12/11/2022
⚡️QARSHI SHAHRIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI
Yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali ularning ma’naviy-siyosiy ongini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xay’atining 2022 yil 19 oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 7-60“s” va 47 q/q-sonli, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xay’atining 2022 yil 26 oktabrdagi 8-19“s”, 1 - sonli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo‘linmasi kengashi bilan kelishgan xolda Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Qarshi shahridagi 49ta umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovini 28-29-oktabr kunlari o‘tkazish belgilandi.
Shunga asosan 28-oktabr kuni Qarshi shahridagi 27ta - (umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qiydigan jami 7531 nafar o‘quvchilardan 4405 nafari “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi.
29-oktabr kuni esa Qarshi shahridagi 22ta - umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qiydigan jami 5647 nafar o‘quvchilardan 3284 nafari “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi.
Nizomning tanlovni o‘tkazish tartibiga asosan birinchidan, o‘quvchi yoshlar ularga tavsiya etilgan adabiyotlari bo‘yicha, shuningdek kasaba uyushmasi faoliyatiga oid 15ta test savollarini yechdilar ikkinchi navbatda tavsiyaviy ruyxati berilgan adabiyotlardan birining mazmun-mohiyatini, g‘oyasi ahamiyatini sharhlab berdilar. Natijada xakamlar xay’ati tomonidan har bir umumiy o‘rta ta’lim ta’lim maktabida bir nafardan g‘olib aniqlandi.
11 noyabr - “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan shu kuni Qarshi shahri bo‘yicha 49 nafar tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Kasaba uyushmalari viloyat kengashining faollar zaliga jamlandilar.
“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tantanali taqdirlash tadbirida Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy va ma’rifiy ishlar rahbari Rahima Jabborova, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo‘linmasi kengashi raisi Sherzod Yuldashev, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharofat Ashurova, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi a’zosi Uroz Haydarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Kozim Ataboyev, viloyat kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Sevara Ismoilova hamda Qarshi shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari ishtirok etishdi.
“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo‘linmasi kengashining diplomlari va kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari bilan taqdinlandilar.