Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati

Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati Bog'ot tumani hokimligining rasmiy sahifasi

Bog‘ot tumanidagi “Amfiteatr” maydonida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligi...
29/08/2025

Bog‘ot tumanidagi “Amfiteatr” maydonida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi

Tadbir avvalida tuman hokimi Jahongir Nazarov tuman ahlini eng ulugʻ, eng aziz ayyom - mustaqilligimizning 34 yilligi bilan samimiy tabriklab, hududda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar samarasi, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqida toʻxtaldi.

Bayram tadbiri viloyatimiz san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi. Kuy-qo‘shiqlarda xalqimizning boy san’ati va qadriyatlari, folklor jamoalarning chiqishlarida millatlararo totuvlik namoyon bo‘ldi.

Tumanimiz bo‘ylab bayram shodiyonalari davom etmoqda. Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz eldoshlar!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

30/07/2025

Markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv xizmati ta’minoti yaxshilanmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

09/07/2025

Боғотлик ёш хотин-қизлар яратилган имкониятлар учун Президентимизга миннатдорлик билдирдилар

30/06/2025

БОҒОТ ТУМАНИДА «ҒАЙРАТЛИ КЕКСАЛАР» СПОРТ МУСОБАҚАСИ БЎЛИБ ЎТДИ

30/06/2025



Боғот туманида «Жамият барқарорлигини таъминлашнинг янгича ёндашувида ҳамкорликдаги вазифалар» мавзусидаги амалий семинар ўтказилди

Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili To‘pchi mahallasi bo‘ldi. Mehmonlar bu yerda “Bir kontur – bir mahsulot” loy...
28/06/2025

Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili To‘pchi mahallasi bo‘ldi. Mehmonlar bu yerda “Bir kontur – bir mahsulot” loyihasi hamda yengil konstruksiyali “Mahalla markazi”da xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 10 gektarlik yer maydoni mahallaning 65 nafar ishsiz fuqarosiga har biriga 15 sotixdan ijara asosida ajratilgan bo‘lib, bunda birinchi ekinda tarvuz mahsuloti yetishtirilmoqda. Bu orqali 7,5 tonna mahsulot olinishi kutilmoqda. Keyingi takroriy ekin sifatida sabzi ekilib, undan 4,5 tonna mahsulot olinishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha natijasida 65 nafar ishsiz fuqaro daromad manbai bilan ta’minlanadi.

Mahallada tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida aholi uchun qulay va mahalla ko‘rkini ochuvchi yengil konstruksiyali savdo hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgan. Ularda kitob do‘koni, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar kiyim-kechaklari, tikuvchilik ustaxonalari, go‘zallik salonlari va boshqa turdagi savdo nuqtalari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar o'tgan yili foydalanishga topshirilgan barcha zamonaviy sharoitlarga ega oilaviy shifokorlik punktini ham borib ko'rishdi, u yerda mahalla aholisi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Bugungi k***a xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini ijobiy hal qilish, bandligini...
28/06/2025

Bugungi k***a xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini ijobiy hal qilish, bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarziga keng jalb qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda esa hududlarda tashkil qilinayotgan oila va xotin-qizlar maskanlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, oila institutini rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida bittadan oila va xotin-qizlar maskanlari tashkil qilinishi belgilangan
Bog‘ot tumanining Yangi qadam mahallasida ham ana shunday maskanlardan biri oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Tumanda ayni kunlarda 180 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan boʻlsa, shundan teng yarmini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash esa bugungi davrning eng muhim masalalaridan biridir. Bu ishlarni toʻlaqonli amalga oshirishda esa bu maskanning oʻrni alohida. Ushbu maskanda ayollar bandligini taʼminlash maqsadida tikuvchilik yoʻnalishi, ayollar sogʻlomlashtirish markazi, milliy shirinliklar, goʻzallik saloni, ishsiz xotin-qizlarga hunar oʻrgatish markazlari o‘z faoliyatini yuritmoqda. Shuningdek, maskanda “mahalla yettiligi” a’zolari uchun xonalar tashkil etilgan bo'lib, xorijiy tillarga oʻqitish kurslari, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga moʻljallangan kutubxona va sport toʻgaraklari ham tashkil qilingan.

Seminar ishtirokchilari foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan ushbu markazda bo‘lib, “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ma'lumot uchun, tumanimizning Uzumzor shaharchasida ham Yangi qadam mahallasidagi kabi barcha zamonaviy sharoitlarga ega mahalla va maishiy xizmat ko'rsatish markazi faoliyat ko'rsatmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Ishtirokchilar Beruniy mahallasidagi “Xorazm tajribasi” sifatida yo‘lga qo‘yilgan markazlashgan holda tashkil etilgan “X...
28/06/2025

Ishtirokchilar Beruniy mahallasidagi “Xorazm tajribasi” sifatida yo‘lga qo‘yilgan markazlashgan holda tashkil etilgan “Xorazm pilla xolding” MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Loyiha ishga tushishi natijasida 50 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Yillik mahsulot eksport hajmi 1 mln dollarni tashkil qiladigan mazkur korxonada ipak qurti qayta ishlanib, undan mato to'qish va tikish ishlari amalga oshiriladi. Ishtirokchilar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko'zdan kechirdilar, mahsulot namunalari bilan tanishdilar.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Ishtirokchilar O‘zgarish mahallasida ham bo‘ldilar. Bu yerda “Mahliyo Tabassum Umidjon” fermer xo‘jaligining “Uzumchilik...
28/06/2025

Ishtirokchilar O‘zgarish mahallasida ham bo‘ldilar. Bu yerda “Mahliyo Tabassum Umidjon” fermer xo‘jaligining “Uzumchilik” loyihasi bilan yaqindan tanishdilar. Umumiy maydoni 28 gektar bo'lgan mazkur loyihaning ishga tushishi natijasida 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Bu yerda “qora xirmoni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “kishmish uzum”, “tayfi” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda.

Har bir hududning “o‘sish nuqtalari”ni rivojlantirib, odamlarga ish o‘rni va daromad manbai yaratish – davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadi. Tumanimizda rivojlangan ko‘plab sohalari qatori uzumchilik ham shunday tayanch sohalardan biri.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy ...
28/06/2025

Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mahallada ko‘pchilik xonadonlarda mo‘jazgina issiqxonalar tashkil qilinib, pomidor, bodring, gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Deyarli har bir xonadonda qoramol, qo‘y-echki, parranda boqiladi. Ko’pchilik xonadonlarda hunarmandchilik, shuningdek, kasanachalik asosida kashtachilik, gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo’yilgan. Imtiyozli bank kreditlaridan foydalangan holda serdaromad ishlar mahalla ahlining k***alik yumushiga aylangan.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdiMamlakatimiz ...
28/06/2025

Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi

Mamlakatimiz Prezidenti joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida ko‘p yillar davomida el-yurt uchun fidokorona xizmat qilgan davlat va jamoat arbobi Shakarjon Xo‘janiyozova tavalludining 70 yilligini keng nishonlash hamda xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 12 iyun – Shakarjon Xo‘janiyozova tavallud topgan sanada viloyatimizda yurtimizning ardoqli farzandi xotirasiga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Chinakam o‘zbek ayoli timsoli bo‘lgan, fidoyi va matonatli rahbar Shakarjon Xo‘janiyozova yashab o‘tgan xonadonda uy muzeyi ochildi. Muzeydan Shakarjon Yusupovnaning hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar o‘rin olgan. Seminar ishtirokchilari uy muzeyida bo‘lib, Shakarjon Yusupovnaning ko‘p yillik mehnat faoliyati va el-yurt ravnaqi uchun ko‘rsatgan fidokorona xizmatlarini yana bir bor yodga olishdi uning hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Address

O'zbekiston Ko'chasi
Bagat
220200

Telephone

+998905594909

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share