Farg'ona viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi

Farg'ona viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Ushbu sahifada Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan amalga oshiriligan ishlar yoritiladi.

🇺🇿🇲🇾 Farg‘onada Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy gemodializ markazlari tashkil etiladiFarg‘ona viloyati...
01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘onada Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy gemodializ markazlari tashkil etiladi

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida "Orion Consortium Sdn. Bhd" kompaniyasiga qarashli dializ markazi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur kompaniya gemodializ xizmatlari, farmatsevtika hamda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan. Hozirgi k***a “Orion Consortium Sdn Bhd” Malayziyada 40 ta zamonaviy dializ markazini boshqarib kelmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya rahbari Suyub Ahmad bilan Farg‘ona viloyatida tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish, gemodializ xizmatlarini tashkil etish va bu yo‘nalishda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Malayziyadagi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🇺🇿🇲🇾 Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari yanada kengaymoqdaO‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida...
01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari yanada kengaymoqda

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Aero Art Sendirian Berhad”, "Spora Global Sdn Bhd" kompaniyasi boshqaruv direktori Datuk Mohamad Azri Abdul Rahmon hamda Fio Faxmi bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🇺🇿🇲🇾 Farg‘onada yetishtirilgan gilos hamda ilk bor o‘rik va shaftoli Malayziya bozoriga yetkazib berildi Farg‘ona viloya...
01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘onada yetishtirilgan gilos hamda ilk bor o‘rik va shaftoli Malayziya bozoriga yetkazib berildi

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Malayziyadagi xizmat safari doirasida muhim amaliy natija qayd etildi. Viloyatda yetishtirilgan gilos hamda birinchi marta o‘rik, shaftolining ilk eksport partiyasi havo transporti orqali Kuala-Lumpur shahriga yetkazib berildi.

Ushbu eksport tashabbusi Malayziyada mart oyida ochilgan Farg‘ona savdo uyi tomonidan "Quva Agrostar" hamda "KK24" korxonalari hamkorligida amalga oshirildi. Mahsulotlar Malayziya bozorining talablari va sifat standartlariga muvofiq holda tayyorlanib, xalqaro logistika tizimi orqali yetkazildi.

01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Kuala-Lumpur shahrida Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Mohamad bin Sabu hamda qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Malayziyada tahsil olayotgan hamda turli kompaniyalarda faoliyat yuritayo...
01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Malayziyada tahsil olayotgan hamda turli kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda viloyat rahbari bugungi k***a mamlakatimizda yoshlar uchun ta’lim olish, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanish, zamonaviy va raqobatbardosh kasblarni egallash borasida keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. Xususan, davlat tomonidan xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kengayib borayotgani, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona–Malayziya: qishloq xo‘jaligi va eksport yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik faollashmoqdaFarg‘ona viloyati hok...
01/06/2026

🇺🇿🇲🇾 Farg‘ona–Malayziya: qishloq xo‘jaligi va eksport yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik faollashmoqda

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyaga xizmat safari boshlandi. Safar doirasida Kuala-Lumpur shahrida Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Mohamad bin Sabu hamda qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Farg‘ona viloyati “Fitch Ratings” tomonidan «BB-» reyting oldi va O’zbekistonda ikki xalqaro reytingga ega bo‘lgan birin...
08/05/2026

Farg‘ona viloyati “Fitch Ratings” tomonidan «BB-» reyting oldi va O’zbekistonda ikki xalqaro reytingga ega bo‘lgan birinchi hududga aylandi

Joriy yilning 7-may kuni “Fitch Ratings” xalqaro agentligi Farg‘ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingi “BB-“ darajasida, prognozi esa “Barqaror” (Stable Outlook) etib baholangani to‘g‘risida rasman o‘z vebsaytida e’lon qildi.

“Fitch Ratings” xalqaro moliya bozorlarida eng nufuzli hisoblangan
“Katta uchlik” (“Big Three”)ga kiruvchi Amerika-Britaniya reyting agentligi hisoblanadi hamda xalqaro reyting bozorining 95 foizini boshqaradi.

Avvalroq, 2025-yil noyabr oyida “S&P Global” xalqaro reyting agentligi Farg‘ona viloyatining kredit reytingini «B+» darajasidan «BB-» darajasigacha oshirgan bo‘lib, hozirda mamlakatimizda ikki nufuzli xalqaro kredit reytingini olgan yagona hudud bo‘lib turipti. Xalqaro reyting agentliklarining mazkur qarorlari viloyat moliyaviy barqarorligining mustahkamlanayotganini, jumladan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanayotganini aks ettiradi.

Agentlik xulosasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining qarz yukini boshqarish ko‘rsatkichi barqaror darajada saqlanib qolishi kutilmoqda. Xususan, 2030-yilga qadar viloyatning qarzni qoplash koeffitsiyenti xavfsiz diapazonda bo‘lishi prognoz qilingan. Shuningdek, hududning fiskal qarz yuklamasi nisbatan past darajada qolishi, qarzga xizmat ko‘rsatish qobiliyati esa yetarli darajada saqlanishi qayd etildi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati “Fitch Ratings” agentligi tomonidan baholangan O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri, Armaniston poytaxti Yerevan shahri hamda Turkiyaning Konya shaharlari bilan teng darajada (“BB- / Barqaror”) va Turkiyaning Balikesir shahridan (“B+ / Barqaror”) bir pog‘ona yuqori reyting olgani ham e’tiborga loyiqdir.

“Fitch Ratings” Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratib, hudud mamlakatning eng yirik va iqtisodiy faol mintaqalaridan biri ekanini ta’kidladi. Bugungi k***a Farg‘ona viloyati O‘zbekiston aholisining qariyb 11 foizini tashkil etib, iqtisodiyoti jihatidan qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va yengil sanoat tarmoqlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Mazkur xalqaro kredit reytingining berilishi Farg‘ona viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash hamda kelgusida yirik infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, bu baho hududda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, byudjet boshqaruvi va moliyaviy intizom samaradorligining xalqaro moliya institutlari tomonidan e’tirof etilganining yorqin ifodasidir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tashqi makroiqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay, viloyat barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlagan holda investitsiyaviy faollikni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha izchil rivojlanishda davom etmoqda.

Ekspertlar fikricha, Farg‘ona viloyatiga berilgan “BB- / Barqaror” reytingi hududning o‘rta muddatli moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishini anglatib, viloyatning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzi va tan olinishi uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining reytinglar bo‘yicha konsultanti “Finvizier Consultancies” kompaniyasi menejeri Yekaterina Kovrigina 2022-yildan beri viloyatning reyting jarayonini kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Farg‘ona viloyati moliyaviy boshqaruv sifati, investitsion faollik va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli yaxshilanishni namoyon etdi.

“Fitch reytingining berilishi va S&P Global tomonidan reytingning oshirilishi viloyatda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlarni aks ettiradi va ular allaqachon xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ko‘rsatadi”, — deydi Yekaterina Kovrigina.

🇺🇿🇨🇳 Xinjiangning “Jiutianhe Investment Group” kompaniyasi rahbari hamda Henan–Xinjiang Savdo palatasining faxriy prezid...
08/05/2026

🇺🇿🇨🇳 Xinjiangning “Jiutianhe Investment Group” kompaniyasi rahbari hamda Henan–Xinjiang Savdo palatasining faxriy prezidenti Chen Huai Liang bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona viloyatida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar hamda infratuzilma obyektlarini barpo etish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralar davomida viloyatga sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi xorijiy tadbirkorlarni jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🇺🇿🇨🇳 Xitoyning “Xinjiang Jufeng Renhe Agricultural Science and Technology Development” kompaniyasi vakillari bilan o‘tka...
08/05/2026

🇺🇿🇨🇳 Xitoyning “Xinjiang Jufeng Renhe Agricultural Science and Technology Development” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, xususan, tomchilatib sug‘orish tizimlarini Beshariq, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida amalga oshirish bo‘yicha loyihalarga qiziqish bildirildi.

Shu bilan birga, kompaniya tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun zarur bo‘lgan material va jihozlarni Farg‘ona viloyatida mahalliylashtirilgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasi borligini ma’lum qildi.

Address

A. Navoiy Koʻchasi 17-uy
Fergana
150100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998954006030

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Farg'ona viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Farg'ona viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi:

Share