Bo’ka tuman hokimligi

Bo’ka tuman hokimligi Bo'ka tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi

Sahifa hokimlik Axborot xizmati tomonidan yuritiladi.

 Bo‘ka tumanida paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildiBo‘ka tumani “Bo‘ston” hududida 2026-yil hosili u...
01/06/2026



Bo‘ka tumanida paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

Bo‘ka tumani “Bo‘ston” hududida 2026-yil hosili uchun Shinjon usulida ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Toshkent viloyati Fermerlar Kengashi raisi Sh.Do‘stbekov, Bo‘ka tumani hokimining o‘rinbosari A.Murodov, qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari, hudud raislari hamda ilg’or fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, shinjon usulining afzalliklari, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, sug‘orish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalari berildi.

Shuningdek, hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida fermerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 Bo‘ka tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradiBugun mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani k...
25/05/2026



Bo‘ka tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Bo‘ka tumanidagi 55 ta umumta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Bo‘ka tumani hokimi S.Isakulov 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarni mustaqil hayot sari qo‘yilayotgan muhim qadamlari bilan samimiy tabrikladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini tantanali ravishda o‘qib esh*ttirdi.

Tadbir davomida namunali xulqi, yuqori bilim ko‘rsatkichlari hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bitiruvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

Tuman hokimi bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qish va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tiladi.

Ma’lumot uchun, 2025–2026 o‘quv yilida Bo‘ka tumanidagi 55 ta umumta’lim maktabini jami 1539 nafar 11-sinf o‘quvchisi tamomlamoqda. Ularning 11 nafari oltin, 3 nafari esa kumush medal bilan taqdirlanadi.

23/05/2026

Yuqori hosil - samarali mehnat natijasidir.

Bugun g‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan otryadlarni shakllantirish, kombayn operatorlariga g‘alla o‘rib- yanchib olishdek dolzarb mavsumda uyushqoqlik bilan mehnat qilish xususida qishloq xo‘jaligi mutasaddilari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

22/05/2026



"Toshloq" mahallasida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o'tkazildi.

Bugun Bo’ka tumani hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Nishonov, "Toshloq" mahallasining “mahalla yettiligi” va fuqarolari, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu qabulda 12 nafar fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, ish bilan ta’minlash, tibbiyot, kommunal sohaga oid masalalar yuzasidan 14 ta murojaatlar kelib tushdi.

Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

 Bo‘ka tumani “Bo‘ston” mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.Mazkur tadbirda Toshkent viloy...
21/05/2026



Bo‘ka tumani “Bo‘ston” mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X.Bo‘riyev, tuman hokimi S.Isakulov, tuman prokurori Sh.Zunnurboyev, tuman IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot jarayonida bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga yechim topish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga badiiy kitoblar to‘plami topshirildi.

  G'alla yig’im-terim ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi.Bugun "Bo'ka Agroservis MTP va ISM" MCHJ da B...
21/05/2026



G'alla yig’im-terim ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi.

Bugun "Bo'ka Agroservis MTP va ISM" MCHJ da Bo'ka tumani hokimi S.Isakulov, viloyat Fermerlar Kengashi raisi Sh.Do'stbekov, tuman IIB boshlig'i A.G'ulomov, tegishli hokim o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari, hudud raislari hamda kombayn operatorlari ishtirokida seminar o'tkazildi.

Mas'ullar tomonidan oldimizda turgan mas'uliyatli mavsumni birgalikda uyushqoqlik bilan tashkil etish, bunda har bir dala maydonida hosilni nest-nobud qilmasdan yig'ib olish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, har bir otryadlarda barcha texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish, mavsumni uyushqoqlik bilan o'tkazib, belgilangan rejani qisqa muddatlarda bajarish choralarini ko'rishga kelishib olindi.

Seminar yakunida o‘rim-yig‘im kombaynlarining mavsumga shayligi texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning uzoq masofada harakatlanish imkoniyati sinovdan o‘tkazildi.

20/05/2026



Tuman markazini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayonlar videolavhada

 Bo‘ka tumanida Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindiBugun tuman hokimi Sardor Isakulov Xitoy...
19/05/2026



Bo‘ka tumanida Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Bugun tuman hokimi Sardor Isakulov Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tumanning qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlari, mavjud xomashyo bazasi, yer resurslari hamda mahsulotlarni zamonaviy usulda qayta ishlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, hududga investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

18/05/2026



Bo'ka tumanida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo'yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o'tkazilmoqda.

Jarayonlar "Nurafshon" telekanali lavhasida

 18-may — Boʻka tumani tashkil topgan kun!1943-yil 18-may kuni asos solingan Bo‘ka tumani bugun o‘zining 83 yillik qutlu...
18/05/2026



18-may — Boʻka tumani tashkil topgan kun!

1943-yil 18-may kuni asos solingan Bo‘ka tumani bugun o‘zining 83 yillik qutlug‘ sanasini nishonlamoqda.

Yillar davomida tumanimiz mehnatkash insonlari, fidoyi yoshlar, nuroniylar duosi va bunyodkor xalqimiz sa’y-harakatlari bilan yanada obod va go‘zal maskanga aylanib bormoqda.

Bugungi Bo‘ka — zamonaviy bunyodkorlik, tinchlik va taraqqiyot sari dadil odimlayotgan aziz diyor.
Har bir mahalla, har bir ko‘cha, har bir amalga oshirilayotgan loyiha ortida xalqimizning ezgu niyati va mehnati mujassam.

Qadrdon tumanimizga doimo rivoj, fayz-u baraka va yuksalish yor bo‘lsin!

Bo‘ka tumani tashkil topgan kun muborak!

Address

Buka

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00

Telephone

+998705736030

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bo’ka tuman hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share