14/03/2026
🌿 Navro‘z – yangilanish va obodlik ayyomi
Navro‘z bayrami arafasida, joriy yilning 14 mart kuni mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostidagi umumxalq hashari doirasida Qashqadaryo viloyatida ham bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan Abu al-Muin Nasafiy Ziyoratgohi hududida joylashgan bo‘sh yer maydonida Raqamli texnologiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirokida ziyorat va obodonlashtirish hashari tashkil etildi.
Tadbir davomida hududni tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi, shuningdek yangi ko‘chatlar o‘tkazilib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat muqaddas qadamjolarimizni obod qilishga, balki jamiyatda hamjihatlik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌱 Yurtimiz obod, mahallalarimiz fayzli bo‘lsin!