Buxoro viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi

Buxoro viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Бухоро вилоятидаги хорижий инвестиция

30/03/2026

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent va Buxoroda o‘tgan sermahsul uchrashuvlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Плодотворные встречи Президентов Узбекистана и Таджикистана, прошедшие в Ташкенте и Бухаре, стали еще одним важным шагом в укреплении вековых уз дружбы, добрососедства и взаимного уважения.

30/03/2026

O‘zbekiston o‘zgarayapti. Islohotlar tez sur’atda davom etmoqda, investitsiyalar ortmoqda. Ammo asosiy savol — bu raqamlar ortida nima turibdi?

“Ekspert” loyihasining ushbu sonida — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ochiq suhbat.

27/03/2026

Tun og'ushidagi ko'hna kent - Buxoro. Sharqning o‘chmas chirog‘i, mo‘jiza va sirlarga boy shahar.✨

02/12/2025

🇺🇿🇺🇸🤝Buxoro viloyati va AQSHning UGL holding kompaniyasi bilan nega hamkorlik qilmoqchi?

📶UGL holding tomonidan tashkil etlgan ushbu podcastda Viloyat hokimi o'rinbosari Rizo Asadov hamda viloyat raqamli texnologiyalar sho'basi boshlig'i Alijon Yaxshiyev batafsil ma'lumot berishdi.
————————————————
Почему Бухарская область стремится к сотрудничеству с компанией UGL Holding (США)?

📶В подкасте, организованном UGL Holding, заместитель хокима Бухарской области Ризо Асадов и начальник отдела цифровых технологий области Алижон Яхшиев подробно рассказали об этом.

14/11/2025

🇺🇸 🇺🇿Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi boshlandi

🔍Tashrif avvalida viloyat hokimi Botir Zaripov buxorolik vatandoshlarimiz bilan uchrashdi va Buxoroga investitsiyalarni jalb qilishda amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qildi;

⚫️“Global Friendship” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro shahrida koʼp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil qilish boʼyicha muzokaralar olib borildi va qiymati 30 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishildi;

⚫️"Buxara Аzteks" MChJ tomonidan АQShning "Liberty" LLC kompaniyasiga 2026-2027 yillar davomida 60 mln АQSh dollarlik tayyor toʼqimachilik mahsulotlari (futbolkalar) yetkazib berish boʼyicha eksport shartnomasi imzolandi;

⚫️Аmerican National Cotton Council – Аmerika milliy paxta assotsiatsiyasi bilan Buxoro viloyatida paxtachilik sohasida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish bo'yicha kelishuvga erishildi;

⚫️Memfis shahridagi Wyatt Group kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xoʼjaligi sohasini rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi irrigatsiya tarmoqlariga investitsiya kiritish orqali suv tejovchi sugʼorish uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʼyicha muzokaralar olib borildi;

⚫️Staplcotn kompaniyasi bilan muzokaralar davomida 2026-2028 yillarda “Buxoro Agro Klaster” MCHJ hamda “Merganteks” MCHJ paxta to‘qimachilik klasterlariga paxta tolasini yetkazib berish bo'yicha kelishuvlarga erishildi;

⚫️“Plug and Play” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro shahrida yoshlar uchun startap inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil qilish hamda dasturlash sohasida eksportlarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi (kelishuv qiymati 20 mln doll.)

Buxoro viloyati delegatsiyasining AQSHga tashrifi davom etmoqda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirinig korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha M U R O J A A T IO‘zbekiston 2021-yild...
06/11/2025

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirinig korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha M U R O J A A T I
O‘zbekiston 2021-yilda Xalqaro Ochiq ma’lumotlar xartiyasiga a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz Istanbul harakatlar dasturi, Global operativ tarmoq, Yevroosiyo va Egmont guruhlari, boshqa ko‘plab platformalarda samarali ishtirok etib kelmoqda. G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish tarmog‘ining Kotibiyati vazifasini bajarmoqda.

Har yili Toshkentda an’anaviy Xalqaro aksilkorrupsiya forumi o‘tkazib kelinmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimiz “Transparency International” indeksida

42 pog‘onaga ko‘tarildi va bu borada mintaqamizda eng yuqori o‘rinni egallamoqda. 2030-yilga qadar mazkur reytingdagi o‘rnimizni yana 50 pog‘onaga yaxshilash maqsadini ko‘zlaganmiz.

“Open Data Inventory” reytingida esa joriy yilda 30-o‘ringa ko‘tarildik. Ochiq ma’lumotlar manbalari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinda joy olgan.

Hammamiz yaxshi bilamizki, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan asosiy sabablardan bittasi - bu korrupsiyadir.

Shu bois, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan biznes hamjamiyatida bunday illatni yo‘q qilish maqsadida qator choralar amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida aytish lozimki, mamlakatimizda investorlarni korrupsiyasiz halol faoliyat yuritishini ta’minlash borasida Vazirlik tomonidan tizimli ravishda profilaktik va targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlarimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat yuqori darajada shakllangan. Bunday holatlarga keskin salbiy fikr bildirib kelishmoqda va halol ishlashga tayyor ekanliklarini har doim namoyon etishmoqda.

Shu bois vazirlik xodimlarini korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlishi ularning kundalik hayot tarziga aylanishi kerak. Halollik, vatanparvarlik va masʼuliyatni faoliyatining asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, berilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.

Amalga oshirilayotgan inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish talab etiladi.

Shu nuqtai nazardan, tizimda korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʻyicha samarali tizim shakllantirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi xavf-xatarlarni baholashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jarayonga ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, bu borada huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish vazirlikning asosiy maqsadlari etib belgilangan.

Vazirlik funksiyalari boʻyicha vertikal nazorat oʻrnatish, korrupsion holatlar yuzaga kelishini cheklash, maʼlumotlarning real vaqt rejimida va bexato shakllantirish yoʻnalishlarida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik nazoratiga tayanadi va fuqarolarning faolligi va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Vazirlik xodimlarining korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlgan fuqarolar 71-238-50-05 raqamli Ishonch telefoni yoki telegram boti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻllashi mumkin.

Vazirlik xodimlari tomonidan korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, kelib chiqish sabab va sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.

Shu oʻrinda tizimda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqiramiz.

Япониянинг “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” (JUSRF) фонди делегацияси-Бухорода.Minagawa Yosh*tsugu раҳбарлиги...
13/10/2025

Япониянинг “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” (JUSRF) фонди делегацияси-Бухорода.
Minagawa Yosh*tsugu раҳбарлигидаги “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” (JUSRF) фонди делегацияси Бухоро вилоятига ташриф буюрди. Ташрифдан кўзланган асосий мақсад - Бухоро вилоятининг ишлаб чиқариш, қишлоқ хўжалиги ва саноат соҳаларидаги лойиҳалар билан яқиндан танишиш, ўзаро фикр алмашиш ва икки ҳудуд ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликни янада ривожлантиришдан иборат эканлиги маълум қилинди.
Шунингдек, делегация Бухоро туманидаги "Бухоро Варнет" кластерига қарашли иссиқхона мажмуасида бўлиб, замонавий технологиялар асосида сабзавотлар етиштириш жараёни билан яқиндан танишди.
Музокаралар давомида, Бухоро вилояти ҳамда Япониянинг “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” (JUSRF) фонди ўртасида иқтисодиёт, қишлоқ хўжалиги ва туризм соҳаларида ўзаро ҳамкорликни йўлга қўйиш, савдо-иқтисодий алоқаларни кенгайтириш, инвестицияларни фаол жалб қилиш, тажриба алмашиш каби масалалар муҳокама қилинди.
Хусусан, икки ҳудуднинг сайёҳлик салоҳиятини тарғиб қилиш, қўшма туристик маҳсулотларни яратиш ва сайёҳлар оқимини кўпайтириш мақсадида чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқиш орқали туризмни ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилиши таъкидлаб ўтилди.
Вилоят мутасаддилари иштирокида кечган учрашувда томонлар инвестицион лойиҳаларни амалга ошириш механизмларини муҳокама қилди. Кунчиқар юрт вакиллари Бухоро вилоятига ташрифи давомида олган таассуротларидан келиб чиқиб, барча соҳаларда ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш, Бухорода япон инвестицияси иштирокидаги лойиҳаларни амалга ошириш истаги уйғонганлигини алоҳида таъкидлади.
Мулоқотда томонлар халқаро ва минтақавий аҳамиятга молик кўплаб долзарб масалаларга нисбатан ўхшаш қараш ва ёндашувга эга эканликларини билдирдилар. Ўтган йилларда мамлакатларимиз икки ва кўп томонлама ўзаро манфаатли ҳамкорликни ривожлантиришда салмоқли ютуқларга эришгани қайд этилди. Умуман, Ўзбекистон Япония билан самимий дўстлик алоқаларини, стратегик шериклик ва ҳамкорликни юксак қадрлаши айтиб ўтилди.
Сафар якунида “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” (JUSRF) фонди делегацияси Бухоро вилоятида иқтисодиётнинг турли тармоқларида эришилаётган ютуқларни юқори баҳолади.
Ўз навбатида Minagawa Yosh*tsugu биргаликда лойиҳаларни янада ривожлантириш имкониятлари кўплиги, уларни тўлиқ ишга солишдан икки томон ҳам бирдек манфаатдор эканини қайд этди.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov boshchiligidagi ishbilarmonlardan i...
22/09/2025

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov boshchiligidagi ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko boshchiligidagi hukumat va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Buxoro viloyatida sanoat kooperatsiyasi, farmasevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shundan kelib chiqib, madaniy almashinuv, qishloq xo‘jaligiga moslashtirilgan yerlar ijarasi, chorvachilik mollari va mahsulot eksport qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Penza viloyatidagi “Мединж”, “ЦеСИС”, “Моторные технологии”, “Маяк”, “Дукат” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv natijalari Buxoro va Penza viloyatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, turizm va sanoat salohiyatini oshirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

📣Buxoro viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Vologda viloyatida xizmat safarida boʻldiRossiya Federatsiyasi bilan oʻzaro s...
22/09/2025

📣Buxoro viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Vologda viloyatida xizmat safarida boʻldi

Rossiya Federatsiyasi bilan oʻzaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududlar va tarmoqlar ishchi guruhlarining chet elga xizmat safarlari belgilangan boʻlib, unda chet el hukumati vakillari, yirik korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar belgilangan.

Shunga koʻra, Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi Rizo Asadov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida Vologda viloyati hokimining oʻrinbosari Dmitriy Rodionov boshchiligidagi hukumat va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralarda Buxoro viloyatida akvapark qurish, kosmetika ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida kichik hajmdagi gaz ballonlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Vologda viloyatida chorvachilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, jumladan, kartoshka va qoramol uchun omuxta yem ishlab chiqarishda hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Buxoro delegatsiyasi Vologda viloyatidagi bir qator yirik korxonalarda ham boʻldi. Jumladan, “Atag” qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari bilan muloqot natijasida viloyatda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini roʻyobga chiqarish boʻyicha tomonlar roziligi olindi. Qolaversa, “Aleksandra plyus” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ultratovush vannalari, qoramollar uchun tibbiy hamda laboratoriya uskunalarini ishlab chiqarish yoʻnalishida qoʻshma loyihani amalga oshirishga doir takliflar koʻrib chiqildi.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Pokiston Islom Respublikasi Sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari Saif Anju b...
22/09/2025

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Pokiston Islom Respublikasi Sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari Saif Anju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Viloyat rahbari mehmonlarga avvalo Buxoroga tashrifi bilan qutladi. Botir Zaripov so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida to‘xtalar ekan, Pokiston bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik hududning investision va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini urg‘uladi. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, turizm, xizmat ko‘rsatish, charm va ipakni qayta ishlash, to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish va farmasevtika bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish borasida o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, viloyatdagi maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati, ularda investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida Saif Anju ushbu sohalar Pokiston sanoat va ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida imzolangan Bayonga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad o‘zaro teng manfaatli hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish, jumladan, Buxoro viloyati bilan aloqalarni kengaytirish ekanini qayd etdi.

Tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Buxoro viloyati bilan doimiy muloqotlar o‘rnatish, yaqin kunlarda esa kelishilgan tashabbuslarni amaliy jihatdan ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Buning uchun Pokiston delegatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaning iqtisodiy salohiyatini chuqur o‘rganish bo‘yicha mas’ul xodim tayinlandi. Tahlillar asosida ishchi guruhlari tuzilib, kelgusida muzokaralar olib borish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shu kuni delegatsiya “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki bilan tanishtirildi. Shu yerda ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion masalalar atroflicha muhokama etilib, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

13/08/2025

Address

Улица Ислама Каримова 10 дом
Bukhara
200100

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Buxoro viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Buxoro viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi:

Share