Nurota tuman hokimligi

Nurota tuman hokimligi Нурота туман ҳокимлиги ахборот хизмати

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDIYoshlar oyligi doirasida Nurota tumani hokimi A. Fayziyev tumandagi bir guruh makt...
25/06/2025

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Yoshlar oyligi doirasida Nurota tumani hokimi A. Fayziyev tumandagi bir guruh maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida hokim yoshlarni yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni bilan tabriklab, maktabni yakunlayotgan bitiruvchilarga katta hayot yo‘llarida omad va zafarlar tiladi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, bildirilgan fikrlar asosida amaliy choralar belgilandi.

Tadbir yakunida maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirgan o‘quvchilarga medallar va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida tumandagi maktablarni jami 49 nafar bitiruvchi medal bilan tugatgan. Shundan 39 nafari oltin, 10 nafari esa kumush medalga sazovor bo‘lgan.

21/06/2025
“Kashtalar jilosi“ kashtachilik va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-festivali o‘tkazildi.Nurota tumani “Cha...
14/06/2025

“Kashtalar jilosi“ kashtachilik va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-festivali o‘tkazildi.

Nurota tumani “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasida o‘tkazilgan festivalda tuman hokimi A. Fayziyev, Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari M. Mamadiyarova, hunarmandlar (kasanachilar, san’at ustalari, dizaynerlar), hunarmandchilik yo‘nalishidagi oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, faol xotin-qizlar, mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida “Qadriyatlarni qadrlaymiz!”, “Yangi O‘zbekistonda qadriyatlar ulug‘!” shiorlari asosida milliy libos va milliy taqinchoqlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar (podiumlar) tashkil etildi.

Shuningdek, “Eng yaxshi kashta”, “Eng yaxshi kashtado‘z”, “Kashtado‘zlik bo‘yicha qadimiy sulola davomchisi”, “Qadimiy an’analarni qayta tiklagan kashtado‘z”, “Eng kreativ kashtado‘z”, “Eng yosh shogird” kabi nominatsiyalar bo‘yicha bir guruh soha vakillari taqdirlandi.

Festival davomida tuman madaniyat markazining milliy ruhdagi chiqishlari, shuningdek, Navoiy viloyati filarmoniyasi xonandalari ijrosidagi qo‘shiqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

FESTIVALNI BARCHA RSMLARINI YUKLAB OLISH:
👇👇👇👇
https://drive.google.com/drive/folders/1gOMJTobzoX8L0RTTkHmHUaRXVCo9if3E?usp=sharing

Nurota tumani “Ergash Jumanbulbul" nomidagi istirohat bogʻida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati b...
01/06/2025

Nurota tumani “Ergash Jumanbulbul" nomidagi istirohat bogʻida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida bayrami tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir davomida bolajonlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, “Muzqaymoq party” hamda tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan GALA KONSERT dasturi namoyish etildi.

Bayram bolajonlarga quvonch, kulgu va unutilmas lahzalarni ulashdi.

Nurota tumani hokimligi  rasmiy telegram kanalini Angliyada ham kuzatishadi.Bizdan uzoqlashmang va bizni kuzatishda davo...
20/05/2025

Nurota tumani hokimligi rasmiy telegram kanalini Angliyada ham kuzatishadi.

Bizdan uzoqlashmang va bizni kuzatishda davom eting.

15/05/2025
Нурота туманидаги “Сентоб” маҳалласида дўстлик ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлашга қаратилган маънавий-маърифий ва маданий т...
31/03/2025

Нурота туманидаги “Сентоб” маҳалласида дўстлик ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлашга қаратилган маънавий-маърифий ва маданий тадбирлари доирасида “Либосларда жилоланган қадрият” шиори остида турли миллат вакилларининг миллий либослари намойиш этилди.

NUROTA TUMANIDA RAMAZON HAYITI BAYRAMI KENG NISHONLANMOQDARespublikamizning barcha hududlarida muborak Ramazon hayiti ba...
30/03/2025

NUROTA TUMANIDA RAMAZON HAYITI BAYRAMI KENG NISHONLANMOQDA

Respublikamizning barcha hududlarida muborak Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Shu jumladan, mazkur bayram Nurota tumanida ham keng nishonlanib, “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasida joylashgan “Chilustun” jome masjidida Ramazon hayiti namozi oʻqildi.

Ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Qo‘riqlash bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakilligi hamda tumandagi mas’ul rahbar-xodimlardan iborat ishchi guruh tuzilgan holda tumandagi 14 ta masjidning 9 tasida Ramazon hayiti namozlari o‘qildi.

NUROTADA O‘RIK GULLADI
12/03/2025

NUROTADA O‘RIK GULLADI

Address

I. Karimov-48 Uy
Nurota
210700

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 10:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nurota tuman hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share