31/05/2026
Gʻalla oʻrimiga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilab olindi
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Oʻrganishlar davomida "Oʻzbekiston" MMTP hududidagi “Ravshan”, “Joʻravoy ota Gʻaybullayev” hamda “Chust Bahodir Ergashev” fermer xoʻjaliklarining gʻoʻza, gʻalla maydonlari koʻzdan kechirildi.
Chust tumanida joriy yilda 7406 gektar maydonda yetishtirilgan gʻalla hosilini qisqa muddatlarda va betalafot yigʻib olish maqsadida 12 ta oʻrim otryadi shakllantirilib, ularga 12 ta zamonaviy kombayn hamda 50 dan ortiq yuk tashish texnikasi biriktirilgan.
Oʻrganishlar chogʻida gʻalla oʻrim-yigʻim ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni nes-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish, shuningdek, gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish masalalari muhokama qilindi.
Yak***a mutasaddi rahbarlar va soha vakillariga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, gʻoʻza parvarishini kuchaytirish, gʻalla oʻrimini yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etish boʻyicha tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.