Sirdaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha 71-son qarorida belgilangan vazifalarini o’z vaqtida va sifatli tashkil et...
06/04/2022

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha 71-son qarorida belgilangan vazifalarini o’z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan seminar

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi belgilandi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo’lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishga doir ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida viloyat hokimi o’rinbosari A. Xojimatov boshchiligida tegishli tashkilotlar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda quyidagi masalalar bo’yicha atroflicha fikr almashildi.
Ma’muriy reglamentga ko’ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha davlat xizmatlari DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko’rsatiladi.
Bunda ariza to’ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
— ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilganda);
— yer uchastkasini xususiylashtirish to’g’risidagi qaror (ariza beruvchi – yuridik shaxs bo’lsa).
Ariza tuman (shahar) qurilish bo’limi, kadast filiali tomonidan ko’rib chiqilishi uchun “Yerxususiylashtirish” axborot tizimiga yuboriladi.
Kadastr filiali ariza tushgan k***an 5 ish kunida ma’lumotlarni tekshiradi.
Tuman (shahar) qurilish bo’limi 3 ish kunida yer joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to’g’risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko’rib chiqadi.
“Yerxususiylashtirish” axborot tizimida ariza natijalari bo’yicha (kelishilganligi yoki rad etilganligi) xabarnoma shakllantirilib, ariza beruvchiga yuboriladi.
Shunga ko’ra, ariza beruvchi 10 ish kunida yerni sotib olish to’lovini amalga oshiradi.
To’lov o’z vaqtida to’langanda, yerga mulk huquqini beruvchi davlat orderi shakllantiriladi.
Kadastr boshqarmasi order asosida 2 ish kunida yerga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazadi va undan ko’chirmani ariza beruvchiga yoki DXMga yuboradi.
Davlat xizmatlari ko’rsatish uchun BHMning 10 foizi (27 ming so’m) miqdorida yig’im undiriladi.
YaIDXP orqali xizmat ko’rsatilganda yig’im miqdori 24 300 so’mni tashkil etadi.
Yig’imlar va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to’langanligi tasdig’i “Yerxususiylashtirish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yoki bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha Shirin shahri va Boy...
29/03/2022

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yoki bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha Shirin shahri va Boyovut tumanida seminar bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq fuqarolarga (jismoniy) va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yoki bo‘sh turgan yer uchastkalarni xususiylashtirish orkali tadbirkorlik faoliyati, yerlarni ijaraga berish, doimiy foydalanish (egalik qilish), meros qilib qoldirish, umrbod egalik qilish va shahsiy mol-mulklarni xususiylashtirish amalda qo‘llana boshladi.

Shu munosabat bilan Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari J.Shamirzaev, B.Norbaev, Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i K.Shodmonov, Qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari T.Sultonovlar boshchiligida Shirin shahari hamda Boyovut tumani hokimligida qurilish bo’yicha hokim o’rinbosarlari, mahalla raislari hamda mas’ullar ishtirokida seminat bo’lib o’tdi.
Seminarda quyidagi tushuntirishlar tilga olindi.

Mazkur qaror asosida, yer uchastkasi va unda joylashgan davlat mulki ob’ekti (ya’ni bino-inshootlar) bilan birga xususiylashtirilganda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.

Fuqarolar va tashkilotlar egaligidagi yerlarni xususiylashtirish maqsadida arizalar elektron yoki an’anaviy shaklda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali qabul qilinadi hamda arizachi qonun bo‘yicha xususiylashtirish huquqiga egaligi, uning yer uchastkasi xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan yerlar toifasiga kirishi avtomatik tekshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Arizachi tomonidan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi uchun to‘lov qiymati to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan mulk huquqi uchun davlat orderi beriladi.

Jismoniy yoki yuridik shaxs auksion g‘olibi deb e’lon qilingach, auksionda belgilangan summani to‘laganidan keyin uning nomiga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi yoki ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Yana bir e’tiborli jihat shundaki, yerga nisbatan mulk huquqi joriy etilishi sababli, tijorat banklari va notariuslar faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarni o‘zgartirish, ular uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, respublikada noqishloq yerlarni xususiylashtirish va ajratishning shaffof, barcha uchun bir xil tartibning joriy etilishi, yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lardan oqilona foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda davlat tashkilotlari egaligidagi yerlardan oqilona foydalanish va kelishuv jarayonlarini qisqartirish singari imkoniyatlar ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biridir.

28/03/2022
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari uchun maxsus seminar-trening boshlandiBugun Korrupsiyaga qarshi...
28/03/2022

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari uchun maxsus seminar-trening boshlandi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik maxsus seminar-trening o’z ishini boshladi. Unda 220 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etmoqda. Ushbu seminar-trening orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga amaliy yordam berish ko’zda tutilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini amaliyotga tatbiq etish ham e’tibor markazidagi asosiy masala bo’ladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori bekor qilindi“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan...
26/03/2022

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori bekor qilindi

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilingan. Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilangan.

Qoloq qishloq va qoloq mahallalarda olib borilayotgan ishlar Oqoltin tumani “Mustaqillik”, “Yangi hayot” va “Toshkent” m...
11/02/2022

Qoloq qishloq va qoloq mahallalarda olib borilayotgan ishlar Oqoltin tumani “Mustaqillik”, “Yangi hayot” va “Toshkent” mahallalari misolida

Oqoltin tumani “Mustaqillik”, “Yangi hayot” va “Toshkent” mahallalari hududlarida joylashgan mavjud ko’p qavatli uy-joylarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ko’p qavatli uy-joylar yon atroflarida fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda. Ko’p qavatli uy-joylar yon atroflari har xil turdagi va ko’p yillardan beri yig’ilib qolgan chiqindilardan tozalanmoqda. Tuman elektr ta’minoti tomonidan qoloq qishloq qoloq mahallalarda loyihalashtirilgan ko’chalardagi mavjud simyog’ochlar va eskirgan elektr tarmoqlari yangi sim provodlarga almashtirilmoqda.

Tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qoloq qishloq va qoloq mahallalardagi loyihalashtirilgan ko’chalarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahallardagi qarovsiz qoldirilgan yerlarni tozalash hamda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan ogohlantirish xatlari tarqatilgan. Ushbu ogohlantirish xatlari asosida noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda.

Har bir mahallaning boshlang’ich bosh rejasi ishlab chiqilgan, mahallalardagi zarurati bo’lgan hududlarga Infratuzilma hamda ijtimoiy soha obyektlari joylashtirilgan. Bundan tashqari aholining o’sish darajalari hisobga olinib yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun yer maydonlari tanlangan.

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sirdaryo viloyatidagi muammoli mahallalarni o‘rganmoqdaMamlakatimizdagi 9 ming ...
04/02/2022

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sirdaryo viloyatidagi muammoli mahallalarni o‘rganmoqda

Mamlakatimizdagi 9 ming 309 ta mahalladan 763 tasida sport obyekti, 6 mingdan ortig‘ida kutubxona yo‘q. Shuningdek, 10 ming 130 ta maktabdan 2 mingdan ziyodida sport zali, 22 tasida esa kutubxona majud emas. mamlakatimiz hududlaridagi 1 071 ta mahallada aholi bilan ishlash, ijtimoiy iqtisodiy masalalarni hal etish yuzasidan ko‘plab muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu mahallalarning 592 tasi tuman markazidan 30 kmgacha uzoqlikda, 120 tasi esa olis va chekka hududlarda joylashgan. 78 ta mahalla yerlari chegara atrofidagi hududlarga to‘g‘ri keladi. Bu yerlarda ichimlik suvi, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha obyektlari, elektr va gaz taʼminoti kabi masalalar hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. Joriy yildan ushbu muammolar yechimiga qatʼiy kirishiladi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’r...
14/01/2022

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Bunda reyting baholash quyidagi 5 ta yo’nalish bo’yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:

– davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;
– korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo’yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
– davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko’rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
– xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholash tizimi 2022-yil 1-fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o’z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022-yil 1-iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Reyting baholash «E-Anticor.uz» elektron platformasi orqali tashkil etiladi.

‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar oldidagi bo‘sh turgan yerlar obodonlashtirish sharti bilan aholiga doimiy foydalanish uc...
06/01/2022

‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar oldidagi bo‘sh turgan yerlar obodonlashtirish sharti bilan aholiga doimiy foydalanish uchun ajratiladi

2021-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qarorda 2022-yil 1-martdan boshlab davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:

yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;
yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;
bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash.
Shu bilan birga, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali obyektlarni o‘rnatish va qurish taqiqlanadi.

Yer uchastkalarini ajratib berish viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilgan. Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida belgilangan shart va majburiyatlar bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan bo‘linmalari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2023-yil 1-yanvarga qadar shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda bo‘sh turgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilishi topshirilgan. Keyinchalik ular doimiy ravishda shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilib borilishini ta’minlaydi.

Xovos tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarga Prezident sovg’alari va tabriklari yetkazildiPrezidentimiz tomonidan ijtim...
28/12/2021

Xovos tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarga Prezident sovg’alari va tabriklari yetkazildi

Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida keng ko’lamli islohotlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Bu kabi islohotlarning yana bir yaqqol misoli sifatida Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-56-sonli Qaroriga asosan “Temir daftar” ro’yxatida bo’lgan, 18 yoshga to’lmagan farzandlari bor boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so’m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko’rsatilishi belgilangan. Qurilish bosh boshqarmasi jamoasi ushbu oilalarga Prezident tabrigi, bayram sovg’alari hamda bir martalik moddiy yordam pulini topshirishdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan ishlar davom etmoqdaJoriy yilning 2-noyabr kuni dav...
23/12/2021

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan ishlar davom etmoqda

Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib, unda 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo’yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingandi. Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko’chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Qurilish bosh boshqarma, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK xodimlari bugun Yangiyer shahridagi “Z.M.Bobur” mahallasi Paxtakor ko’chasida ko’chat ekish tadbiriga jam bo’lishdi. Soha vakillari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o’z faolliklarini namoyish qildilar. “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi doirasida daraxt ekish ishlari an’anaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan. Daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi. Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi k***a dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda. Amaliy ishlar vaqti keldi! Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham ushbu tadbirga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing! Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan faol fuqarolar o‘zi bilan ko‘chat olib kelishi mumkin.

Qurilish materiallari sanoati sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha seminar-ko’rgazma bo’lib o’tdiO’zbekiston Respubli...
23/12/2021

Qurilish materiallari sanoati sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha seminar-ko’rgazma bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6244-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan qurilish materiallari sanoati sohasini yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, buyurtmachi va loyihalashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlari o’rtasida tajribalar almashish maqsadida 2021-yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi hududlarida qurilish materiallari namoyishi bo’yicha seminar-ko’rgazmalar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan grafikga muvofiq, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi viloyat qurilish bosh boshqarmasi binosida seminar-ko’rgazma bo’lib o’tdi. Mazkur seminar-ko’rgazmani samarali tashkil etish maqsadida o’z mahsulotlarini namoyish qilishlari uchun viloyatdagi salohiyatli mahalliy qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va korxonalar jalb qilindi. Bundan tashqari viloyatdagi buyurtmachi kompaniyalar, salohiyatli qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlari ishtiroki ta’minlandi.

Address

Xondamir 7
Guliston
120100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sirdaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Sirdaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi:

Share