21/05/2026
Kutubxonamizga tashrif
Bugun 21-may kuni Parkent tuman Axborot-kutubxona markaziga 57-umumta’lim maktabining 3-"b"sinf o‘quvchilari va o‘qituvchisi boshchiligida sayohat uchun tashrif buyurdi.
Ilm ostonasiga ilk qadamlarini qo‘ygan kichik kitobxonlar kutubxona olami, uning boy kitob fondi va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdi.
Sayohat davomida kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyati, kitoblarni asrab-avaylash qoidalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Ilk bor kutubxonaga kelgan ushbu kichik kitobxonlarning ko‘zidagi quvonch va kitobga bo‘lgan qiziqishi barchamizni quvontirdi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan ushbu bilimdon o‘quvchilarga va ularning ustoziga tashrif uchun minnatdorchilik bildirildi.