AO «Navoiyazot»

AO «Navoiyazot» AJ Navoiyazot - xalqaro sherik maqomiga ega, jadal rivojlanayotgan ko'p tarmoqli sanoat ishlab chiqarish majmuasi.

MUSTAQILLIK KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI“Navoiyazot” AJ boshqarmasi faollar zalida “Yangi hayot uc...
01/09/2023

MUSTAQILLIK KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

“Navoiyazot” AJ boshqarmasi faollar zalida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi ostida respublikamiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘ib o‘tdi.

Tadbir avvalida Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadovlar yig‘ilganlarga bayram tabrigini yo‘llab, ko‘p yillik halol va samarali mehnatlari uchun bir guruh kimyogarlarni viloyat va shahar hokimliklari, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda korxona Faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirladilar.

Faol kimyogarlar va ishlab chiqarish faxriylari ishtirok etgan dastur badiiy guruhlar chiqishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan ko‘tarinki ruh va shodon kayfiyatda davom etdi.

TIBBIYOT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Navoiyazot” AJ tibbiy-sanit...
25/08/2023

TIBBIYOT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Navoiyazot” AJ tibbiy-sanitariya qismida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda korxona murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi uchrashuvi tashkillashtirildi. Har bir xodim, qolaversa qismga tegishli muammolar, korxona xodimlariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha talab va takliflar o‘rganildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tibbiyot xodimlari yoshlar siyosati, korrupsiya, muomala madaniyati, ta’minot, kadrlar masalalari kabi o‘zlarinining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha va batafsil javob oldilar.

25/08/2023
🌳🌲DOLZARB 40 KUNLIKDA «YASHIL MAKON» NI KENGAYTIRAMIZMamlakatimiz bo‘ylab  🍀«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida...
16/03/2023

🌳🌲DOLZARB 40 KUNLIKDA «YASHIL MAKON» NI KENGAYTIRAMIZ

Mamlakatimiz bo‘ylab  🍀«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, shu orqali aholi yashash punktlari va ular atrofidagi yashil maydonlarni kengaytirish rejalashtirilib, daraxt ekish bo‘yicha bahorgi «dolzarb 40 kunlik» eʼlon qilingandi.

🌿Yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar natijasida “Navoiyazot” AJda, xususan uning atrofida “Yashil belbog‘” yaratish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hozirda yangi maydonni o‘zlashtirish, uni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari avjida.

🌏Korxona  xodimlari ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ushbu jarayonda o‘z faolliklarini namoyon etmoqdalar.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL BELLASHUVI BO‘LIB O‘TDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini a...
16/03/2023

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL BELLASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi 96-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, kuchli bilimga ega xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga iqtidorlarini namoyish etish uchun imkon yaratish, ularni rag’batlantirish maqsadida bugun Navoiy shahridagi Yoshlar Markazida “Navoiyazot” AJ xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirda korxona xodimlaridan shakllantirilgan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 68-sex xodimlari savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob berib birinchi o‘rinni, 919-sex jamoasi ikkinchi o‘rinni va PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarishi jamoasi uchinchi o‘rinni egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar aksiyadorlik jamiyatining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

131-sexning kundalik hayotidan lavha
11/03/2023

131-sexning kundalik hayotidan lavha

8 Likes, 0 Comments - AO “Navoiyazot” () on Instagram

Ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasi start oldi🏐Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan korxonada mehnat qilayotgan ...
01/03/2023

Ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasi start oldi

🏐Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan korxonada mehnat qilayotgan ayollar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoada bayram kayfiyatini uyg‘otish, xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida "Navoiyazot" AJda Yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkillashtirildi.

Bugun start olgan ushbu bellashuvda korxona ishlab chiqarish va sexlari ishchilaridan tashkil topgan 11 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqa 3-martga qadar davom etadi.

“Navoiyazot” AJ Komplayens xizmati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi 910-sex ishchi-xodimlari o‘rtasida shu mavzuda davra s...
25/07/2022

“Navoiyazot” AJ Komplayens xizmati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi 910-sex ishchi-xodimlari o‘rtasida shu mavzuda davra suhbati o‘tkazdi.
Yig‘ilishni korxona Komplayens xizmati yetakchi mutaxassisi J.Shomiyev ochib berib, qatnashchilarni, jamiyat boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 2022-yilda Jamiyat xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan tadbirlar jadvali bilan tanishtirdi.
Shuningdek, korrupsiyaning mazmun-mohiyati, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan holatlar, hatto Islom dinining muqaddas Qur’on kitobida poraxo‘rlik illati qattiq qoralanganligi, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, belgilangan jazo turlari va shakllari borasida keng tushuntirish ishlari olib bordi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Hamdamov esa respublikada korruptsiyaga qarshi olib borilayotgan siyosat, ushbu siyosatda fuqarolarning o‘rni, korrupsiya jamiyatni tanazulga olib boruvchi illat ekani, sohada Respublikada qabul qilinayotgan qonunlar, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi xizmatlarning tashkil etilayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4761-sonli qarori, jamiyatda ushbu yo‘nalishda ishlab chiqilgan Siyosatlar hamda “O’zkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raislari tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritalarida” belgilangan va bajarilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda Komplayens xizmati tashkil etilgandan buyon amalga oshirilgan ishlar samarasi, jamiyat xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy harakatlar va ularning oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijalari haqida ma’lumot berildi.
Aminmizki, profilaktik tadbirlar natijasida ishchi-xodimlar orasida korrupsiyaga, diniy ekstremizm hamda boshqa shakldagi jinoyatchilikka qarshi immunitet shakllanib boraveradi.

YOSHLARIMIZ XALQARO NEFT-GAZ FORUMIDAKecha Tatariston Respublikasi Аlmetevsk shahrida «Xakaton Razvitiye TEK-2022» Xalqa...
18/07/2022

YOSHLARIMIZ XALQARO NEFT-GAZ FORUMIDA

Kecha Tatariston Respublikasi Аlmetevsk shahrida «Xakaton Razvitiye TEK-2022» Xalqaro neft-gaz yoshlar forumi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda «Navoiyazot» АJ Аmmiak va karbamid ishlab chiqarishi 918-sexi xodimi Hayotjon Majidov ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldi.
Forum tashkilotchilari Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi, «Tatneft» АJ hamda Rossiya energetika vazirligi huzuridagi neft-gaz tarmog‘i Yoshlar kengashi hisoblanib, maʼrifiy dastur operatori sifatida Rossiyaning Kadrlar tayyorlash milliy jamg‘armasi ishtirok etdi.
“Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish Xakaton-2022” bu taʼlim, loyihalashtirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, storitelling (hikoya qilish), professional aloqalar va shaxsiy rivojlanish uchun noyob bir muhitdir. Dastur yoqilg‘i-energetika sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan treninglar, davra suhbatlari, mahorat darslari, neft-gaz kompaniyalari, tegishli vazirlik va idoralar rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xakaton (inglizcha hackathon - hacker + marathon) va jonli aloqalarni o‘z ichiga olgan.

Mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdiBugun «Navoiyazot» AJda 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining...
08/04/2022

Mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun «Navoiyazot» AJda 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi sarhisobi va 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini qabul qilishga bag‘ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda delegatlarning 76 nafari, korxona bosh mutaxassislari, bo‘lim va boshqarmalar boshliqlari, ishlab chiqarish va sexlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Rayosat kengashiga bir ovozdan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Mavjuda Hamdamovna Xalilova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Mamanazarovna Tog‘ayeva, korxona boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirov, boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oybek Jumaqulovich Mavlonov hamda korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Hamidovna Fayziyevalar saylab olindi.
Yig‘ilishda korxona rahbari hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisasi, delegatlarning 2021-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglanib, shartnoma bajarilishiga qoniqarli baho berildi, jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma tasdiqlandi. Korxona xodimlarining kelgusi 3 yillikda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hamda ularga imtiyoz va kafolatlar belgilovchi me’yoriy hujjat - 2022-2024 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi muhokama etildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan o‘qib esh*ttirilgan qo‘shimcha punktlar ijobiy deya tan olindi hamda konferensiya delegatlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida jamoa shartnomasi ma’qullandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan jamoani qo‘llab-quvvatlovchi, sog‘lomlashtirish va rag‘batlantirish, motivatsiyaga yo‘naltirilgan har bir taklif o‘z ijobiy yechimini topdi.

«Navoiyazot» AJ Matbuot xizmati

Xodimlar marafonda ijobiy quvvat yig‘ib kelishdiBundan taxminan 2400 yil muqaddam qadimgi yunon tabibi va faylasufi Gipp...
08/04/2022

Xodimlar marafonda ijobiy quvvat yig‘ib kelishdi
Bundan taxminan 2400 yil muqaddam qadimgi yunon tabibi va faylasufi Gippokrat “Piyoda yurish – inson uchun eng yaxshi davo vositasi” deb aytgan edi. Darhaqiqat, yurish tana uchun eng tabiiy jismoniy jarayon hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, aksariyat odamlar imkon qadar kamroq piyoda yurishga harakat qiladi. Vaholanki, ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aynan piyoda yurish – umrni uzaytirish uchun juda foydali mashg‘ulot. Ilm-fanga ko‘ra, piyoda yurish salomatlik, hayot davomiyligi, qon bosimi uchun juda foydali. U insonga deyarli jarohat yetkazmay, sezilarli darajada kaloriya parchalash imkonini beradi.
7-aprel - «Butunjahon salomatlik kuni» munosabati bilan viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida Navoiy shahridagi «Yoshlik ko‘li» atrofida yurish bo‘yicha «Salomatlik sari» viloyat marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda «Navoiyazot» AJning 100 nafar xodimi ishtirok etdi.
- Ertalabki bir soatlik yurish butun kun davomida organizmdagi qon aylanishini yaxshilab, aqlni teranlashtirishini o‘zimda his qilganman, -deydi 46-sex xodimi Shomurod Beknazarov. – Korxona Yoshlar ittifoqi vakillari bugungi marafonda faol qatnashib, bir kunlik ijobiy quvvatni yig‘ib kelishdi, bu ish samaradorligiga yaxshi ta’sir qiladi deb umid qilamiz.
Ishchi-xodimlar uchun bu kabi marafonlar muntazam o‘tkazilishi tarafdorimiz.

«Navoiyazot» AJ Matbuot xizmati

Eʼlon«Navoiyazot» АJ «Sertifikatlangan diplomli buxgalter АSSА» diplomiga ega boʼlgan, xalqaro auditorlik tashkilotlarid...
26/03/2022

Eʼlon

«Navoiyazot» АJ «Sertifikatlangan diplomli buxgalter АSSА» diplomiga ega boʼlgan, xalqaro auditorlik tashkilotlarida kamida 3 yil ishlagan, Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlaridan Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlariga transformatsiya qilish amaliyotiga ega boʼlgan mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga taklif qiladi.

Murojaat uchun ☎️: +998933131312

Объявление

АО «Навоиазот» приглашает на работу на основании гражданско-правового договора специалистов с дипломом «Сертифицированного дипломированного бухгалтера АССА», проработавших в международных аудиторских организациях не менее 3-х лет, имеющих практику перехода с Национальных стандартов бухгалтерского учета на Международные стандарты финансовой отчетности.

Контактный ☎️: +998933131312

Address

Узбекистан
Navoi
210105

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when AO «Navoiyazot» posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to AO «Navoiyazot»:

Share