Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi

Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot - kutubxona markazi.

“Севимли кутубхонамга туҳфалар”Жорий йилнинг 15-май куни Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилоят ахборот кутубхона марка...
18/05/2026

“Севимли кутубхонамга туҳфалар”
Жорий йилнинг 15-май куни Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилоят ахборот кутубхона маркази фондига Россия Ёзувчилар уюшмасининг Москва вилояти ташкилоти аъзоси, ёзувчи ва тадқиқотчи Рим Субхонкулович Юсупов томонидан 2 дона китоб тақдим этилди.
Жумладан, муаллифнинг “Бухара” номли китоби Бухоро шаҳрининг 2500 йиллик тарихи, маданий мероси ва Шарқ цивилизациясида тутган ўрнига бағишланган бўлиб, унда қадимий шаҳарнинг тарихий обидалари, маънавий қадриятлари ҳамда бой маданияти ҳақида қизиқарли маълумотлар келтирилган.
Шунингдек, “Потерянные жизни” номли китобда инсон тақдири, ҳаёт синовлари ва жамиятдаги турли воқеалар бадиий ва таъсирчан услубда ёритилган. Асар китобхонларни ҳаёт ҳақида мушоҳада юритишга, инсон қадри ва маънавий қадриятларни англашга ундайди.
Тақдим этилган китоблар китобхонлар, тадқиқотчилар ва ёшлар учун муҳим маънавий-маърифий манба бўлиб хизмат қилади.
Муассасамиз жамоаси номидан Рим Субхонкулович Юсуповга ушбу қимматли китоблар учун самимий миннатдорчилик билдирамиз.

"Hamdo‘stlik kutubxonalarining ta'lim sohasidagi hamkorligi" “Hamdoʻstlik kutubxonalarining taʼlim sohasidagi hamkorligi...
18/05/2026

"Hamdo‘stlik kutubxonalarining ta'lim sohasidagi hamkorligi"

“Hamdoʻstlik kutubxonalarining taʼlim sohasidagi hamkorligi” xalqaro loyiha boʻlib, MDH davlatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan kelgan yosh kutubxonachilar (20-40 yosh) bilan tajriba almashish va malakasini oshirishga qaratilgan. Loyiha Rossiyada (xususan, 2026 yil 16-21 may kunlari Yekaterinburgda va avvalroq Moskvada) amalga oshirilmoqda va turli kutubxona muassasalaridan 50 ga yaqin mutaxassislarni birlashtirgan.
Tadbir “Yangi avlod” dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Hamdo‘stlik mamlakatlari yosh kutubxonachilarining malakasini oshirish, shuningdek, Rossiya va hamkor davlatlar o‘rtasidagi professional aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Loyihada ishtirok etish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich o'quv dasturini yakunlash va sertifikat olishni o'z ichiga oladi. Keyin, saralash bosqichidan o'tgandan so'ng, ishtirokchilar loyihaning Rossiya bo'ylab saytlarida bo'lib o'tadigan asosiy bosqichida ishtirok etishga taklif qilinadi.
2026-yil 20-apreldan 2026-yil 30-aprelgacha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimi Lukmanova Taxmina Subxonovna Rossiya Davlat kutubxonasi (Yekaterinburg) tomonidan tashkil etilgan “Emosional charchash va kasbiy stressni bartaraf etish strategiyalari” mavzusidagi o‘quv dasturini yakunladi.
Treningni muvaffaqiyatli tugatib, yakuniy imtihonni topshirgach, unga sertifikat berildi.

Ko‘chma kutubxonaAbu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Buxoro shahar  “Avshor” mahallada...
18/05/2026

Ko‘chma kutubxona
Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Buxoro shahar “Avshor” mahallada ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Bu tashabbus mahalla aholisining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Kitob o‘qishga imkon t**a olmaydigan fuqarolar ham bemalol adabiyotlardan foydalanishmoqda.
“Avshor” mahallada yo‘lga qo‘yilgan ko‘chma kutubxona ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kitob shunday narsaki, u o‘qigan odam uchungina bor. O‘qilmagan kitob bu — foydalanilmagan imkoniyat, yeyilmagan non, ki...
13/05/2026

Kitob shunday narsaki, u o‘qigan odam uchungina bor. O‘qilmagan kitob bu — foydalanilmagan imkoniyat, yeyilmagan non, kiyilmagan kiyimga o‘xshash narsa. Kitobni o‘qish kerak.

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

 ​Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni shunchaki tarixiy hikoya emas — bu erkinlikka bo'lgan kuchli intilish va haq...
13/05/2026



​Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni shunchaki tarixiy hikoya emas — bu erkinlikka bo'lgan kuchli intilish va haqiqat uchun kurashning yuksak she'riy ifodasidir!
​Asar bosh qahramoni, olovqalb bengal shoiri Nazrul Islom timsolida har bir davrning vijdoni uyg'oq insoni duch keladigan murakkab savollar va ruhiy izlanishlar tasvirlanadi.

​Nima uchun bu asarni o'qish kerak?

🔹 Erkinlik: Inson qadr-qimmati va hurligi haqida chuqur mushohada yuritish uchun;
🔹 Go'zallik: Sharqona falsafa va sehrli she'riyatdan bahra olish uchun;
🔹 Jasorat: Haqiqiy ijodkor qismati qanchalik murakkab va sharafli ekanini his qilish uchun.

Fan va turmush jurnalining 1997 -yil 3-sonida "XX asr boshlarida yashab o‘tgan yirik ma’rifatparvar, jadid harakatining ...
13/05/2026

Fan va turmush jurnalining 1997 -yil 3-sonida "XX asr boshlarida yashab o‘tgan yirik ma’rifatparvar, jadid harakatining rahnamosi Mirzo Abdulvohid Burhonov - Munzim faoliyati haqida so‘z yuritiladi.

Fan va turmush jurnalining 1997 - yil 2-sonida "Cho‘lpon akamni xotirlab" maqola chop etilgan. Maqolada Cho‘lpon tavallu...
13/05/2026

Fan va turmush jurnalining 1997 - yil 2-sonida "Cho‘lpon akamni xotirlab" maqola chop etilgan. Maqolada Cho‘lpon tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlanadi.

Fan va turmush  jurnalining 1997 - yil 5 - sonida "Jadidlar qoldirgan meros" maqola chop etilgan.  Maqolada Turkiston ja...
13/05/2026

Fan va turmush jurnalining 1997 - yil 5 - sonida "Jadidlar qoldirgan meros" maqola chop etilgan. Maqolada Turkiston jadidchilik faoliyati haqida so‘z yuritiladi.

13/05/2026
13/05/2026

" Jinoyat va jazo " — rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy tomonidan 1865—1866-yillarda yozilgan dunyo adabiyotining eng buyuk ijtimoiy-psixologik va falsafiy romanlaridan biridir. Asar inson ruhiyatining murakkabligi va axloqiy ziddiyatlarni ochib beradi.
Asar haqida qisqacha ma'lumotlar quyidagilardan iborat:
Bosh qahramon: Kambag'al sobiq talaba Rodion Raskolnikov. U jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi isyon qilib, " g'ayriinsoniy odamlar " qoida buzarlikka haqli deb hisoblaydi va o'z nazariyasini sinab ko'rish uchun qora niyatli sudxor kampirni o'ldiradi.
Syujet: Qotillikdan so'ng Raskolnikovning ichki azoblari, o'zini o'zi yeyishi, tergovchi Porfiriy Petrovich bilan psixologik to'qnashuvlari tasvirlanadi. Uning vijdon azobi va ruhiy iztiroblari asosiy o'rinni egallaydi.
Asosiy g'oya: Inson hayotiga qasd qilish har qanday ezgu maqsadni ham oqlay olmasligi, har qanday jinoyat qattiq jazo va vijdon azobini keltirib chiqarishi ko'rsatiladi.

Address

Buxoro
210000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi:

Share

Category