi Qonun bilan normalarni qoʼllashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, yangi tushunchalar kiritilmoqda. Masalan, “reklama obyekti”, “nomaqbul reklama”, “axloqsiz reklama”, “yashirin reklama”, “homiylik” kabi yangi tushunchalar bilan toʼldirilmoqda.

🎙Shuningdek, televidenie, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda. Jumladan, telekanallarda davomiyligi oʼn daqiqadan kam boʼlgan telekoʼrsatuvlarni reklama bilan uzib qoʼyishga va reklama bilan birga namoyish etishga yoʼl qoʼyilmaydi.

👨‍⚕️Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanmoqda:

- taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi koʼrinishi shifokorlarning tashqi koʼrinishiga oʼxshash shaxslarning ishtirok etishi;

- olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining taʼsiri haqidagi hikoyalaridan iborat boʼlgan tavsiyalardan foydalanish.

🔎Shuningdek, ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning oʼziga xos xususiyatlari, jumladan, televidenie, radio, bosma OАV, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda tarqatiladigan reklamaga qoʼyiladigan talablar batafsil koʼrib chiqildi.

Address

Sharof Rashidov Ko'chasi 60-uy
Andijan
170112

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998977232701

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share