Romitan tuman AKM

Romitan tuman AKM Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi 2019 yil 2- dekabrda tashkil etildi.

Yoqimli mutolaa!
02/06/2026

Yoqimli mutolaa!

    🌈🌈🌈   2026-yil 1-iyun  kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 1 – iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunig...
01/06/2026




🌈🌈🌈 2026-yil 1-iyun kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 1 – iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab “Bolalar kulgusi- dunyo bezagi” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
📌📌📌 Ushbu ko'rgazmada kutubxonada mavjud bolajonlar sevib mutolaa qiladigan adabiyotlar joylashtirildi.
⚡⚡⚡ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona kutubxona markazi

🖇🖇🖇 2026-yil 20-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida jadid dramaturgiyasining atoqli namoyandasi, ma’rifat...
20/05/2026

🖇🖇🖇 2026-yil 20-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida jadid dramaturgiyasining atoqli namoyandasi, ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazma tashkil etildi.
✨✨✨Abdurauf Fitrat — o‘zbek jadid adabiyoti va dramaturgiyasining yirik vakillaridan biri bo‘lib, u xalqni ilm-ma’rifatga, milliy uyg‘onish va taraqqiyotga chorlagan ma’rifatparvar ijodkordir. Uning asarlarida Vatanga muhabbat, erkin fikr va ma’naviy yuksalish g‘oyalari keng yoritilgan.
📚📚📚 Kitob ko‘rgazmada adibning hayoti va ijodiga oid asarlar, ilmiy hamda badiiy adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan o‘quvchilar Fitrat ijodi bilan yaqindan tanishib, uning boy ma’naviy merosiga katta qiziqish bildirdilar.
🏡🏡🏡 Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

📒📕📗 2026-yil yoz mavsumi davomida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish, sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorg...
19/05/2026

📒📕📗 2026-yil yoz mavsumi davomida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish, sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 19-may kuni Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Romitan” bolalar oromgohida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Ko‘chma kutubxonada bolajonlar uchun qiziqarli ertak va hikoyalar, dostonlar joylashtirildi.
📚📚📚 Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

16/05/2026

📚📚📚2026-yil 15-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 2-umumta'lim maktabining kitobxon o'quvchilari ishtiro...
15/05/2026

📚📚📚2026-yil 15-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 2-umumta'lim maktabining kitobxon o'quvchilari ishtirokida 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "OILA TINCHLIGI-YURT OSOYISHTALIGI" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. 📕📗📘 Ko‘rgazmada oilaviy totuvlik, farzand tarbiyasi, milliy qadriyatlar va ma’naviy barkamollikni yorituvchi sara kitoblar o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi. Tadbir ishtirokchilari kitob mutolaasi orqali oila mustahkamligi va jamiyat barqarorligining ahamiyati haqida fikr almashdilar. 📒📒📒Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

 ⌛⌛⌛ 2026-yil 15-may kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosa...
15/05/2026



⌛⌛⌛ 2026-yil 15-may kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan "Bobur" MFY, "Bobur" ko‘chasida istiqomat qiluvchi faol kitobxon ona mehribon ustoz — Hamroyeva Gavhar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda kitob taqdimoti tashkil etildi.
📗📗📗 Hamroyeva Gavhar kabi kitobxon onalar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otib, ularni ilmli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib ulg‘ayishiga katta hissa qo‘shmoqda. Kitob mutolaasi bilan yashaydigan oilada mehr-oqibat, ahillik va tafakkur muhiti hukm suradi.
📘📘📘 Kutubxonamiz tomonidan “Kitobxon onalar” harakati doirasida olib borilayotgan bunday tadbirlar onalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, kitob — qalblarni nurga to‘ldiradigan, insonni ezgulikka yetaklaydigan bebaho ma’naviyat manbaidir.
📚📚📚 Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

  🇺🇿🇺🇿🇺🇿2026-yil 6-May kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 9-may Xotira va Qadrlash kuniga bag’ishlab   “Qadr...
06/05/2026




🇺🇿🇺🇿🇺🇿2026-yil 6-May kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida 9-may Xotira va Qadrlash kuniga bag’ishlab “Qadr insonni yuksaklikka yetaklaydi” mavzusida kitob kórgazmasi tashkil qilindi.
📌📌📌 Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
⭐⭐⭐Ushbu kitob kórgazmasidan o'rin olgan adabiyotlar kitobxonlarga o‘qish uchun tavsiya etildi.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

 ⭐⭐⭐2026-yil 23-aprel kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida Romitan tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo’y...
23/04/2026



⭐⭐⭐2026-yil 23-aprel kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida Romitan tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari bilan birgalikda “Sevimli kutubxonamga sayohat” mavzusida ekskursiya tashkil etildi.
📌📌📌Tashrif buyurgan o‘quvchilarga kutubxonada mavjud adabiyotlar va ko‘rgazmalar tanishtirib o‘tildi. O‘quvchilar kutubxonaga a’zo qilinib, o‘zlari uchun kerakli adabiyotlarni tanlab oldilar.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Address

Buxoro Viloyati, Romitan Tumani, Ibn Sino MFY, Yangi Hayot Koʻchasi, 100-uy, Romitan, Uzbekistan, Адрес
Bukhara
201000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Romitan tuman AKM posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category