Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI

Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI Янги Ўзбекистон мактаб остонасидан бошланади

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI🔰Maktab-internatimizda 2026 yil 16-mart dushanba kuni navbatdagi "Kelajak soati"...
16/03/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

🔰Maktab-internatimizda 2026 yil 16-mart dushanba kuni navbatdagi "Kelajak soati" darslari o‘tkazildi. Kelajak soatlarining asosiy maqsadi-yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, zamonaviy bilimlarga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

🔰 Bugungi darslar "Yil boshi —Navro‘z" mavzusiga bag‘ishlandi va Milliytarbiya.uz platformasi orqali o‘tkazildi.

🎓 Dars davomida o‘quvchilarga Milliytarbiya.uz platformasiga joylangan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining videokontentlari namoyish etildi.

Maktab-internatining rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

 🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI🔰13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab umumxalq hashari e’lon qilindi. Ushbu ezgu t...
16/03/2026



🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

🔰13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab umumxalq hashari e’lon qilindi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida 6-sonli AFChO‘SMMI jamoasi ham faol ishtirok etdi.

✅Hashar davomida maktab hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Pedagog va texnik xodimlar birgalikda maktab hovlisi, sport maydonchalari hamda yo‘laklarni tozalashdi.
Daraxtlarning qurigan shoxlari kesilib tartibga keltirildi, hududdagi gulzorlar parvarish qilindi.

🔰Shuningdek, hashar jarayonida maktab atrofi va ichki hududlarida tartib-intizom va ozodalikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Jamoa a’zolari bir yoqadan bosh chiqarib, maktab-internat hududini yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

✅Bunday umumxalq hasharlari nafaqat hududlarni obodonlashtirishga xizmat qiladi, balki jamoada hamjihatlik, mehnatsevarlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 ‘rki🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI⚡️Milliy liboslar — millatimiz faxri⚡️Milliy liboslar xalqimizning boy tarixi...
16/03/2026

‘rki

🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

⚡️Milliy liboslar — millatimiz faxri⚡️

Milliy liboslar xalqimizning boy tarixiy merosi, urf-odatlari va madaniyatining ajralmas bir qismidir. Har bir xalqning o‘ziga xos kiyinish madaniyati bo‘lgani kabi, bizning yurtimizda ham asrlar davomida shakllangan, nafis did va go‘zallik timsoli bo‘lgan milliy kiyimlar mavjud.

✅ 6-B sinf o‘quvchilari dars mashg‘ulotlarida milliy do‘ppilarimizda ishtirok etdilar.

✅ Bugungi k***a milliy liboslarimizni tiklash, asrab-avaylash va yosh avlod orasida targ‘ib etish muhim vazifalardan biridir

🔰Milliy libos — milliy o‘zlik timsoli, uni asraylik va ardoqlaylik!

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl🔰Maktab-internatining 6-B sinfida tabiiy fan o‘qituvchisi Isaqova Raʼnoxon  tomo...
16/03/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl

🔰Maktab-internatining 6-B sinfida tabiiy fan o‘qituvchisi Isaqova Raʼnoxon tomonidan "Elektr energiyasini tejash" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida noanʼanaviy tarzda tashkil etildi. Dars o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar

🔰Darsda o‘quvchilar darsda tabiiy fan bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish qildilar. Ko‘rgazmali va multimedia vositalaridan unumli foydalanildi. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni iqtidorlari ochib berdi.

🔰Ochiq dars yakunida maktab-internati direktori X.Djurayeva ochiq dars yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI🔰Maktab-internatimizning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zbek tili va adabiyo...
16/03/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

🔰Maktab-internatimizning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zbek tili va adabiyoti fanidan
Fayziyeva Matlubaxon B
Esonova Zarnigor B
G‘aniyeva Maxsudaxon B
To‘rayeva Adolatxon C+
Tursunova Mahliyoxon C darajalarini olib umumtaʼlim
fanlarini bilish darajasini baholovchi milliy sertifikatdan yuqori natija ko'rsatishdi.

✅ Ushbu Milliy sertifikat olgan o'qituvchilarga ustama haq belgilanadi!

Ustozlarimizni bilimlari bundanda ziyoda bo‘lsin va qo‘lga kiritgan yutuqlari muborak bo'lsin!!!

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI🔰Maktab-internatining 11- sinf o‘quvchilari o‘zbek tili va adabiyoti fanidan B+,...
16/03/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

🔰Maktab-internatining 11- sinf o‘quvchilari o‘zbek tili va adabiyoti fanidan B+,B,C,C+ darajalarini olib umumtaʼlim
fanlarini bilish darajasini baholovchi milliy sertifikatdan yuqori natija ko'rsatishdi

✅ Ushbu Milliy sertifikat olgan o'quvchilarga oliy ta'limda foiz asosida imtiyozli ball qo'shib beriladi!

O'quvchilarimizularning ustozlari hamda ota-onalariga yutuqlar muborak bo'lsin!!!

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

09/03/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl

🔰Maktab-internatining 3-B sinfida 5-mart kuni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘rayeva Adolatxon tomonidan "Sifatning maʼno turlari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida noanʼanaviy tarzda tashkil etildi. Dars o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar.

🔰Darsda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib ona-tili fani bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish qildilar. Ko‘rgazmali va multimedia vositalaridan unumli foydalanildi. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni iqtidorlari ochib berdi.

🔰Ochiq dars yakunida o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Yusupova dars yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

6-sonli AFCHOSMMI maktab-internatida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar” mav...
07/03/2026

6-sonli AFCHOSMMI maktab-internatida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirni boshlang‘ich sinf ustozlari katta tayyorgarlik va ijodkorlik bilan tashkil etib, bayramni yanada mazmunli va esda qolarli tarzda o‘tkazdilar.
Bayram tadbirida maktab-internat direktori X. Jo‘rayeva so‘zga chiqib, barcha ayol ustozlar va xodimalarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati, yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan hissasi haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, bayram munosabati bilan bir guruh faol va mehnatsevar ayol xodimalarga kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida kichkintoy o‘quvchi qizchalarning ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Ularning samimiy chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Shuningdek, maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi U. Abdurahimov tomonidan qiziqarli va ko‘ngilochar “Omad shou” o‘yini tashkil etildi. Ushbu o‘yinda ayol ustozlar faol ishtirok etib, turli savollar va topshiriqlarda o‘z bilim hamda chaqqonliklarini namoyon etdilar. O‘yin yakunida ishtirokchilar turli yutuqli sovg‘alarni qo‘lga kiritib, bayram shodiyonasiga yana-da ko‘proq quvonch bag‘ishladilar.
Mazkur bayram tadbiri maktab-internatda faoliyat olib borayotgan ayol ustoz va xodimalarga bo‘lgan hurmat-ehtirom ifodasi sifatida yuqori saviyada o‘tkazildi hamda barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Maktab-internatining “Turon yulduzlari” jamoasi yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning san’at va adabiy...
05/03/2026

Maktab-internatining “Turon yulduzlari” jamoasi yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etdi. Tanlov davomida jamoa sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, badiiy ifoda va sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Natijada maktab-internatining “Turon yulduzlari” jamoasi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq jamoa a’zolarining tirishqoqligi, ijodkorligi va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishining yorqin natijasi bo‘ldi.
Jamoaning bunday yutuqqa erishishida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari A. Ishanova, N. Saydullaeva hamda O. Qahharovalarning hissalari beqiyos bo‘ldi. Ular o‘quvchilar bilan muntazam mashg‘ulotlar olib borib, sahna asarini tayyorlash, rollarni to‘g‘ri talqin etish, badiiy nutq va sahna madaniyatini shakllantirishda katta mehnat qildilar.
Mazkur yutuq maktab-internati jamoasi uchun katta faxr bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning samarali natijasi hisoblanadi. Kelgusida ham jamoa a’zolari bundan-da yuqori natijalarga erishib, yangi marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz. 🌟

 🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl“Soliq bilimlari – yosh avlodga” 🔰“Soliq bilimlari – yosh avlodga” mavzusida o‘tk...
21/02/2026



🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl

“Soliq bilimlari – yosh avlodga”

🔰“Soliq bilimlari – yosh avlodga” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichida Uchqo‘rg‘on tumani 6-sonli AFCHO‘SMMIning 11-“B” sinf o‘quvchisi Abdurahimova Madinabonu faol ishtirok etdi. Tanlov davomida u o‘zining ijodiy yondashuvi, mavzuni chuqur yoritib bera olishi hamda soliq bilimlarini yoshlar orasida targ‘ib etishga qaratilgan ishlari bilan hakamlar hay’ati e’tiborini qozondi.

✅Yakuniy natijalarga ko‘ra, Abdurahimova Madinabonu faxrli 3-o‘rinni egalladi. Ushbu yutuq o‘quvchining bilim va salohiyati, shuningdek, ustozlarining samarali mehnati natijasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Maktab jamoasi Abdurahimova Madinabonuni erishgan muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI🔰Maktab-internatimizda 2026 yil 16-fevral dushanba kuni navbatdagi "Kelajak soat...
16/02/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMI

🔰Maktab-internatimizda 2026 yil 16-fevral dushanba kuni navbatdagi "Kelajak soati" darslari o‘tkazildi. Kelajak soatlarining asosiy maqsadi-yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, zamonaviy bilimlarga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

🔰 Bugungi darslar "Halollik vaksinasi" mavzusiga bag‘ishlandi va Milliytarbiya.uz platformasi orqali o‘tkazildi.Kelajak soati darslarida maktabimizning "Maslahatchi otaxonlar" va "Buvijonlar maktabi" guruhi aʼzolari Qambaraliyev Tohirjon domla va Isomiddinova Sofiyaxon ayalar ishtirok etdilar va o‘quvchilarga o‘zlarini o‘gitlarini berib o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi.

🎓 Dars davomida o‘quvchilarga Milliytarbiya.uz platformasiga joylangan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining videokontentlari namoyish etildi.

obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

Address

Namangan

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI:

Share