Andijon viloyati soliq boshqarmasi

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Soliqchi - tadbirkorga ko'makchi

 Soliq solish soddalashtirilmoqda2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish chegarasi ...
28/05/2026



Soliq solish soddalashtirilmoqda

2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish chegarasi 1 mlrd so‘mdan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 12 ming baravariga oshiriladi.

Shuningdek, tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar majburiy tartibda QQS to‘lovchisi deb e’tirof etiladigan tartib bekor qilinadi.

Endilikda bunday soliq to‘lovchilarning daromadi BHMning 12 ming baravaridan oshmasa, ular ham aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ayrim tadbirkorlik subyektlariga QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi.

Mazkur tartibni asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llashi mumkin.

❗️Soddalashtirilgan tartib davlat korxonalari va yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni nazarda tutadi:

✔️QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;

✔️foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi;

✔️foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;

✔️xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi;

✔️QQS bo‘yicha amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar hamda QQSning bir qismini qaytarish tartibi qo‘llanilmaydi;

✔️mavjud salbiy QQS summasi hisobdan chiqariladi;

✔️ushbu tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi beriladi.

👉PF-100-son, 26.05.2026-y.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sha...
28/05/2026



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratish to‘g‘risida” Farmoni imzolandi

Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida kichik biznes subyektlari uchun soliq rejimini yanada qulaylashtirish, QQS ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali aylanmalarni ochiqlash va biznesning o‘sishini rag‘batlantirish nazarda tutilgan.

👉PF-100-son, 26.05.2026-y.

Unga ko’ra 2026-yil 1-iyundan boshlab:

🔹soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravari etib belgilanmoqda.

🔹mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

▫️alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun naqd pul to‘lovlarini qabul qilish huquqi beriladi;

▫️alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi;

🔹umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun:

▫️ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda «shu kunning o‘zida va muayyan muddatga» rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi;

▫️to’langan QQS bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar,
to’langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

🔹 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to’lanadigan ijara to’lovi miqdori Soliq kodeksida
belgilangan tartibda aniqlanadigan yer solig’ining bir baravari
miqdorida belgilanadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab:

🔸alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtirilib, uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanmoqda;

🔸jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan maydonlarni ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanilmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;

🔸kichik biznes subyektariga buxgalteriya hisobini yurituvchi
tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.

 🌙 Qadrli yurtdoshlar!Muborak Qurbon hayiti ayyomi barchamizga ezgulikning asl mohiyatini yana bir bor eslatadi. Bu - me...
27/05/2026



🌙 Qadrli yurtdoshlar!

Muborak Qurbon hayiti ayyomi barchamizga ezgulikning asl mohiyatini yana bir bor eslatadi. Bu - mehr ulashish, saxovat ko‘rsatish, inson qadri va qalb pokligini ulug‘laydigan ulug‘ ayyomdir.

Viloyat soliq boshqarmasi jamoasi nomidan siz azizlarni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, hamjihatlik va farovonlik har bir xonadonga fayz olib kirsin. Har bir qilgan ezgu niyat va xayrli amallaringiz qalblarga nur, oilalaringizga baraka bo‘lib qaytsin.

Ushbu qadriyatlar xalqimizni yanada birlashtirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylanmoqda.

Qurbon hayiti barchamiz uchun qalblarni yaqinlashtiradigan, mehrni ko‘paytiradigan, duolar ijobat bo‘ladigan, ezguliklar yanada mustahkamlanadigan ayyom bo‘lsin!

Xonadonlaringizdan quvonch, dasturxonlaringizdan fayz-u baraka arimasin!

Hurmat bilan,
Lochinbek Qurbonov
Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

  Chorva importi uchun soliq imtiyozi  🗓 2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvarga qadar Xorijiy davlatlardan O‘zbekiston R...
25/05/2026



Chorva importi uchun soliq imtiyozi

🗓 2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvarga qadar

Xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga:

✔️nasldor qoramol,
✔️qo‘y va echkilarni olib kirish QQSdan ozod etilishi belgilanmoqda.

👉PQ-179, 12.05.2026-yil. (https://www.lex.uz/ru/docs/-8214026)

⚠️ Mazkur imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli tartibda qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.

 🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yangi orzular sari ilk qadam!25-may — “Bitiruvchilar kuni” munosabati bilan viloyat soliq bosh...
25/05/2026



🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yangi orzular sari ilk qadam!

25-may — “Bitiruvchilar kuni” munosabati bilan viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati Andijon tumanidagi 42-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🎓 Bugun ushbu ta’lim dargohi navbatdagi qaldirg‘ochlarini — aziz bitiruvchilarini katta hayot sari kuzatdi. Maktabda hukm surgan bayramona muhit, jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari va quvonchga boy onlar uzoq vaqt barchaning yodida qoladigan unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

📚 Tadbir davomida Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan samimiy tabrigi va ezgu tilaklari o‘qib esh*ttirildi. Shuningdek, yoshlarga kelgusidagi hayot yo‘lida omad, yuksak marralar va Vatan ravnaqiga xizmat qiladigan yetuk inson bo‘lib kamol topish tilaklari bildirildi.

✨ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu shunchaki maktab bilan xayrlashuv emas, balki yangi orzular, ulkan maqsadlar va mustaqil hayot sari tashlangan muhim qadamdir.

 🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa,...
25/05/2026



🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi (https://t.me/and_soliq_xabarlari/9922). Shu sababli 2026-yil 25-may

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 20 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini (https://t.me/soliqnews/15575) toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi

📸 KUN FOTOSIMas’uliyat bilan olib borilgan har bir nazorat — qonun ustuvorligi va adolat mezonidir.Soliq organlari tomon...
25/05/2026

📸 KUN FOTOSI

Mas’uliyat bilan olib borilgan har bir nazorat — qonun ustuvorligi va adolat mezonidir.

Soliq organlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar halollik muhitini mustahkamlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Tartib va nazorat bor joyda ishonch va barqarorlik bo‘ladi.

 🗓 23-may dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra, ushbu sanada belgila...
23/05/2026



🗓 23-may dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra, ushbu sanada belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 25-mayga ko‘chiriladi. (https://t.me/soliqnews/18998)

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda (https://lex.uz/docs/-4674902 #-5464828)
👉Soliq kodeksi 86-modda (https://lex.uz/docs/-4674902 #-4677083)

📸 KUN FOTOSIFarzand kulgisi — dunyodagi eng samimiy baxt.Inson kun davomida qanchalik charchamasin, farzandining beg‘ubo...
23/05/2026

📸 KUN FOTOSI

Farzand kulgisi — dunyodagi eng samimiy baxt.

Inson kun davomida qanchalik charchamasin, farzandining beg‘ubor tabassumi barcha tashvishlarni unuttiradi. Chunki oiladagi mehr va e’tibor — hayotning eng katta boyligidir.

Baxt aslida mana shunday oddiy, ammo unutilmas lahzalarda yashirin.

 Soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari ko‘rilmoqdaAndijon viloyati soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro...
22/05/2026



Soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari ko‘rilmoqda

Andijon viloyati soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi mavjud korxonalarda xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan,

☑️Qo’rg’ontepa tumanidagi:

– “G.S.L.C” F/Xning 1 mlrd 200 mln so'mga yaqin soliq qarzdorligi hisobiga korxonaga tegishli bo‘lgan noturar bino-inshooti hamda AREON 630 traktori;

– “K.A” MCHJning 19 mlrd 200 mln so'm soliq qarzdorligi hisobiga korxona balansida bo’lgan "Nexia 3" rusumli avtotransporti;

☑️Paxtaobod tumanidagi "O.M.G" MCHJning 3 mlrd so'mdan ziyod soliq qarzdorligi hisobiga korxona balansida bo'lgan bino-inshooti xatlandi.

Budjet tushumlari bajarilishini ta'minlash maqsadida soliq qarzdorligi mavjud korxonalarda xatlov ishlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

 🏓 Sportning stol tennis turi bo'yicha Andijon viloyatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rafiq Shiriyev xo...
21/05/2026



🏓 Sportning stol tennis turi bo'yicha Andijon viloyatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rafiq Shiriyev xotirasiga bag‘ishlangan VI xalqaro sport turniri yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli musobaqada viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida marhum sport ustasining munosib izdoshi — Shiriyev Amir Temur o‘g‘li va uning treneri Shiriyev Albert Rafiqovich alohida e’tirof etildi. U sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘tkazilgan “WTT Youth Contender Tashkent 2026” xalqaro musobaqasida 25 ta davlat vakillari orasida yuksak mahorat namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh sportchining xalqaro maydondagi ushbu yutug‘i munosabati bilan viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Yurtimiz sporti ravnaqi va yoshlar muvaffaqiyati yo‘lida erishilayotgan bunday natijalar barchamiz uchun faxr va iftixor manbaidir.

Address

Andijan
170100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998742239523

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Andijon viloyati soliq boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Andijon viloyati soliq boshqarmasi:

Share