navoi_sport

navoi_sport Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from navoi_sport, Government Organization, Uzbekistan, Navoiy.

🔺Bugun Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga ba...
13/11/2025

🔺Bugun Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i D. Buxarov, Navoiy viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i J. Murtozayev, Navoiy shahar adliya bo‘limi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazining bosh yuristi A. Xolmurodov hamda viloyatdagi barcha sport maktablari direktor va bosh buxgalterlari ishtirok etdilar.

🔺 Yig‘ilish davomida sport sohasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda huquqiy madaniyatni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️ Tadbir yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda tegishli me’yoriy hujjatlar mazmuni tushuntirildi. Mazkur yig‘ilish sport sohasida halollik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

13/11/2025

Terens Krouford hamda Aleksand Uisk Toshkentga keldi.

🔺Joriy yilning 11-noyabr kuni Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida basketbol bo’yicha U16 o‘smirlar va qizla...
12/11/2025

🔺Joriy yilning 11-noyabr kuni Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida basketbol bo’yicha U16 o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. ⛹🏻‍♂️⛹🏼‍♀️

O‘yinlar natijalariga ko’ra:

O‘smirlar bahsida:
🥇 1-o‘rin – Navoiy viloyati jamoasi
🥈 2-o‘rin – Samarqand viloyati jamoasi
🥉 3-o‘rin – Toshkent shahri jamoasi

Qizlar bahsida:
🥇 1-o‘rin – Surxondaryo viloyati jamoasi
🥈 2-o‘rin – Navoiy viloyati jamoasi
🥉 3-o‘rin – Jizzax viloyati jamoasi

🏆G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

Navoiyda Jahon Kubogi g‘oliblarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi🔺Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Astana sh...
11/10/2025

Navoiyda Jahon Kubogi g‘oliblarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

🔺Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi qo‘l jangi (Hand-to-Hand Fighting) bo‘yicha Jahon Kubogi final bosqichida navoiylik sportchilar yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishdi!

🥈 Marjona Fayzullayeva — 48 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🥉 Yulduz Nosirova — 70 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

🔺Bugun Navoiy shahrida g‘olib sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy viloyat Sport boshqarmasi boshlig’i Jasur Murtozayev, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etib g’oliblarni qutlashdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

🖐 Navoiy viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennis bo‘yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo’lib o’...
15/07/2025

🖐 Navoiy viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennis bo‘yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo’lib o’tdi

Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennis bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada viloyatning 11 ta tuman va shaharlaridan saralangan, tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh toifalaridagi mahalla yoshlari o‘zaro kuch sinashishdi.

G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo’lga kiritishdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

🗣 Navoiyda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi kuchlilarni aniqladi📍 Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida “Uzbekistan J...
01/07/2025

🗣 Navoiyda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi kuchlilarni aniqladi

📍 Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📑 Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan “Uzbekistan Judo Tour” turnirida -81, -90, -100 va +100 kg vaznlarida bellashuvlar o‘tkazildi. O‘z vazn toifalarida surxondaryolik Ahror Ziyodullayev, Otabek To‘raboyev, Jahongir Mamatrahimov va Islombek Ravshanqulov chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

💬 Bellashuvlar chinakamiga murosasiz tus oldi. To‘rtta vazn toifasining uchtasida oltin medalga ega chiqqan Surxondaryo viloyati terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

🏆 Tantanali taqdirlash marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, viloyat Sport boshqarmasi mutasaddilari, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Navoiy viloyatiga tashrif buyurdiBugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi S...
04/06/2025

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u 3-iyun — Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan tashkil etilgan velomarafonda ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish hamda yoshlar orasida velosportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Senat raisi marafon ishtirokchilari bilan suhbatlashib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi va sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, yosh sportchilarni xalqaro velosiped kuni bilan samimiy tabriklab, ularga 20 dona zamonaviy velosiped sovg‘a qildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

😀 Navoiyda badiiy gimnastika bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bosqich...
03/06/2025

😀 Navoiyda badiiy gimnastika bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi

📍 Bugun Navoiy shahar Gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuvda Navoiy shahar, Qiziltepa, Karmana hamda Xatirchi tumanidan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi.

🏆 Bellashuvlar yakunida sport musobaqalari doirasida mintaqaviy bosqich g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

📍 Navoiy viloyatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi...
24/05/2025

📍 Navoiy viloyatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi

Bugun maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Navoiy shahar 22 va 30-sonli umumta’lim maktabida ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📑 Tadbir davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.
💬 Taqdirlash marosimida viloyat Sport boshqarmasi boshligʻi Jasur Murtozayev,  Navoiy viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Raʼno Hayitova ishtirok etdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

Navoiy shahridagi "Yoshlik" stadioni 10 mingdan ortiq futbol muxlislarini o‘z bag‘riga oldi."Qizilqum" – "Navbahor" futb...
05/05/2025

Navoiy shahridagi "Yoshlik" stadioni 10 mingdan ortiq futbol muxlislarini o‘z bag‘riga oldi.

"Qizilqum" – "Navbahor" futbol jamoalari o‘rtasida kechgan qizg‘in uchrashuvda viloyatimiz jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Kecha chin ma’noda Navoiyga katta futbol qaytdi! Barcha "Qizilqum" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklaymiz!

"Qizilqum" futbol jamoasidan yana yirik g‘alabalarni kutib qolamiz!

🗓2025-yilgi Navro‘z ayyomi “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida...
21/03/2025

🗓2025-yilgi Navro‘z ayyomi “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanishi belgilab olingan. Viloyatning asosiy Navro‘z sayli bugun Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.

📌 Tadbirlar Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida erta tongdan boshlanadi.
Dasturdan, albatta, siz sevgan estrada va shou-biznes vakillaridan iborat yulduzli to‘plamning chiqishlari joy olgan. Navro‘z saylining mehmoni esa iste’dodli san’atkor Bunyodbek Saidov.

Barchangizni Navro‘z sayliga taklif etamiz!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida 2024-y...
04/03/2025

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida 2024-yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan tanlov va tadbirlar yuzasidan MATBUOT ANJUMANI bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-201-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 5-bosqichda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yo'lga qo'yildi.

2024-yilda “Besh tashabbus olimpiadasi”da 26ta tanlov va musobaqalar o'tkazilib, ushbu tanlov va musobaqalarda 321 345 nafar yoshlar 5tashabbus.uz platformasidan ro'yxatdan o'tib, 267 121 nafari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 15-fevral kuni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube

Address

Uzbekistan
Navoiy

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when navoi_sport posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share