Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi, Public & Government Service, Фарғона шаҳри, Мустақиллик кўчаси 7-уй, Fergana.

Касб байрамингиз муборак бўлсин! Давлатимиз ва миллатимиз хавфсизлигини таъминлашдаги машаққатли меҳнатингиз таҳсинга са...
25/09/2024

Касб байрамингиз муборак бўлсин!

Давлатимиз ва миллатимиз хавфсизлигини таъминлашдаги машаққатли меҳнатингиз таҳсинга сазовор доимо элимиз ардоғида, оилангиз ва яқинларингиз бахтига доимо соғ-саломат бўлинглар!

Ҳурмат билан,
Аҳаджон Акрамов

02/07/2024
“YOSHLAR DAFTARI” – IMKONIYATLAR DAFTARIMamlakatimiz Prezidentining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar...
29/12/2022

“YOSHLAR DAFTARI” – IMKONIYATLAR DAFTARI

Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 19 martdagi 152-son qarori bilan «mahallabay» ishlash tizimi joriy etildi.

Bu yo‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha mutlaqo yangi — «Temir daftar», ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tizimlari hayotga tatbiq etildi.

Bugungi k***a “Yoshlar daftari” orqali shahardagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarga zarur yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Bugun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 295 nafar yoshlarga mehnat qurollari, asbob-uskunalar, kontrakt to‘lovi, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati, haydovchilik guvohnomasi va boshqa turdagi subsidiyalar uchun to‘lovlar sertifikati topshirildi.

Jumladan,
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning

96 nafariga mehnat qurollari va asbob-uskunalar
80 nafariga to‘lov kontrakt summasining 50 foizigachasini qoplash bo‘yicha subsidiya sertifikati
38 nafariga zamonaviy “Kelajak kasblari”ga o‘qish uchun to‘lov sertifikati
32 nafariga ilm-fan yo‘nalishidagi kurslarda o‘qish uchun to‘lov sertifikati
18 nafariga davolanish uchun subsidiya sertifikati
15 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati to‘lovini to‘liq qoplab berish subsidiyasi sertifikati
12 nafariga haydovchilik kurslarida o‘qish uchun to‘lov subsidiyasi sertifikati
4 nafariga ijara to‘lovlarini to‘lab berish subsidiyasi sertifikatlari topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida shahardagi 27 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi axborot xizmati

Telegram | Facebook |

YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINDIO‘tib borayotgan 2022 yil mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlar bilan ishl...
29/12/2022

YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

O‘tib borayotgan 2022 yil mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlar bilan ishlash tizimida ham sermahsul yillardan biri bo‘ldi.

Bugun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan “Yil sarhisobi”ga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etib, o‘tib borayotgan yil davomida olib borgan fidokorona xizmatlari, erishgan yutuqlari orqali shahrimiz sha’nini yuksakka ko‘tarishga qo‘shgan hissalari uchun shahar faollari va yoshlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘tkazilgan tadbirda shahardagi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda hamda xalqaro maydonlarda o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari va fan olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallab, Respublikamiz miqyosida shahrimiz mavqei yuqori bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faol yoshlar, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tizimli hal etishdagi fidokorona mehnatlari uchun hamkor tashkilotlar va sektor rahbarlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Agentlik shahar bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra,

“Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi”,
“Yilning eng yaxshi professional ta’lim muassasasi”,
“Yilning eng yaxshi maktabi”
“Yil o‘qituvchisi”,
“Yil talabasi”,
“Yilning eng faol hamkor tashkiloti” va boshqa shu kabi nominatsiyalar bo‘yicha eng munosiblar Farg‘ona shahar hokimining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumki, joriy yil davomida Farg‘ona shahri yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, Respublika miqyosida eng yuqori o‘rinlarda TOP-10 talikda yilni yakunlashga erishdi.

Mana shunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va yoshlar muammolarini hal qilishda mavjud sektor rahbarlarining alohida o‘rni bor.
Shu munosabat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev tomonidan imzolangan “Tashakkurnoma”lar shahardagi 4 ta sektor rahbarlariga tantanali ravishda topshirildi.

Farg‘ona shahri yoshlari 2022 yilni ilm-fan, sport, san’at, madaniyat va boshqa barcha sohalarda ulkan yutuqlar bilan muvaffaqiyatli yakunlab, ularning eng munosiblari e’tirof etildi va taqdirlandi.

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi axborot xizmati

Telegram | Facebook |

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA YANGI YIL SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI.✅ Bugun Farg‘ona shahridagi 86-sonli imkonyati chegaral...
26/12/2022

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA YANGI YIL SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI.

✅ Bugun Farg‘ona shahridagi 86-sonli imkonyati chegaralangan o'quvchilar maktabida shahardagi 14- va 17-maktablarning madananiy-ma'rifiy ishlar bo'yicha targ'ibotchilari tomonidan “Yosh ijodkorlar” to'garagi o'quvchilari ishtrokida “Yangi yil archasi” deb nomlangan xayriya bayrami tashkil etildi.

❄️ Bayram tadbirida Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov ishtirok etib, bolajonlarni yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi va ishtirokchilarga Farg‘ona shahar hokimining bayram sovg'alarini topshirdi.

     SHAHRIMIZ YOSHLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI DIQQATIGA‼️Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tom...
19/12/2022



SHAHRIMIZ YOSHLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI DIQQATIGA‼️

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazilayotgan so‘rovnomalarimiz davom etadi.

Eng qizg‘in bahslar hali oldinda....

Avvalgi xabarlarimizda shahardagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’tirof etilgan “Yil talabasi” nomlarini e’lon qildik.

Tanlanganlar orasida tanlangan bo‘lish, munosiblar davrasida eng munosibini tanlash imkoniyati Sizga beriladi.

“Yil talabasi” nominatsiyasiga besh nafar talabaning nomzodi qo‘yiladi.

So‘rovnomaga 2022 yil 19-dekabr kuni soat 18.00 da start beriladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun quydagi havola orqali kanalimizga tashrif buyuring...

https://t.me/Yoshlar_agentligi_Fergana

O‘ZINGIZ MUNOSIB DEB BILGAN TALABAGA OVOZ BERING

Farg'ona shahrida hamda yurtimiz yoshlari hayotidagi yangiliklar aks etgan kanal! https://www.facebook.com/YoshlarishlariagentligiFargonashaharbolimi

   “YIL TALABALARI” BESHLIGI NOMLARINI KUTIB OLING...Farg‘ona shahridagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’tir...
19/12/2022



“YIL TALABALARI” BESHLIGI NOMLARINI KUTIB OLING...

Farg‘ona shahridagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’tirof etilgan “YIL TALABALARI” bilan tanishing.

   🎄YAQIN FURSATLARDA KANALIMIZ ORQALI “YIL TALABALARI” NOMI E’LON QILINADI.❄️Shahardagi oliy ta’lim muassasalari bilan ...
19/12/2022



🎄YAQIN FURSATLARDA KANALIMIZ ORQALI “YIL TALABALARI” NOMI E’LON QILINADI.❄️

Shahardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi talabalari nomi aniqlandi.

“Yil talabasi” nomiga kimlar munosib ko‘rilganligini bizning rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring...

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi axborot xizmati

Telegram | Facebook |

Bugun Farg‘ona shahar, “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Irina Yashinaga gilamlar topshirildiYas...
19/12/2022

Bugun Farg‘ona shahar, “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Irina Yashinaga gilamlar topshirildi

Yashina Irina Alisher qizi 1997 yilda tug‘ilgan. “Mehribonlik” uyida tarbiyalangan bo‘lib, bir nafar farzandi bilan shahardagi Yangi zamon ko‘chasi 15-uy, 55-xonadonda istiqomat qilib keladi.

Irinaga o‘zi istiqomat qilayotgan uy shahar hokimligi tomonidan ajratib berilgan bo‘lib, mazkur xonadonga Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan gilamlar to‘plami taqdim etildi.

Qahramonimiz Irina, mamlakatimizda har bir inson e’tibordan chetda qolmayotganligi sababli yetimlarning boshini silab, ularga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga, qolaversa Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarovga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring....

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi axborot xizmati

Telegram | Facebook |

📣📣📣HURMATLI SHAHRIMIZ YOSHLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI VA ULARNING OTA-ONALARI!!!Yoshlar ishlari agentligi Farg'...
15/12/2022

📣📣📣HURMATLI SHAHRIMIZ YOSHLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI VA ULARNING OTA-ONALARI!!!

Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona shahar bo'limi tomonidan shahardagi davlat oliy ta'lim muassasalarining yoshlar masalasidagi eng faol rektorini aniqlash bo'yicha so'rov o'tkazilmoqda.

O'zingiz eng faol deb hisoblagan oliy ta'lim muassasasiga ovoz berishingiz mumkin.

So‘rovda faol ishtirok eting!!!

So‘rovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali kanalga tashrif buyuring.

https://t.me/Yoshlar_agentligi_Fergana

Har biringizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega!!!

🔴SHOSHILING!!!‼️‼️

Ovoz berish 2022 yil 17-dekabr kuni soat 11:00 da yakunlanadi.

01/12/2022




"Besh tashabbus" olimpiadasining 2-mavsumi Farg'ona shahar bosqichi taqdirlash marosimi OAV nigohida...

29/11/2022

Address

Фарғона шаҳри, Мустақиллик кўчаси 7-уй
Fergana

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share