Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimligi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Qashqadaryo viloyati hokimligi, Government Organization, Узбекистан, Qarshi.

Hokimlik Axborot xizmati rahbari tomonidan yuritiladi
https://t.me/qashvilhokimligi
instagram.com/qashvilhokimligi
www.youtube.com/c/qashvilhokimligi
https://x.com/qashvilhokimlik

G‘uzorda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildiQurilish ishlariga start berish jarayonida viloyat hokimi ...
30/04/2026

G‘uzorda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi

Qurilish ishlariga start berish jarayonida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat rahbari ushbu loyihaning ahamiyatiga to‘xtalib, uning kelgusida tuman rivojiga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Shundan so'ng nuroniylar tomonidan qilingan duolar va ezgu tilaklar ostida qurilish ishlariga ramziy start berildi. Mazkur massivda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, savdo markazi, yashil hududlar va zamonaviy infratuzilma barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan ko‘p qavatli uylar hamda renovatsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.

29/04/2026

Ғузорда яна бир тарихий воқеа - “Янги Ўзбекистон” массиви қурилишига старт берилди

Бу лойиҳа нафақат замонавий уй-жойлар барпо этиш, балки, аҳоли учун қулай, хавфсиз ва барқарор яшаш муҳитини яратишга қаратилган.

Тантанали тадбирда вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳам иштирок этмоқда

Qarshi shahrida xalqaro darajadagi zamonaviy suv sporti saroyi tantanali ravishda ochildiXabar berganimizdek, bugun Prez...
29/04/2026

Qarshi shahrida xalqaro darajadagi zamonaviy suv sporti saroyi tantanali ravishda ochildi

Xabar berganimizdek, bugun Prezidentimiz tashabbuslari bilan Qarshi shahrida xalqaro talablar asosida qurilgan, xalqaro darajadagi musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkonini beruvchi muhtasham suv sporti saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, World aquatics byurosi aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Kasaba uyushmalari hamda Uzbekistan aquatics federatsiyalari raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qator xorijiy davlatlar kasaba uyushmalari delegatsiyalari, suzish bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori bo'lgan sportchi, "Suv parisi - 2026" xalqaro turniri ishtirokchilari, deputatlar va el ardog'ida bo'lgan faxriylar, yozuvchi hamda shoirlar, sportchilar va ularning murabbiylari ishtirok etdi.

Mazkur suv sporti saroyida 50x21 metr o‘lchamdagi asosiy suzish havzasi, 16x16 o'lchamli 10 metr balandlikdan suvga sakrash havzasi, bolalar uchun 2 ta 6x12 metrli basseynlar, fitnes va majlis zallari, ma'muriyat va media xonalari hamda yordamchi infratuzilmalar mavjud. Shuningdek, tomoshabinlar uchun 700 o‘rinli tribuna, kirish qismida katta zal, dush va kiyim almashtirish xonalari, sauna va dam olish xonalari barpo etilgan. Barcha uskuna va jihozlar dunyoning yetakchi, ishonchli va mashhur ishlab chiqaruvchi kompaniyalari tomonidan, xususan, Xitoy, Italiya, Ispaniya, Germaniya va AQSH kompaniyalarining eng zamonaviy suv filtrlari, nasoslari, isitish va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan.

Shuningdek, ochilish marosimi davomida joriy yilning 25-27-aprel kunlari poytaxtimizda o'tkazilgan sinxron suzish bo'yicha "Suv parisi - 2026" ochiq xalqaro turnirining g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. Bundan tashqari mezbon O'zbekiston, xorijiy Qozog'iston, Rossiya va Belarus kabi davlatlardan kelgan suv parilari ishtirokidagi chiqishlar hamda kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bag'ishladi.

28/04/2026

Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.



Меня часто спрашивают: «Откуда наш Президент берёт столько сил и энергии?»
Я всегда отвечаю: «От нашего народа».



I am often asked: “Where does our President find so much strength and energy?”
I always answer: “From our people.”

28/04/2026
20/04/2026


Qashqadaryoda boshlangan "Media haftalik"ning 1-kuni taassurotlari

Qarshi shahrida ommaviy axborot vositalari xodimlari, bloger va Axborot xizmatlarini yagona muhitda birlashtirishga xizmat qiladigan "Media haftalik" o‘z ishini boshladi.

Tadbirlar davomida axborot siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent yaratish hamda jamoatchilik bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish, media sohasidagi yangi yo‘nalishlarni joriy etish hamda hududiy OAV faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

20/04/2026



Qashqadaryoda targʻiboti boshlab yuborildi

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan yurtimizdagi yilning eng yirik media loyihasi - “Media haftalik” doirasida Prezidentimizning joriy yil 4-apreldagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan maxsus 🤳“selfi zona” tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari va yoshlar ushbu maydonchalarda eng yorqin lahzalarni muhrlab, bayram kayfiyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ulashmoqdalar.

📸 Foto | Qashqadaryoda start berilgan “Media haftalik” tadbiridan
20/04/2026

📸 Foto | Qashqadaryoda start berilgan “Media haftalik” tadbiridan

20/04/2026

Қашқадарёда "Медиа ҳафталик" бошланди

Воҳамизда медиа соҳасининг энг долзарб масалалари, реал тажриба ва замонавий ёндашувларни бирлаштирган Медиа ҳафталик старт олди.

Медиа ҳафталикда:

✔️ўзбек миллий журналистикасида ўткир қалами билан танилган устозлар,
✔️ бугунги медиа майдонда фаол ва таъсирга эга ОАВ вакиллари,
✔️ижтимоий фаоллар, блогерлар,
✔️ҳамда медиа соҳасига қизиқадиган ёшлар бир майдонда жам бўлади.

📍Манзил: Қарши давлат университетидаги "Ёшлар маркази".

13/04/2026


Qashqadaryoliklar giyohvandlikka qarshi birlashadi

Qashqadaryo viloyatida giyohvandlikka qarshi umumxalq chellenjiga start berildi. Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov, barcha davlat idoralari, yoshlar va keng jamoatchilik birlashib, ushbu illatga qarshi qat’iy kurashga kirishdi.

Mazkur chellenj sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni asrash va jamiyatda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbusdir.

Address

Узбекистан
Qarshi
180100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qashqadaryo viloyati hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Qashqadaryo viloyati hokimligi:

Share