Kattaqo'rg'on Dehqon Bozori

Kattaqo'rg'on Dehqon Bozori Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Kattaqo'rg'on Dehqon Bozori, Public & Government Service, Kattakurgan.

BOZOR QOIDALARIGA RIOYA QILAYLIK."Kattaqo'rg'on tonggi" gazetasida o'qing.
28/06/2021

BOZOR QOIDALARIGA RIOYA QILAYLIK.
"Kattaqo'rg'on tonggi" gazetasida o'qing.

Biz giyohvandlikka qarshimiz
12/06/2021

Biz giyohvandlikka qarshimiz

9 may ­– Xotira va qadrlash kuniAyovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon bo'lgan ajdodlarimizning xotirasini abadiyla...
09/05/2021

9 may ­– Xotira va qadrlash kuni

Ayovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon bo'lgan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularga g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatish insoniy burchimizdir.
Bayram munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan barchani, ularning farzandlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan tabriklaymiz! Barchaga mustahkam sog'lik, ko'tarinki kayfiyat va va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

"Dehqon" MChJ

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod...
05/05/2021

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi.
Kattaqo’rg’on shahar hokimi va Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan Kattaqo’rg’on shahrida 1941-1945 yillarda ikkinchi jahon urushi davrida, front ortida mehnat qilgan fuqarolarni 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ziyorat qilish va tabriklash ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday xayrli ishlardan biri bugun, 5-may kuni “Dehqon” MChJ raisi I.Ilyasov boshchiligida “O’rikzor” mahallasi Binokor ko’chasi 18-uyda yashovchi 1928-yilda tug’ilgan Xudaynazarova Bo’ston ayaning xonadonida bo`lib, holidan xabar olindi.
I. Ilyasov Bo’ston ayani “Xotira va qadrlash” kuni bilan shahar hokimi va bozor ma’muriyati nomidan tabriklab sovg’a-salomlarni taqdim etdi. Bo’ston aya bunday e`tibordan xursandligini bildirdi va mehmonlarni duo qildilar.

✍🏿АРЗОНЛАШТИРИЛГАН ЁҒ МАҲСУЛОТЛАРИ ЯРМАРКАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИАйни кунларда шаҳар ҳокимлиги томонидан шаҳримизда аҳолига қул...
04/05/2021

✍🏿АРЗОНЛАШТИРИЛГАН ЁҒ МАҲСУЛОТЛАРИ ЯРМАРКАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
Айни кунларда шаҳар ҳокимлиги томонидан шаҳримизда аҳолига қулайлик яратиш, озиқ-овқат маҳсулотларига бўлган эҳтиёжларини қондириш ва нарх-наво барқарорлигини таъминлаш мақсадида бир қатор чора-тадбирлар амалга оширилмоқда.
Жумладан, бугун шаҳримиздаги “Деҳқон” МЧЖ бозорида шаҳар ҳокимлиги ва “Каттақўрғон ёғ-мой” АЖ ҳамкорлигида арзонлаштирилган ёғ маҳсулотлари ярмаркаси ташкил этилди.
Шунингдек, фуқаролар ярмаркадан гўшт ва бошқа маҳсулотларини ҳам арзонлаштирилган нархларда харид қилдилар.
Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати

“Dehqon” MCHJ ishchi xodimlarining joriy yilning 1-choragi (3 oyi) yakunlari bo’yicha navbatdan tashqari umumiy yig’ilis...
05/04/2021

“Dehqon” MCHJ ishchi xodimlarining joriy yilning 1-choragi (3 oyi) yakunlari bo’yicha navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi bo'lib o'tdi

✅ Yig’ilish kun tartibida ko'pgina masalalar ko’rib chiqilldi.
Jumladan, 2021 yilning 1-choragida bajarilgan ishlar sarhisobi, ishchi xodimlar o’rtasida ichki mehnat qoidalari, tartib intizom va dehqon bozorida sanitariya holati hamda Kattaqo’rg’on shahr “Dehqon” MCHJ kuzatuv kengashi tomonidan 2021-yil 30-mart kuni tasdiqlangan jamiyatning yangi tashkil etilgan jadvaliga asosan shtab birliklarini qisqartirish masalalari ko’rildi .
📊Jamiyatning moliyaviy holati yuzasidan jamiyat bosh hisobchisi P.Sharapovning hisoboti tinglandi.
📈Yangi tashkil etilgan shtablar jadvali yuzasidan bo’lgan o’zgarishlar, qisqartirilgan shtab birliklari bo’yicha jamiyat raisi I.Ilyasov va jamiyat tashkiliy ishlar guruhi rahbari B.Fayzullaevlarning fikr mulohazalari tinglandi.
Majlis davomida savol-javoblar va bajariladigan ishlar borasida fikr almashinildi.

Kattaqo'rg'on shahar "Dehqon" MCHJning Qoradaryo ko'chasidagi filiali✅ Manzil: Kattaqo'rg'on shahri, Qoradaryo ko'chasi❗...
02/04/2021

Kattaqo'rg'on shahar "Dehqon" MCHJning Qoradaryo ko'chasidagi filiali

✅ Manzil: Kattaqo'rg'on shahri, Qoradaryo ko'chasi
❗️Direktor: Ilyasov Isom Po'latovich
☎️ Tel: +998 (90) 176-42-39
✅ Kattaqo'rg'on shahr hokimligining 2003-yil 31-yanvardagi 157-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
✅ Ish rejimi: Chorshanba, Juma va Yakshanba kunlari soat 07-00 dan 16-00 gacha Tozalik (sanitar) kuni: Dushanba, Seshanba, Payshanba va shanba kunlari.
✅ Tashkiliy huquqiy shakli:
Ma'suliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)
✅ Umumiy yer maydoni: 31984.56 kv.m
✅ Savdo ayvonlari yer maydoni: 5904 kv.m
✅ Bozor rastalaridagi savdo joylari soni: 1189 ta

Address

Kattakurgan

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kattaqo'rg'on Dehqon Bozori posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share