Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi FARG'ONA VILOYAT QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI BOSH BOSHQARMASI

РАСМИЙ МУНОСАБАТТелеграм ижтимоий тармоғи орқали Бағдод туманидаги 47-ДМТТ иситиш тизимидаги муаммолар юзасидан эълон қи...
29/04/2026

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Телеграм ижтимоий тармоғи орқали Бағдод туманидаги 47-ДМТТ иситиш тизимидаги муаммолар юзасидан эълон қилинган танқидий мақола бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз.

Мазкур ҳолат тегишли ташкилотлар — туман Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими, туман ҳокимлиги ҳамда туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими масъул ходимлари томонидан жойига чиққан ҳолда ўрганиб чиқилди.

Ўрганишлар натижасида аниқланган камчиликлар қисқа муддатда бартараф этилди ҳамда иситиш тизими тўлиқ ишчи ҳолатига келтирилди.

Шу билан бирга, келгусида бундай ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида тегишли чора-тадбирлар белгиланди.

📌 RASMIY MUNOSABATFarg‘ona shahar “Mehribonlik” MFY, Shifokorlar ko‘chasi 14-sonli ko‘p kvartirali uy mulkdorlari tomoni...
21/04/2026

📌 RASMIY MUNOSABAT
Farg‘ona shahar “Mehribonlik” MFY, Shifokorlar ko‘chasi 14-sonli ko‘p kvartirali uy mulkdorlari tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan amaldagi boshqaruv servis kompaniyasi — Kirgili Kravs Servis MChJ faoliyatidan norozilik bildirilib, mazkur ko‘p kvartirali uyni boshqa boshqaruv tashkiloti — Bek Asr Servis MChJ tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.
Mazkur masala yuzasidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonuni talablari asosida huquqiy tushuntirish berildi. Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usuli mulkdorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi boshqaruv tashkiloti tomonidan ushbu uyda kirish yo‘laklari, tom qismi, yerto‘la hududidagi muhandislik kommunikatsiyalari hamda elektr sh*tlari joriy ta’mirlangani, jami 45 million 503 ming so‘m mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi.
Fuqarolarga tushuntirilishicha, uy boshqa boshqaruv tashkilotiga o‘tkazilishi uchun amaldagi va yangi boshqaruv organlari o‘rtasida belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu jarayonda texnik hujjatlar, moliyaviy qoldiq mablag‘lar, umumiy foydalanishdagi mulklar kalitlari hamda zarur texnik vositalar topshirilishi talab etiladi.
Agar amaldagi boshqaruv tashkiloti mazkur talablarni bajarmasa yoki topshirish-qabul qilish jarayonidan bosh tortsa, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda sud organlariga murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.

“ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” телеграм ижтимоий мессенжери орқали Марғилон шаҳри, Саховат МФЙ, Бурхониддин Марғилоний кўчаси 76-сонл...
06/04/2026

“ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” телеграм ижтимоий мессенжери орқали Марғилон шаҳри, Саховат МФЙ, Бурхониддин Марғилоний кўчаси 76-сонли кўп квартирали турар-жой биносининг ертўла қисми ичимлик суви билан тўлиб кетганлиги ҳақидаги хабар тарқалган.

Мазкур ҳолат юзасидан Марғилон шаҳар Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими қуйидагиларни маълум қилади.

Ушбу кўп квартирали турар-жой биносига “Мар Обод Зеромах” МЧЖ бошқарув сервис компанияси томонидан хизмат кўрсатилади. 2026 йил 1 апрель куни Бурхониддин Марғилоний кўчаси 76-уйда яшовчи фуқаролар томонидан бошқарув сервис компаниясининг 24/7 диспетчерлик хизматига мурожаат келиб тушган.

Мурожаат асосида бошқарув сервис компанияси ходимлари зудлик билан воқеа жойига етиб бориб, ўрганиш ишларини олиб боришган. Ўрганишлар натижасида аниқланишича, мазкур кўп квартирали уй олди қисмида жойлашган марказий ичимлик суви қувурида авария ҳолати юзага келган бўлиб, унинг оқибатида ертўла қисмига ичимлик сувлари сизиб кирган.

Мазкур авария ҳолати бошқарув сервис компаниясининг ваколат доирасига кирмаслиги сабабли, тегишли тартибда масъул ташкилот — Марғилон шаҳар “Ўзсувтаъминот” АЖга мурожаат қилинган.

Шундан сўнг “Ўзсувтаъминот” АЖ ходимлари зудлик билан авария жойига етиб келиб, носозликни бартараф этишган.

30/01/2026

Расмий муносабат

Ferganamedia.uz таҳририяти томонидан Қўқон шаҳар «Хўқанд обод» МЧЖ Бошқарув сервис компанияси раҳбари Нодиржон Нематов фаолияти юзасидан эълон қилинган танқидий мақола юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.

Мазкур мурожаатни ўрганиш мақсадида, бошқарманинг БСК фаолиятини мувофиқлаштириш бўлими бошлиғи А.Ахмаджонов бошчилигида ишчи гуруҳ ташкилланиб, ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.

Ўрганиш натижалари юзасидан қўшимча ахборот тақдим этилади.

Ахборот хизмати

 🎄Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan...
31/12/2025


🎄Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasining ham munosib hissasi borligi biz va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi.

Butun jamoa quruvchilar, arxitektorlar, loyihachilar, ekspertlar, boshqaruv kompaniyasi, issiqlik va suv ta'minoti xodimlari yangi yilda ham jonajon Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.

Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i,
Bekzod Raximov

31/12/2025
31/12/2025

Фарғона вилоятида 2026 йилда архитектура, шаҳарсозлик ва коммунал хўжалик соҳасида ислоҳотлар изчил давом эттирилади

Сўнгги йилларда Фарғона вилоятида архитектура ва шаҳарсозлик соҳасини тубдан ислоҳ қилиш, аҳоли пунктларини замонавий талаблар асосида ривожлантириш ҳамда коммунал хўжалиги тизимида аҳоли учун қулай яшаш муҳитини яратиш борасида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.

Бугун, 27 декабрь куни, Фарғона вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси ташаббуси билан 2025 йилда амалга оширилган ишлар сарҳисоби ҳамда 2026 йил учун белгиланган устувор вазифаларга бағишланган байрам тадбири ўтказилди.

Тадбирда Бош бошқарма бошлиғи Бекзоджон Раҳимов сўзга чиқиб, йиғилган меҳмонлар, нуронийлар ва меҳнат фахрийларини кириб келаётган 2026 йил билан самимий муборакбод этди.

Узоқ йиллик самарали меҳнати, бой тажрибаси ва соҳани ривожлантиришга қўшган муносиб ҳиссаси учун бир гуруҳ меҳнат фахрийлари ҳамда архитектура, қурилиш ва коммунал хўжалик соҳаларида фаол меҳнат қилаётган ходимлар бошқарманинг ташаккурномалари ва эсдалик совғалари билан тақдирландилар.

Фарғона вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси ахборот хизмати (https://t.me/fjko_uz)

23/12/2025



📢 Agar siz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yoki uning tizimidagi tashkilotlarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida darhol bizga xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning murojaatingiz qonuniylikni ta’minlash va adolatni qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega.

Quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingiz mumkin:

📞Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Ishonch telefoni: +99871-210-11-04 (1066 — ichki raqamni tering)
📲Qisqa ishonch telefoni: 1298
📧 Elektron pochta manzili: [email protected]
📬 Korrupsiyaga qarshi kurashish pochta manzili: [email protected]
✈️Telegram bot:
📞Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

РАСМИЙ МУНОСАБАТТелеграм ижтимоий тармоғи орқали Фарғона шаҳар Мотурудий кўчаси 62-кўп қаватли уйда яшовчилар номидан му...
19/11/2025

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Телеграм ижтимоий тармоғи орқали Фарғона шаҳар Мотурудий кўчаси 62-кўп қаватли уйда яшовчилар номидан мурожаат эълон қилинди.

Мурожаат Фарғона шаҳар қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими томонидан назоартга олиниб, мазкур уйларга хизмат қилувчи Фарводий гранд биллур сервис БСК томонидан мазкур муаммони бартараф этиш чоралари кўрилди.

Farg‘ona va Marg‘ilonda urbanizatsiya jarayonlari jadallashtiriladi📍Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, urbanizatsiya s...
15/11/2025

Farg‘ona va Marg‘ilonda urbanizatsiya jarayonlari jadallashtiriladi

📍Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, urbanizatsiya salohiyatini oshirish va drayver yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona hamda Marg‘ilon shaharlarida zamonaviy master-rejalar ishlab chiqiladi.

💠Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Raximov Xitoylik arxitektorlar va mahalliy hamkorlar bilan amaliy muloqot o‘tkazdi. Muloqotda Xitoylik yetakchi arxitektorlar ishtirokida, mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatish majmualari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlari kabi ob’ektlarni joylashtirishni nazarda tutuvchi master-rejalar tayyorlash, bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli faoliyat turlarini tashkil qilish va infratuzilma loyihalarini master-rejalarga muvofiq tatbiq etish ishlari asosiy vazifa sifatida belgilab berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://t.me/fjko_uz (https://t.me/minstroyuz)

Address

Farg'ona Shahar S. Temur Ko'chasi 111-uy
Fergana

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998732260397

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi:

Share