Yuksalish harakati Qashqadaryo viloyati bo'linmasi

Yuksalish harakati Qashqadaryo viloyati bo'linmasi Давлат дастурлари бажарилишининг тизимли мониторингини амалга ошириш

Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi keng ni...
09/05/2024

Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi keng nishonlanmoqda.

Ushbu qutlug‘ kun arafasida urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Jang maydonlaridan omon qaytib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, Qashqadaryo viloyatidagi 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bugungi k***a ezgu duolari bilan e’zozu ehtiromda umrguzaronlik qilib kelishmoqda.

https://t.me/uzb_yuksalish_qashqadaryo/166

02/05/2024



BMTning AKT sohasidagi ixtisoslashgan tashkiloti tomonidan har yili aprel oyining to'rtinchi payshanbasini IT sohasidagi ayollar kuni sifatida nishonlash tashabbusi ilgari surilgan.

Biz ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Vatandoshlar hayotidan” loyihasi doirasida xorijda yashab, IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Qashqadaryolik Madina Berdiyeva bilan suhbatlashdik.

Madina Berdiyeva Niderlandiyada dunyodagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri SHELL kompaniyasida IT arxitektor bo'lib ishlaydi. U bu sohada 10 yildan ziyod tajribaga ega.

  Qashqadaryoliklar peshqadam2024-yil tashabbusli budjet loyihasi 1-mavsumida Yakkabog‘ tumani “Qo‘shchinor” mahallasi 1...
07/04/2024



Qashqadaryoliklar peshqadam

2024-yil tashabbusli budjet loyihasi 1-mavsumida Yakkabog‘ tumani “Qo‘shchinor” mahallasi 14918 ta ovoz bilan respublikada birinchi bo‘ldi. Shuningdek, respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng ko‘p ovoz to‘plangan hudud Qashqadaryo. Jami 1 562,3 mingta (44 foiz) ovoz to‘plandi.

Qashqadaryo viloyatiga 1-mavsumda 253 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi, 2188 ta loyihalar saralab olindi, 152 ta mahalla bo‘yicha 183 ta loyiha g‘olib bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati miqyosida tashabbusli budjetga doir asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishing.

“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘linmasi

Sel kelish xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish lozim?Ma’lumki, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlari sel keli...
25/03/2024

Sel kelish xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish lozim?

Ma’lumki, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlari sel kelishi xavfi yuqori bo‘lgan hududlardan hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, “Yuksalish” harakati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi soha ekspertlarini jalb etgan holda sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi.

❗️Sel xavfi mavjud hududlarda yashovchi fuqarolardan ushbu tavsiyalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘linmasi

08/03/2024

“Yuksalish” harakatining Qashqadaryo bo‘linmasi viloyatning boshqaruvdagi rahbar ayollari TOP-20 reytingini e’lon qilmoqda.

Reytingni shakllantirishda 100 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi.

Reytingga kiritilgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, hokimlikda - 3 nafar, idoralar va markazlarda – 9 nafar, ta’lim sohasida – 3 nafar, huquq-tartibot organlarida – 2 nafar hamda moliya, jurnalistika, tibbiyot sohalarida – 1 nafardan.

Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boshlab, kelajagini davlat boshqaruvida ko‘rayotgan yoshlar uchun namunadir.

 Qashqadaryo viloyatida yashovchi turli millatlar tarkibi to‘g‘risida quyidagi infografikada tanishing.
06/02/2024



Qashqadaryo viloyatida yashovchi turli millatlar tarkibi to‘g‘risida quyidagi infografikada tanishing.

02/02/2024



Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati jamoatchilik monitoringi tartibida o‘rganildi.

https://t.me/uzb_yuksalish_qashqadaryo/134

30/01/2024

📣E'lon

Bugun global axborot makonida Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid tarixiy va siyosiy ahamiyatli faktlar buzib koʻrsatilayotganiga, turli yolg'on axborotlar tez-tez tarqatilayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz.

Tobora avj olayotgan axborot xurujlariga munosib javob berish, axborot suverenitetini ta'minlash va sifatli tahliliy axborotlar oqimini ko'paytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida “Yuksalish” harakati

“O'ZBEKISTONNING AXBOROT MAKONI: DOLZARB MASALALAR VA ULARNING YECHIMLARI" mavzusida jamoatchilik muhokamasini o'tkazadi.

Muhokama tadbirida tegishli davlat idoralari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, OAV vakillari hamda milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.

📍Vaqti va joyi:
2024-yil 30-yanvar, soat 15:00. Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi 1-uy, “NNTlar uyi” 0-qavat

⬆️ Ushbu tadbir AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etiladi.
__________________________

📣Объявление

Сегодня мы становимся свидетелями того, как страны Центральной Азии часто сталкиваются с искажением исторически и политически важных фактов, а также наблюдаются различные виды дезинформации в информационном пространстве.

В целях конструктивного реагирования на возрастающие информационные атаки, а также разработки предложений и рекомендаций по вопросам обеспечения информационного суверенитета и увеличения потока качественной аналитической информации Движением «Юксалиш» планируется проведение общественного обсуждения на тему:

«ИНФОРМАЦИОННОЕ ПРОСТРАНСТВО УЗБЕКИСТАНА: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ».

В мероприятии примут участие представители соответствующих государственных органов и ведомств, институтов гражданского общества, СМИ, а также национальные и зарубежные эксперты.

📍Время и место:
30 января 2024 г., 15:00. Город Ташкент, улица Фурката 1, «Дом ННО» 0-й этаж.

⬆️ Данное мероприятие организуется при поддержке Фонда Евразия в рамках программы «Социальные инновации в Центральной Азии», финансируемой Агентством США по международному развитию (USAID).

Address

Karshi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yuksalish harakati Qashqadaryo viloyati bo'linmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Yuksalish harakati Qashqadaryo viloyati bo'linmasi:

Share