Qo'qon shahar axborot-kutubxona markazi

Qo'qon shahar axborot-kutubxona markazi library

📒📘📕TAVSIYA  ETAMIZ. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush". Odamlarning yomonliklari, ona tabiatga, hayvonlarga, jamiy...
23/06/2023

📒📘📕TAVSIYA ETAMIZ.

Anni Shmidt.

"Mushuklar malikasi Minush".

Odamlarning yomonliklari, ona tabiatga, hayvonlarga, jamiyatga ziyon yetkazishi haqida ertaklar, qissalar juda ko‘p. Lekin hayvonning odamga aylanib, atrofdagilarga yaxshilik ulashishi, xuddi odamdek umr kechirishi ham qiziq, ham hayratlanarli. Kichkina shaharchadagi dongdor gazeta muhbiri, oqko‘ngil, mehribon Tibbe va uning insonga aylanib qolgan do‘sti, kotibasi Minush haqidagi ushbu qissa bir-biridan qiziq, g‘aroyib, ajabtovur voqealarga boy. "Mushuklar matbuot xizmati", uylar tomidagi "Kontsert kechasi", Minushning tomma-tom sakrab, xo‘jayini uchun do‘st-dugona mushuklardan ma'lumot to‘plashi va shu orqali ayrim kimsalarning yovuzligini fosh etishganini bilish rosa qiziq-a? Mushukoy Minushning boshidan kechirganlari, odamga aylanganidan keyingi hayot sizni sinchkovlikka, to‘g‘riso‘zlikka, adolat uchun kurashishga undasa ajabmas.

📘📒📕TAVSIYA  ETAMIZ. Artur Konan Doyl." Baskervillar iti" (qissalar va hikoyalar) Bosh qahramoni izkuvar Sherlok Xolms bo...
23/06/2023

📘📒📕TAVSIYA ETAMIZ.

Artur Konan Doyl.

" Baskervillar iti"
(qissalar va hikoyalar)

Bosh qahramoni izkuvar Sherlok Xolms bo‘lgan detektiv janrdagi «To‘rtlar belgisi», «Baskervillar iti». «Dahshatlar vodiysi» sarguzasht qissalari va «Sherlok Xolms sarguzashtlari» , «Sherzo Xolms haqida xotiralar» hikoyalar to‘plamlari deyarli butun jahon tillariga tarjima qilingan.
To‘plamda yozuvchining mashhur izquvar Sherlok Xolmsga bag‘ishlangan eng sara ikki qissasi va Konan Doylning o‘zi eng yaxshi asarlaridan 3-raqamlisi deb atagan «Raqqos odamchalar» asari, shuningdek, boshqa sara hikoyalari tanlab olingan.

  kitoblarKitob seni hali sen kõrmagan dunyoga olib boradi,sen esh*tmagan sõzlarni aytadi. Kitob ehtirossiz, biroq sadoq...
22/06/2023

kitoblar

Kitob seni hali sen kõrmagan dunyoga olib boradi,sen esh*tmagan sõzlarni aytadi. Kitob ehtirossiz, biroq sadoqatli dõstdir. Kitob insonning eng yaqin, eng yaxshi dõsti va maslahatchisi,uning donolik bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kalitidur. Qõqon shahar Axborot- kutubxona markaziga bizni qoʻllab-quvvatlovchi homiylarimiz tomonidan yanada kitobxonlarni koʻpaytirish maqsadida eng sara va yangi 1000 ga yaqin kitoblarni sovgʻa qilishdi.Oʻylaymizki kelajakda kitobxonlar soni yanada koʻpayib,ularning bilim darajalari oshib borishiga oʻz hissalarini qoʻshgan homiylarimizga biz Qoʻqon shahar Axborot-kutubxona markazi oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Italiyadagi mobil kutubxona📚
20/06/2023

Italiyadagi mobil kutubxona📚

📕📒📘TAVSIYA ETAMIZ. Xezer Morri. "Osventsimdagi tatuirovkachi"Avstraliyalik yozuvchi, stsenariynavis va shifokor Xezer Mo...
20/06/2023

📕📒📘TAVSIYA ETAMIZ.

Xezer Morri.

"Osventsimdagi tatuirovkachi"

Avstraliyalik yozuvchi, stsenariynavis va shifokor Xezer Morris ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan taniqli asarlar va kinostsenariylar muallifi hisoblanadi. 2003-yilda Xezerning oldiga "butun dunyoga aytib berishga arzigulik" hikoyasini so‘zlab berish uchun keksa bir kishi keladi. Yozuvchi ayol va Leyl Sokolov uchrashgan kun ularning ikkalasining ham butun hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. O‘rtada paydo bo‘lgan qalin do‘stlik munosabati Leylning shaxsan o‘zi boshdan kechirgan Xolokost voqealari to‘g‘risidagi yuragi tubida saqlab kelayotgan va hech kimga ilinmagan hikoyasini hech tortinmasdan Xezerga boricha aytib berishiga imkon yaratdi. Xezer dastlab uni stsenariy shaklida yozdi, keyinchalik esa "Osventsimdagi tatuirovkachi" romani dunyo yuzini ko‘rdi.

📘📒📕TAVSIYA ETAMIZ. KOMIL ALLAMJONOV"ALLAMJONOV AYIBDOR"Bu kitob oddiy oiladan bo'lgan o'g'il bola qanday qilib aloqalars...
20/06/2023

📘📒📕TAVSIYA ETAMIZ.

KOMIL ALLAMJONOV

"ALLAMJONOV AYIBDOR"

Bu kitob oddiy oiladan bo'lgan o'g'il bola qanday qilib aloqalarsiz va qandaydir ajoyib vositalarsiz o'z orzusini ro'yobga chiqargani - o'zi xohlagan narsaga aylangani haqida.
Komil Allamjonov o‘quvchi bilan samimiy suhbatda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik, muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi, boylik va e’tirof cho‘qqisiga chiqish yo‘lida qanday yo‘qotishlar kutishi mumkinligi va buning oldini olish uchun nimalarni har holda asrash kerakligi haqida gapirib beradi.
Komil Allamjonov kitobxonlarni bolalik, yoshlik va voyaga yetganlik yo‘llari bo‘ylab hayajonli sayohatga jo‘natadi; u o'z biznesini qanday qurganini, nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraganini yoki g'alaba qozonganini, unga kim yordam berganini va kimning "oyog'ini o'girganini" yashirmasdan aytadi.
Bu kitob hayotda o'z yo'lini izlayotgan yosh o'g'il-qizlar uchun turtki bo'lish uchun mo'ljallangan.

📕📘📒TAVSIYA ETAMIZ. Javlon Abdullo. Mukammal dasturlash 1-2 kitoUshbu kitoblar zamonaviy dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lga...
16/06/2023

📕📘📒TAVSIYA ETAMIZ.

Javlon Abdullo.

Mukammal dasturlash
1-2 kito
Ushbu kitoblar zamonaviy dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar, dasturlash bilan shug‘ullanadiganlar, hatto dasturiy taʼminot yaratish bo‘yicha yetuk mutaxassislar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, ilm olish va mustahkamlash uchun eng kerakli bilimlarni o‘zida jamlagan hamda sodda, tushunarli tilda bayon etilgan, ortiqcha maʼlumotlar o‘rniga o‘n yildan ziyod amaliy ishlash jarayonida orttirilgan hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda foydali ko‘rsatmalar samarali tarzda va to‘g‘ri keltirilgan mukammal qo‘llanmalarning ilk qismidir. Shuning o‘zi ham unda yoritilgan bilimni o‘zlashtirgan kishining yetuk veb dizayner sifatida keng faoliyat yuritishiga yetarli zamin yaratadi.

 bolalar oromgohiAziz bolajonlarimizning yozgi taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazishlari uchun Qoʻqon shahar Oybek koʻchasi...
16/06/2023

bolalar oromgohi

Aziz bolajonlarimizning yozgi taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazishlari uchun Qoʻqon shahar Oybek koʻchasi 45 uyda joylashgan "Koinot" bolalar oromgohida Qoʻqon shahar Axborot-kutubxona markazining Кoʻchma kutubxonasi tashkil qilindi. Axborot-kutubxona markazi xodimi M.Astonaqulova bolajonlarga har kuni kutubxona binosi va ish faoliyati, kitoblar haqida maʼlumot berib, qiziqarli savol javoblar oʻtkazyapti.Bolajonlar bir-biridan qiziqarli kitoblarni sevib mutolaa qilib,yozgi taʼtilni maroqli va mazmunli oʻtkazishmoqda.

📒📘📕TAVSIYA ETAMIZ. Lara Edrian «Tungi Tashrif»Ba'zida miyaga dam berish uchun qiziqarli syujetga ega shunchaki badiiy ki...
16/06/2023

📒📘📕TAVSIYA ETAMIZ.

Lara Edrian

«Tungi Tashrif»

Ba'zida miyaga dam berish uchun qiziqarli syujetga ega shunchaki badiiy kitob o‘qigisi
keladi odamni.
Bugun sizga vampirlar haqida romantik yangi juda qiziqarli syujetga ega kitob
taqdim qilamiz. Amerikalik yozuvchi Lara Edrianning «Tungi Tashrif» asari ilk
marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
 Ushbu asar katta yoshdagi kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

📕📘📒TAVSIYA ETAMIZ. Toshpo'latov M.                                                         "Tonggi farishta"            ...
13/06/2023

📕📘📒TAVSIYA ETAMIZ.

Toshpo'latov M.

"Tonggi farishta"

Tonggi farishta" deb nomlangan mazkur kitobda bir qarashda ko'pchilikning nazariga tushavermaydigan, kamtargina, oddigina kasb-kor egalarining kundalik xayotimizdagi, jamiyatimizdagi o'rni xususida bahs yuritiladi. O'ylaymizki, u sizni befarq qoldirmaydi.

O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.                                                ...
12/06/2023

O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.
Yusuf Xos Xojib

 Joriy yilning 10 iyun kuni Qoʻqon shahar Axborot-kutubxona markazining "Amiriy" binosida Oʻzbekiston Respublikasi Hunar...
11/06/2023



Joriy yilning 10 iyun kuni Qoʻqon shahar Axborot-kutubxona markazining "Amiriy" binosida Oʻzbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi aʼzosi Allayorov Mahmudjonning "Xattotlik koʻrgazma"si boʻlib oʻtdi.Xattotlik koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasi Rassomlar va hunarmandlar uyushmasi aʼzosi Ahmedov Murodjon kulolchilik buyumlari bilan, Saʼnat maktabining oʻquvchilari oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.Koʻrgazmaga shahar hokimi Usmonov Maʼruf Aʼzamovich, shahar Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari,maktab targʻibotchilari,koʻrgazma ishtirokchilarining oila aʼzolari,kitobxonlar tashrif buyurdilar. Tadbirda AKM rahbari R.Xusanov va AKM xodimlari ishtirok etishdi.Shahar hokimi xattotlikni yanada rivojlantirish uchun oʻz tavsiyalarini berdilar.Shahar hokimligi, Axborot-kutubxona markazi va Mehr-muruvvat xayriya fondi tomonidan koʻrgazma sababchilariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Address

Kokan
150700

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998908570123

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qo'qon shahar axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Qo'qon shahar axborot-kutubxona markazi:

Share

Category