13/03/2026
O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA TARIXIY VOQEA!
Al-Beruniy xalqaro maktab-internati O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda davlat tasarrufidagi IB Diploma dasturini amalda joriy etgan birinchi maktab sifatida o‘z o‘rnini egalladi.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati (https://t.me/piimauz/27116)O‘zbekiston ta’lim tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi.
Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati qisqa muddatda xalqaro natijaga erishdi.
✔️International Baccalaureate (IB) tomonidan rasmiy ravishda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga IB Diploma Programme (IBDP) bo‘yicha IB Jahon maktabi maqomi berildi.
✅️ALOHIDA TA’KIDLASH JOIZ: IB tashkilotining 58 yillik faoliyati davomida, dunyo bo‘ylab 5 800 dan ortiq IB maktablar orasida
ilk bor davlat maktabi atigi 4 oy ichida akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
➡️Bu — Yangi O‘zbekiston ta’lim salohiyatining jahon miqyosida tan olinishidir.
✉️ IB tashkiloti o‘z rasmiy murojaatida:
— maktabda yaratilgan ta’lim muhiti,
— boshqaruv tizimi,
— ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarning mas’uliyatli yondashuvini alohida e’tirof etdi.
📌Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida IBDP dasturining joriy etilishi orqali o‘quvchilarni Harvard, MIT, Oxford, Cambridge, Stanford, Columbia kabi dunyoning yetakchi universitetlariga to‘liq grant asosida maqsadli tayyorlash imkoniyati yaratildi.
Mazkur yuksak natijalar mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, davlat rahbarining ta’limga bo‘lgan ustuvor e’tibori va strategik qarashlarining amaliy samarasidir.
Bizni kuzatib boring
❤ Telegram (https://t.me/uzedu) 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU)
🌐 Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx) 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/)
🔎 Veb-sayt (https://gov.uz/oz/uzedu) 😄 Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)