12/05/2026
📊 Doimiy komissiyada qonun ijrosi muhokama qilindi
🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyat hududidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
📌 Yig‘ilish davomida viloyatda dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi.
✔️ Shuningdek, dehqon xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlash, agrotexnik xizmatlarni yaxshilash, aholining tomorqa va dehqonchilikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Muhokamalar jarayonida ayrim hududlarda mavjud muammo va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.
✔️ Yig‘ilish yakunida qonun ijrosini yanada kuchaytirish, dehqon xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish hamda sohaga oid ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli tavsiya va topshiriqlari berildi.