07/04/2026
Qo‘ng‘irot tumanida Muhammad Al-Xorazmiy vorislari IT markazi hududini obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Qo‘ng‘irot tumanida yangi ochilishi rejalashtirilayotgan Muhammad Al-Xorazmiy vorislari IT markazining hududini obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas’ul shaxslar ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi B.Madaminov, hokim o‘rinbosarlari, quruvchi tashkilot vakillari hamda markaz faoliyati bilan bog‘liq tegishli mas’ul rahbarlar ishtirok etdi. Tadbir davomida markaz hududini tartibga solish, binolar atrofini obodonlashtirish masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, barcha mas’ul shaxslarga hududni o‘z vaqtida va sifatli obodonlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi, ishlarning samarali tashkil etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.
Muhammad Al-Xorazmiy vorislari IT markazi nafaqat yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, balki ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, kelajak kasb-hunarlariga tayyorlash va tuman ijtimoiy rivojiga hissa qo‘shadigan markaz bo‘lib xizmat qiladi.
——-
Qońırat rayonında Muhammed Al-Xorezmiy miyrasxorları IT orayı aymaǵın abadanlastırıw máseleleri dodalandı
Búgin Qońırat rayonında jańadan ashılıwı rejelestirilip atırǵan Muhammad Al-Xorazmiy vorislari IT orayınıń aymaǵın abadanlastırıw jumısları boyınsha juwapker shaxslardıń qatnasıwında dodalaw bolıp ótti.
Ushırasıwda rayon hákimi B.Madaminov, hákim orınbasarları, qurılıs shólkeminiń wákilleri hám oraydıń jumısına baylanıslı juwapker basshılar qatnastı. Ilaj dawamında oray aymaǵın tártipke salıw, imaratlardıń átirapın abadanlastırıw boyınsha máseleler dodalandı.
Sonday-aq, barlıq juwapker shaxslarǵa aymaqtı óz waqtında hám sapalı abadanlastırıw boyınsha anıq wazıypalar belgilendi, jumıslardıń nátiyjeli shólkemlestiriliwi ústinen turaqlı qadaǵalaw ornatılatuǵını atap ótildi.
Muhammad Al-Xorazmiy vorislari IT orayı tek ǵana jaslardı zamanagóy texnologiyalar menen tanıstırıw emes, al olardı ámeliy kónlikpeler menen támiyinlew, keleshek kásip-ónerlerine tayarlaw hám rayonnıń sociallıq rawajlanıwına úles qosatuǵın oray bolıp xızmet etedi.
Qo‘ng‘irot tumani hokimligi axborot xizmati