Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Denov tuman MMT bo'limining rasmiy sahifasi

📌 9-SINF O‘QUVCHILARINING YAKUNIY MAKTAB IMTIHONLARI BOSHLANDI      ✅ Denov tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ...
01/06/2026

📌 9-SINF O‘QUVCHILARINING YAKUNIY MAKTAB IMTIHONLARI BOSHLANDI

✅ Denov tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025–2026 o‘quv yilini yakunlash munosabati bilan 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi doirasidagi maktab imtihonlari boshlandi.

▪️ О‘quvchilarga imtihonlarni o‘tkazish tartibi, belgilangan talablar, baholash mezonlari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, imtihon davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar yuzasidan tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

✅ Mazkur imtihonlar o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim bosqichida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini baholash, shuningdek, ularning keyingi ta’lim bosqichiga tayyorgarlik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.

✅ Imtihonlarning ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan barcha zarur choralar ko‘rildi hamda tegishli shart-sharoitlar yaratildi.

📣 Umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga start berildi (https://t.m...
01/06/2026

📣 Umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga start berildi (https://t.me/denov_mmtb)

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrug'iga asosan 2025-2026-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish belgilangan.

🔰 Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 1-iyun kunidan 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartib va koʻrsatmalar asosida yuqori saviyada boshlandi.

👍 Barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilarimizga omad tilab qolamiz

📣 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yangi orzular sari qadam! (https://t.me/denov_mmtb)     🎗 Denov tumanidagi maktablarda "Yuksak ...
25/05/2026

📣 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yangi orzular sari qadam! (https://t.me/denov_mmtb)

🎗 Denov tumanidagi maktablarda "Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori!" shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda bitiruvchilar, ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarning hayotidagi unutilmas onlarga guvoh bo‘lishdi.

🎗 Bugun tumandagi 82-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda tumani hokimi o‘rinbosari Farhod Rasulov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Umid Xojiyev ishtirok etib, bitiruvchilarga yaratilayotgan sharoitlar va ular qo‘lga kiritayotgan yutuqlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

🎗 Samimiy tilaklar, quvonchli lahzalar va ezgu orzularga boy bo‘lgan ushbu bayram tadbirida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar tilab qolindi.

✨ Aziz bitiruvchilar! Oldingizda turgan yangi hayot ostonasida sizlarga omad, yuksak marralar va porloq kelajak tilaymiz!

🔔 Denov tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari davom etmoqda (https://t.me/denov_mmtb)     🔰  Joriy yiln...
25/05/2026

🔔 Denov tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari davom etmoqda (https://t.me/denov_mmtb)

🔰 Joriy yilning 25-may kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablirad “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

🔰 Bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan ushbu tantanali tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktab bitiruvchilariga yo‘llangan samimiy tabrik o‘qib esh*ttirildi.

📷 Fotolavhalarda Denov tumanidagi maktablardagi jarayonlar aks etgan.

🔔 Denov tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari davom etmoqda     ✅ Joriy yilning 25-may kuni tumandagi u...
25/05/2026

🔔 Denov tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari davom etmoqda

✅ Joriy yilning 25-may kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablirad “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

✅ Bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan ushbu tantanali tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktab bitiruvchilariga yo‘llangan samimiy tabrik o‘qib esh*ttirildi.

✅ Tadbir davomida ta’limda yuqori natijalarga erishgan, iqtidorli hamda jamoat ishlarida faol bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📸 Fotolavhalarda Denov tumanidagi 47-maktabdagi jarayonlar aks etgan. (https://t.me/denov_mmtb)

📣 Denov tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida “DASTURLASH VA AI MUSOBAQASI” o‘tkazildi (https://t.me/denov_mmtb)     ...
20/05/2026

📣 Denov tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida “DASTURLASH VA AI MUSOBAQASI” o‘tkazildi (https://t.me/denov_mmtb)

🔰 Denov tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “YAGONA IT ACADEMY” bilan hamkorlikda joriy yilning 13-14-may kunlari o‘quvchilar o‘rtasida “DASTURLASH VA AI MUSOBAQASI” o‘tkazildi. (https://t.me/denov_mmtb)

🔰 Ushbu tanlov 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich – TEST, 2-bosqich – Real coding, 3-bosqich — AI orqali loyiha yaratish yo‘nalishlarida tashkil qilindi.

🔰 Ushbu musobaqada tumandagi har bir maktabdan 1 nafardan o‘quvchilar ishtirok etishib, IT yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.

🔰 Tadbir yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda ta’lim vaucherlari bilan taqdirlandilar

📣 DENOV TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI  RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH OʻTKAZILDI (https://t.me/denov_m...
13/05/2026

📣 DENOV TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH OʻTKAZILDI (https://t.me/denov_mmtb)

◾️ Viloyat prokurorining yordamchisi U.M.Ergashyev, Denov tuman prokurorining katta yordamchisi U.M.Xudoyqulov ishtirokida tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, hamshiralari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

◾️ Yig‘ilishda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida Bolalarni sog‘lom ovqatlantirish , brakeraj komissiyasi faoliyati, tez buzuluvchi oziq-ovqatlarni hamshiralar tomonidan nazorat qilish, bolalar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tahliliy muhokama qilindi.

◾️Yig'ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlari, mas’uliyat choralari, shuningdek, ta’lim muassasalarida halollik, adolat va ochiqlik tamoyillarini qaror toptirish masalalari muhokama qilindi.

📣 DENOV TUMANIDA TA'LIM MUASSASA RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH OʻTKAZILDI   (https://t.me/denov_mmtb)     ◾️ Viloyat ...
13/05/2026

📣 DENOV TUMANIDA TA'LIM MUASSASA RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH OʻTKAZILDI (https://t.me/denov_mmtb)

◾️ Viloyat prokuraturasi vakillari ishtirokida taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

◾️ Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 1-sonli qarori hamda ta’lim muassasalaridagi bo‘sh yer maydonlarini ijaraga berish orqali qo‘shimcha mablag' topish masalasi muhokama qilindi. Oʻquvchilar davomatini aniq hisobga olish maqsadida maktablarda Face ID tizimini oʻrnatish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

◾️Yig'ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlari, mas’uliyat choralari, shuningdek, ta’lim muassasalarida halollik, adolat va ochiqlik tamoyillarini qaror toptirish masalalari muhokama qilindi.

Address

Denov
190505

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi:

Share