Guliston shahar hokimligi

Guliston shahar hokimligi Islom Karimov ko'chasi 35-uy.
120100 Guliston shahri

(67) 225-42-13, (67) 225-40-40

29/05/2026

Muborak qurbon hayiti yurtimizda keng nishonlandi

Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ...
27/05/2026

Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-maydagi «Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-196-sonli qaroriga asosan Guliston shahrida keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur qarorga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turgan davlat ta’minotidagi oilalarga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan 835 nafar shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

«DXX kubogi» sport musobaqalarining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandiGuliston shahrida «Davlat xavfsizlik xizmati kub...
26/05/2026

«DXX kubogi» sport musobaqalarining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Guliston shahrida «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» uchun futbol hamda mini futbol musobaqalarining shahar bosqichi o'tkazildi.

➡️ Yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi. Mini futbol (qizlar):

🥇 1-o‘rin — «Taraqqiyot» MFY;
🥈 2-o‘rin — «Sohil» MFY;
🥉 3-o‘rin — «Ulug'obod» MFY.

➡️ Mini futbol (yigitlar):

🥇 1-o‘rin — «Do'stlik» MFY;
🥈 2-o‘rin — «Bo'ston» MFY;
🥉 3-o‘rin — «Navbahor» MFY.

➡️ Futbol:

🥇 1-o‘rin — «Navbahor» MFY;
🥈 2-o‘rin — «Do'stlik» MFY;
🥉 3-o‘rin — «Obod yurt» MFY.

«DXX kubogi» sport musobaqalarining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
26/05/2026

«DXX kubogi» sport musobaqalarining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Guliston shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand oila...
26/05/2026

Guliston shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand oilalar, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida 835 nafar fuqaroga bayram oldidan mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ularning holidan xabar olinmoqda.

Guliston shahri hokimi va uning o'rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish ...
26/05/2026

Guliston shahri hokimi va uning o'rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish reja jadvali

Futbol bo‘yicha «DXX kubogi» musobaqasining Guliston shahri final bosqichi g‘olibi aniqlandiMamlakatimizda yoshlarni har...
25/05/2026

Futbol bo‘yicha «DXX kubogi» musobaqasining Guliston shahri final bosqichi g‘olibi aniqlandi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi»ning Guliston shahri bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shiddatli va keskin lahzalarga boy o‘tgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra:

▪️1-o‘rinni - Navbahor mahallasi;
▪️2-o‘rinni - Do‘stlik mahallasi;
▪️3-o‘rinni - Obod yurt mahallasi jamoasi egalladi.

Guliston shahri umumta'lim maktablarida jami 9-sinflarni 2015 nafar, 11-sinflarni 1732 nafar o‘quvchi bitirdi. Shundan, ...
25/05/2026

Guliston shahri umumta'lim maktablarida jami 9-sinflarni 2015 nafar, 11-sinflarni 1732 nafar o‘quvchi bitirdi. Shundan, 27 nafari oltin, 2 nafari kumush medali va a'lo baholar bilan tamomladi.

Bitiruvchilarning 610 nafari milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lgan bo‘lsa, 15 nafari muddatidan oldin xorijiy oliygohlarga o'qishga kirdi.

🔔Guliston shahridagi umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazildiBugun 25-may kuni respublikamizning...
25/05/2026

🔔Guliston shahridagi umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazildi

Bugun 25-may kuni respublikamizning barcha umumtaʼlim maktablarida «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlari boʻlib oʻtdi. Guliston shahrida joylashgan 11-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda shahar hokimi Farrux O'ktamjonov ishtirok etib, bitiruvchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini oʻqib esh*ttirdi .

Tadbir davomida 2025-2026-oʻquv yilida eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan o‘qituvchi va oʻquvchilarga faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar topshirildi. Oʻquvchilar tomonidan kuy-qoʻshiqlar va badiiy sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

❗️ Guliston shahri Favqulodda vaziyatlar boʻlimi maktablarda «Soʻnggi qoʻngʻiroq» bayram tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish ...
24/05/2026

❗️

Guliston shahri Favqulodda vaziyatlar boʻlimi maktablarda «Soʻnggi qoʻngʻiroq» bayram tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish maqsadida, yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan havo sharlaridan va maktablar hududida maishiy gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanishi to‘g‘risida ogohlantiradi!

Address

Islom Karimov Ko'chasi 35-uy
Guliston
120100

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Guliston shahar hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share