Bekobod Shahar Hokimi Nasrulla Babayev

Bekobod Shahar Hokimi Nasrulla Babayev Bekobod shahar hokimi Nasrulla Nurillayevich Babayevning Rasmiy Facebook sahifasi

Азиз ва муҳтарам аёллар!Сизларни 8 март — Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин қалбимдан муборакбод этаман! Сизларга м...
08/03/2026

Азиз ва муҳтарам аёллар!

Сизларни 8 март — Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин қалбимдан муборакбод этаман! Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт, чексиз қувонч ва барча эзгу ниятларингиз рўёбга чиқишини тилайман. Ҳар доим юзингиздан табассум аримасин, қалбингиз меҳр ва бахтга тўла бўлсин.

Баҳор каби гўзал ва нафис бўлиб, ҳаётимизга доимо илиқлик ва нур улашиб юраверинг.

Байрамингиз муборак бўлсин!

27/02/2026
2026-yil 17 fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 7-chaqiriq, 24-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda...
17/02/2026

2026-yil 17 fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 7-chaqiriq, 24-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇👇👇

📌 Murojaat — nazoratda!Bugun Bekobod shaharining chekka hududi - “Navro‘z” mahallasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davo...
17/02/2026

📌 Murojaat — nazoratda!

Bugun Bekobod shaharining chekka hududi - “Navro‘z” mahallasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan shahar hokimi joyiga chiqib, holatni atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi rahbarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Aholi murojaatlariga tezkor va amaliy yondashuv - ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

📍Bekobod shahrida navbatdagi ochiq fuqarolar qabuli o‘tkazildi🗓Joriy yil 17-Fevral kuni Bekobod shahar hokimi N.Babayev ...
17/02/2026

📍Bekobod shahrida navbatdagi ochiq fuqarolar qabuli o‘tkazildi

🗓Joriy yil 17-Fevral kuni Bekobod shahar hokimi N.Babayev rahbarligida shahar hududida joylashgan “Navro‘z" MFY 14-sonli umumta'lim binosi faollar zalida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔗 Tadbirda Bekobod shahar prokurori B.Ilyasov, shahar IIB boshlig‘i F.Ismoilov, Xalq qabulxonasi vakillari shuningdek, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

📌Qabul jarayonida aholining ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid 21 ta murojaati tinglandi. Shundan 14 tasi joyida hal qilindi, qolgan 7 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

🔹 Mazkur qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

➡️Fuqarolar bilan ochiq muloqot – bu hokimiyat va xalq o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini yanada mustahkamlovchi asosiy omillardan biridir.

🌐 Web sayt 😎YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

 Hurmatli yurtdoshlar!Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining ulug‘ va qutlug‘ sanasi...
08/12/2025



Hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining ulug‘ va qutlug‘ sanasi - Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Asosiy qonunimiz xalqimizning erkin va farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib, unda inson qadri, erkinliklari va tenglik tamoyillari eng oliy qadriyat sifatida belgilangan. Konstitutsiyamiz mamlakatimizda adolat, taraqqiyot va tinchlikni ta’minlash yo‘lida eng ishonchli kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun biz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shahrimizda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari ham ana shu Asosiy qonunimizda belgilangan tamoyillarning amaliy ifodasidir.

Hurmatli hamshaharlar!
Ushbu muborak sana barchangizga yangi kuch-g‘ayrat, bunyodkorlik ruhi va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi, shahrimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashib, fidoyilik bilan xizmat qilishda barchangizga omad va baraka tilayman.

Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Bekobod shahar hokimi Babayev Nasrullo Nurillayevich.

🌐Web sayt 😎YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

07/12/2025

Yilni sarhisob qilib qarasak juda ko'p keng ko'lamli ishlar bajarildi. Bulardan misol tariqasida yaratilyotgan bog'lardan biri "Vatanparvarlar" bog'idan qisqacha lavha.

07/12/2025

Qayta rekonstruksiya qilingan “Yoshlar” markazining tantanali ochilish marosimidan video lavha

Bugun — har bir yurtdoshimiz qalbida faxr, g‘urur va yurtga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiruvchi ulug‘ sana.Mustaqil...
18/11/2025

Bugun — har bir yurtdoshimiz qalbida faxr, g‘urur va yurtga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiruvchi ulug‘ sana.

Mustaqil O‘zbekistonimizning ramziga aylangan, el-yurtning irodasi, jasorati va kelajakka ishonchini o‘zida mujassam etgan Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan barchangizni chin dildan tabriklaymiz!

Ushbu muqaddas ramz osmonlarimizda doimo baland parvoz qilib, mamlakatimiz taraqqiyoti, birdamligi va tinchligining timsoli bo‘lib qolsin.

Address

100500, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent Viloyati, Bekobod Shahar, G`ofur G`ulom Ko`chasi, 1-uy
Bekobod
100500

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bekobod Shahar Hokimi Nasrulla Babayev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Bekobod Shahar Hokimi Nasrulla Babayev:

Share