06/06/2026
Namangan viloyat prokurorining oʻrinbosari A.Nurmatov rahbarligida ichimlik suvidan boʻlgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Xususan, oʻtkazilgan yigʻilishda «Namangan suv taʼminoti» AJ hamda uning hududiy filial rahbarlari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati va sohaga masʼul inspektorlari hamda ichimlik suvidan qarzdorligi mavjud yirik isteʼmolchilar ishtirok etdilar.
Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar borasida masʼul xodimlarning izohlari tinglanib, mavjud debitor qarzdorliklarni qisqartirish, undiruv ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda yirik qarzdorlar bilan nomma-nom suhbatlashilib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.