28/04/2026
🌍 Sport va sarguzasht birlashgan noyob marafon!
Yurtimizda “Iskandar Zulqarnayn izidan” nomli xalqaro marafonga start berildi. Ushbu loyiha Navoiy viloyati va Samarqand viloyati hududlarini qamrab olib, taxminan 200–250 km masofani o‘z ichiga oladi.
📍 Marafon Sentob qishlog‘i dan boshlanib, tog‘, cho‘l va keng tekisliklar orqali o‘tadi. Bu esa ishtirokchilarga nafaqat jismoniy sinov, balki betakror tabiatdan zavq olish imkonini ham beradi.
✨ Eng qiziq tomoni — marafon davomida sayyohlar tarixiy obidalar va muqaddas maskanlar bilan tanishadi. Xususan, Nurota Chashma majmuasi kabi maskanlar yo‘nalishga kiritilgan.
🌏 AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan kelgan ishtirokchilar bu marafonni haqiqiy xalqaro do‘stlik maydoniga aylantirmoqda.
💬 Bu nafaqat sport musobaqasi, balki O‘zbekistonning turizm salohiyatini dunyoga namoyish etuvchi muhim loyiha hisoblanadi.