Toshkent tumani hokimligi - Хокимият Ташкентского района

  • Home
  • Uzbekistan
  • Keles
  • Toshkent tumani hokimligi - Хокимият Ташкентского района

Toshkent tumani hokimligi - Хокимият Ташкентского района Ушбу саҳифа Тошкент тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.

 Toshkent tumani hududidagi ayrim yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanadiHurmatli haydovchilar va tumanimiz aholisi...
26/05/2026



Toshkent tumani hududidagi ayrim yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi

Hurmatli haydovchilar va tumanimiz aholisi!

Respublikamizda Hayit bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi jarayonida fuqarolar o‘rtasida jamoat tartibini saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan. Toshkent tumani IIB YHXBning 2026-yil 18-maydagi 25/442-sonli xatiga asosan, joriy yilning 27-may kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar tumandagi ayrim avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

🟢Keles yo‘li ko‘chasi (D004 yo‘li): Tumanga kirish joyidan boshlab, Qizg‘aldoq mahallasi Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi (0-kmdan 1-kmgacha);
🟢Yuqori Ko‘kterak ko‘chasi (D004 A yo‘li): Ko‘kterak bozori boshlanishidagi ko‘prikdan bozorning oxirigacha bo‘lgan qismi (2-km);
🟢 Bobur ko‘chasi (D004 yo‘li): E’zoz mahallasi oldidan Zaxariq mahallasigacha bo‘lgan qismi (7-8-kmlari);
🟢 Shifobaxsh suvlar ko‘chasi (D003 yo‘li): Ko‘ksaroy chorrahasidan Oltintepa chorrahasigacha bo‘lgan hudud (2-kmga qadar);
🟢Karvon ko‘chasi (Ayriyota MFY): Mazkur ko‘chadagi masjidlar va chorrahalar bilan kesishgan barcha ko‘chalar.

Toshkent tumani hokimligi barcha harakat qatnashchilaridan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish hamda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida ushbu vaqt oralig‘ida vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qoladi. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun tuman aholisi va haydovchilardan uzr so‘raymiz.

 Toshkent tumani Xalq qabulxonasi binosida o’tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvaliAholi murojaatlarini hal etishda yangi...
26/05/2026



Toshkent tumani Xalq qabulxonasi binosida o’tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Toshkent tumani hokimi va tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada tuman Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

06/05/2026
 📢 DIQQAT, E’LON!✅ Kelajagingiz sari muhim qadamni biz bilan tashlang!📍 Navbatdagi manzilimiz — Toshkent viloyatida yang...
01/05/2026



📢 DIQQAT, E’LON!

✅ Kelajagingiz sari muhim qadamni biz bilan tashlang!

📍 Navbatdagi manzilimiz — Toshkent viloyatida yangidan tashkil etilayotgan Toshkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi. Maktab Toshkent tumani, Nurhayot mahallasi, Bobur ko‘chasi, 3-uyda joylashgan.

Mazkur zamonaviy ta’lim maskani 336 o‘rinli bo‘lib, o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab ilg‘or texnologiyalar asosida jihozlangan o‘quv va laboratoriya xonalari bilan ta’minlangan.

⏺ Bu yerda faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagoglar — o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus tanlov asosida saralab olingan.

⏺ Qabul tartibi:
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga har bir sinf uchun 48 nafardan (2 ta sinf) o‘quvchi kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi.

⏺ Bu maktab — bilimga chanqoq, katta maqsadlar sari intilayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

⏺ Agar siz sifatli ta’lim, zamonaviy muhit va kuchli ustozlar bilan bilim olishni istasangiz — biz sizni kutamiz!

 Toshkent tumani yosh karatechilari Bekobod arenalarida mutloq ustunlikka erishdilarBekobod shahrining sport maydonlarid...
21/04/2026



Toshkent tumani yosh karatechilari Bekobod arenalarida mutloq ustunlikka erishdilar

Bekobod shahrining sport maydonlarida shiddatli bahslarga boy bo‘lgan Karate-WKF bo‘yicha “Humo karate ochiq” birinchiligi yakunlandi. Joriy yilning 19-aprel kuni o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada respublikamizning turli go‘shalaridan kelgan 700 nafardan ortiq mahoratli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. 6 ta tatamida bir vaqtning o‘zida kechgan murosasiz janglar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, sportning ushbu turi naqadar ommalashganini yana bir bor isbotladi.

Toshkent tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ushbu turnirda chinakam matonat va yuksak tayyorgarlik namunasini ko‘rsatdilar. Har bir harakatida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq sezilib turgan yosh sportchilarimiz kuchli raqobat muhitida ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadilar. Murabbiylar Dilshod Yusupov va Azizbek Islobekovlarning uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari samarasini bugun har bir shogirdining dadil qadamlari va aniq zarbalarida yaqqol ko‘rish mumkin edi.

Musobaqa yakunlari tumanimiz sporti tarixida oltin sahifalar ochdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yosh karatechilarimiz jami 45 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida peshqadamlar qatoridan joy oldilar. Sportchilarimizning 19 tasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, oltin medallarga🥇 sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, 11 ta kumush🥈 va 15 ta bronza🥉 medallari jamoamiz g‘alabasini yanada salmoqli qildi. Bu natija tumanimizda sportga bo‘lgan e’tiborning yuksakligidan dalolatdir.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat sportchilar va murabbiylarning, balki butun Toshkent tumani ahlini quvontirdi. Yoshlarimizning xalqaro va respublika miqyosidagi arenalarda ko‘rsatayotgan bu kabi natijalari kelgusida Jahon va Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradigan chempionlar yetishib chiqayotganidan nishonadir. G‘oliblik muborak bo‘lsin, aziz sportsevarlar!

09/04/2026



Vazir va hokim yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent tumanida o‘tkazilgan uchrashuv yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yorqin ifodasiga aylandi. Bu kun nafaqat bayram, balki yoshlarning fikri tinglanadigan, orzu va maqsadlari qo‘llab-quvvatlanadigan muhim muloqot maydoniga aylandi. Tadbir davomida yoshlarda katta ruhiy ko‘tarinkilik, ertangi kunga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda Toshkent tumani hokimi Sardor Ergashev yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat qurdi. Tumanidagi 5-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, dolzarb takliflar bilan faol ishtirok etib, jamiyat hayotidagi o‘z o‘rnini chuqur his etayotganini namoyon qildilar.

Samimiy va ochiq ruhda kechgan suhbat davomida har bir fikr e’tibor bilan tinglandi. Ayniqsa, dolzarb savol va tashabbuslari bilan ajralib turgan yoshlarning faolligi alohida e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida ana shunday tashabbuskor yoshlarga rag‘bat sifatida zamonaviy texnologiyalar — noutbuk va planshetlar sovg‘a qilinishi ularning bilim olish va izlanish yo‘lidagi ishonchini yanada mustahkamladi.

Prezident topshirig‘iga asosan tashkil etilgan Yoshlar kuni tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda, mazmunli va unutilmas taassurotlar bilan o‘tdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ovozini esh*tish va kelajak sari dadil qadam tashlashlariga mustahkam zamin yaratadi.

07/04/2026



Sayyor qabul — muammolar yechimiga yaqin yo‘l

Toshkent tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul yana bir bor xalq bilan ochiq muloqotning amaliy ifodasiga aylandi. Xalq qabulxonasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda o‘nga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bilan bevosita tuman hokimiga murojaat qildilar. Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot har bir murojaat ortida inson taqdiri va umidi borligini yana bir bor namoyon etdi.

Sayyor qabul davomida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, muammolarning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy yordam va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar ustuvorlik qildi. Har bir murojaat joyida o‘rganilib, ayrimlari shu zahotiyoq ijobiy hal etildi.

Uchrashuvda tuman prokurori v.v.b. M. Shukrullayev, IIB boshlig‘i A. Mullajanov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abduvaliyev hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Bu esa fuqarolarning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish va tezkor choralar belgilash imkonini yaratdi. Mutasaddilarning bevosita ishtiroki sayyor qabul samaradorligini yanada oshirdi.

Bunday sayyor qabullar aholining dardini esh*tish, muammolarni joyida hal etish va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng asosiysi, fuqarolar o‘z murojaatlari e’tiborsiz qolmayotganini his etib, ertangi kunga yanada katta ishonch bilan qaramoqda.

Address

Toshkent Viloyati, Toshkent Tumani, Keles Shahri, Keles Yoʻli Koʻchasi 8-uy
Keles
111100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712035522

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent tumani hokimligi - Хокимият Ташкентского района posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Toshkent tumani hokimligi - Хокимият Ташкентского района:

Share