28/05/2026
O‘zbekiston tumanida professional boks kechasi tashkil etildi
Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida Top Seven Fighters promousheni professional boks bo‘yicha o‘zining navbatdagi beshinchi turnirini o‘tkazdi.
Tuman hokimligi, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda “Top Seven Fighters” promouterlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning iqtidorli bokschilari bilan birga qo‘shni Qirg‘izistondan kelgan charm qo‘lqop ustalari ham g‘oliblik uchun ringga chiqdi.
Yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida ishtirok etgan tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev sport-bu nafaqat musobaqa, balki xalqlarni birlashtiruvchi, do‘stlik va hamjixatlikni mustahkamlovchi maydon ekanligini ta’kidlab, xalqlar do‘stligi abadiy bo‘lishligiga tilak bildirdi.
Shu kungi boks kechasida tomoshabinlar 10 dan ortiq shiddatli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘ldilar.