09/02/2026
✅ Ijro, intizom, mas’uliyat — ustuvor vazifa
📅 Joriy yilning 9-fevral kuni Navoiy viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i S.A.Nazarov rahbarligida boshqarma tuzilma rahbarlari hamda tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Davlatimiz rahbari tomonidan soliq organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shuningdek Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Mas’ul rahbarlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ijro intizomini kuchaytirish, mas’uliyatni oshirish va natijadorlikka erishish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, fevral oyida budjet tushumlarini barqaror ta’minlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyot darajasini qisqartirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va ularni qonuniylashtirish hamda mavjud soliq qarzdorliklarini qisqa muddatlarda bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.