Guliston tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi

Guliston tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi Guliston tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy sahifasi

31/03/2026

Sirdaryoda “InfoTeach — 2026”: Informatika fani o‘qituvchilari raqamli ta’limda yangi bosqichga chiqdi!

Universitet va maktab o‘rtasida  hamkorlik  integratsiyasini davom ettirish maqsadida Guliston tumani 31-umumiy o‘rta ta...
13/05/2022

Universitet va maktab o‘rtasida hamkorlik integratsiyasini davom ettirish maqsadida Guliston tumani 31-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 9"A"-sinf bitiruvchilarini fizika- matematika fakultetiga va Gul.D.U qoshidagi Shahidlar muzeyiga sayohat uyishtirildi. O‘quvchilarni fizika va matematika fanlari yuzasidan qizziqqan savollariga fizika kafedrasi mudiri Sh. Ashurov va katta o‘qituvchi R. Daminovdan javob olishdi.
Guliston tuman xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

“Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi”2022-yilning 6-may kuni Guliston tumanidagi 31-maktabda O‘zbekiston Resp...
07/05/2022

“Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi”

2022-yilning 6-may kuni Guliston tumanidagi 31-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti va Guliston tumanidagi 31, 9, 25, 28-umuta’lim maktablari bilan hamkorlikda “Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi” mavzusida matematika, fizika va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirni Guliston tumanidagi 31-maktab direktori R.K.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda GulDU Axborot texnologiyalari fakulteti dekani, f-m.f.b.f.d.(PhD), dotsent A.A.Qalandarov seminar tashkilotchilari va ishtirokchilarini tabriklab, nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng seminar uch guruhga bo‘lingan holda davom ettirildi: Fizika fanidan virtual laboratoriyalarni tashkil qilish va bajarish (Sh.Ashirov va R.Daminov), Qiziqarli va mantiqiy matematikadan “Zakovat” intellektual o‘yinlari (D.Turdiboyev va S.Xolboyev), Kibersport (S.Qulmamatov va O‘.Yuldashev).
Sminar yakunida faollar ishtirokchilar esdalik sovg‘lari bilan taqdirlanishdi.
Guliston tuman xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

Bugun, 9-aprel kuni Guliston tumanidagi 31-umumta'lim maktabida tuman umumta'lim maktablaridagi boshlang'ich sinf o'qitu...
09/04/2022

Bugun, 9-aprel kuni Guliston tumanidagi 31-umumta'lim maktabida tuman umumta'lim maktablaridagi boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'rtasida, o'qitish sifati va samaradorligini oshirish, o'qituvchilar orasidan iqtidorli, saloxiyatli o'qituvchilarni saralash maqsadida XTB tomonidan "Zamonaviy o'qituvchi" ko'rik-tanlovi tashkil etildi.Tanlov ishtirokchilarining bilim saloxiyati adolatli, shaffof baxolandi.

Guliston tuman xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

Guliston tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-IDUMda joriy yilning 11 mart sanasida  tumandagi 32 maktabning kimyo, ...
14/03/2022

Guliston tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-IDUMda joriy yilning 11 mart sanasida tumandagi 32 maktabning kimyo, biologiya hamda fizika fanlarining 46 nafar laborantlari bilim-salohiyatlari sinovdan o'tkazildi, laboratoriya mashg'ulotlari va jihozlari haqida tushunchalar berilib, metodik yordam ko'rsatildi. 46 nafardan 9 nafar past natija ko'rsatgan maktab laborantlariga ogohlantirish berildi. Sinov jarayonlari o'quv yili oxirigacha davom etadi.

Guliston tuman xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

Guliston tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 31-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tabiiy fanlarni o'zlashtirishda laborat...
10/03/2022

Guliston tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 31-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tabiiy fanlarni o'zlashtirishda laboratoriya mashg'ulotlarinig o'rni" mavzusida tumandagi barcha maktab laboratoriya mudirlari uchun o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman xalq ta'limi bo'limidan mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Guliston tuman xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra  “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida daraxt ekish bo‘yicha umumta’lim makta...
05/03/2022

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida daraxt ekish bo‘yicha umumta’lim maktablarida “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasi bo‘yicha Metrologiya xizmatining Sirdaryo filiali raxbari va xodimlari bilan birgalikda 31-umumta’lim maktabi hududida ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan ishlarga o‘z hissalarini qo‘shdilar hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishni boshlab yubordilar.

Address

Sirdaryo Viloyati, Guliston Tumani, Dehqonobod Shaharchasi, Sirdaryo Ko‘chasi 98-uy
Gulistan
120300

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998677962498

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Guliston tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Guliston tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi:

Share