12/06/2026
🟢 BUXOROLIK 49 NAFAR O‘QITUVCHINING ISH TAJRIBASI RESPUBLIKA MIQYOSIDA OMMALASHTIRILDI!
📊Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i asosida respublika bosqichiga tavsiya etilgan pedagoglarimizdan 49 nafarining ilg‘or ish tajribalari respublika miqyosida ommalashtirildi.
📌Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yili davomida:
🔵 1811 nafar o‘qituvchining ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida;
🔵 528 nafar o‘qituvchining ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirildi.
💡Bu natija nafaqat pedagoglarning izlanishi, fidokorona mehnati va kasbiy mahorati, balki ta’lim sifatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarning ham amaliy samarasidir.
⚡️Eng quvonarlisi, ommalashtirilgan metodik ishlar salmog‘ining avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada ortgani Buxoro viloyati pedagoglarining ilmiy-metodik salohiyati va kasbiy mahorati yildan-yilga yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
💫 Yuksak natijalarga erishgan barcha pedagoglarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram