Guliston tumani hokimligi

Guliston tumani hokimligi Guliston tumani hokimligining facebookdagi rasmiy sahifasi

Kasb — kelajak poydevoriYoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini r...
02/06/2026

Kasb — kelajak poydevori

Yoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika kasbiy mahorat tanloviga start berildi.

Mazkur tanlov Besh tashabbus olimpiadasining “Kasblar tanlovi” yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, uning Guliston tumani bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda yoshlar elektromontaj, yengil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter grafikasi va dizayni hamda modalar texnologiyasi yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

Musobaqa yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. G‘oliblar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.

01/06/2026

Guliston tumanida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

01/06/2026

🌾 Guliston tumanida g'alla o'rimi qizg'in pallaga kirdi

01/06/2026

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Guliston tumanida bolajonlarga bayram tuhfasi: ikkita yangi DMTT foydalanishga topshirildi

“Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” — Guliston tumanida bayram shodiyonalari1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qili...
01/06/2026

“Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” — Guliston tumanida bayram shodiyonalari

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumani markazidagi “Yoshlar bog‘i”da “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram dasturi doirasida bolajonlar uchun konsert chiqishlari, qiziqarli o‘yinlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari hamda turli ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev faxriy nuroniylar bilan birgalikda ishtirok etib, bayram shukuhiga yanada fayz bag‘ishladi.

Tadbir davomida bolajonlarga muzqaymoqlar ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Bayram ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy va zamonaviy raqslar, sport bellashuvlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumanida ...
01/06/2026

Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumanida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida o'tkazilgan bayram konsert dasturidan fotolavhalar

Guliston tumanida bolajonlar bayramida ikkita yangi DMTT foydalanishga topshirildi1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qili...
01/06/2026

Guliston tumanida bolajonlar bayramida ikkita yangi DMTT foydalanishga topshirildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Guliston tumanida bolajonlar uchun unutilmas bayram tuhfasi taqdim etildi. Tumandagi “Soyibobod” mahallasida joylashgan 12-sonli hamda Ahmad Yassaviy mahallasidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qurilgan yangi binolar tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur maskanlarning ochilish marosimida tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladilar.

Ma’lumot o‘rnida, Davlat dasturi doirasida 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 4 milliard 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosini qurish uchun qariyb 5 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Yangi ta’lim maskanlarining Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilishi bolajonlar va ularning ota-onalari uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

📣 E’LONQadrli tumanimiz fuqarolari diqqatiga!1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tum...
30/05/2026

📣 E’LON

Qadrli tumanimiz fuqarolari diqqatiga!

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumanida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida bayram konsert dasturi tashkil etiladi.

📅 Tadbir sanasi: 1-iyun
🕙 Boshlanish vaqti: soat 9:00
📍 Manzil: Tuman markazidagi “Yoshlar bogʻi”

Tadbir davomida:
🎵 Kuy-qo‘shiqlar va konsert dasturlari
🎭 Badiiy chiqishlar
🍦 Bolajonlar uchun bepul “Muzqaymoq party” tashkil etiladi.

Barcha tumanimiz ahlini mazkur bayram tadbiriga taklif etamiz.

28/05/2026

Mehr va e’tibor – bolalar qalbiga yo‘l

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida ezgu ishlar davom etmoqda.

Qarorning 2-bandiga muvofiq, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan ota-onalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida Guliston tumanida 30 nafar bolalarga 200 AQSH dollari miqdoridagi vaucherlar topshirildi.

Address

Sirdaryo Viloyati Guliston Tumani
Gulistan
120300

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Guliston tumani hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share