18/06/2022
INQILOBIY MARKAZIGA KELGAN TAXLIL.
Yaqinda, yurtimizda muqarrar bölajak inqilobdan keyingi davrdagi reformalar böyicha kichkina bir taklif.
-Agar taklifim siyqa körinsa aybga buyurmaysiz, chunki Men porloq kelajigimiz uchun öz xissamni qöshish ishtiyoqidaman.
Demak, xozirgi k***a bosqinchi Rossiya bilan jabr köruvchi Ukraina orasidagi mojaro böyicha töxtaladigan bölsak, SSSR tarqalganidan söng Rossiya imperial ambisiyalaridan voz kechmay, xamma yöqotgan xududlarni qaytarib olish uchun xarakatni boshlab yubordi. Bu örinda ba'zi yutuqlarga erishdi xam. Uchta Boltiq böyi respublikalaridan tashqari boshqa MDX davlarlariga siyosiy va iqtisodiy ta'sir ötkaza boshladi va oxir oqibat "Imperiya"ni butunlay tiklash niyatiga yetib keldi.
30 yil davomida Rossiya tomonidan siyosiy ta'sir yölida xar bir MDX davlatlari bilan individual' ravishda turli yondashish yöli orqali kurash olib borildi.
Baxtga qarshi 2000- yillardan keyin dunyo bozorida gaz va neft maxsulotlari narxlari misli körilmas darajada oshib ketdi. Shu bois Rossiya raxbariyati sun'iy ravishda "Oligarlar"ni inkubatordagidek köpaytirib, ularni ğarb davlatlari siyosatiga kiritdi va öz geopolitik ta'sirlarini körsata boshladi.
Oligarxlar orqali sotib olingan siyosatshunoslar yordamida Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSh davlatini gaz va neft bilan qaram qildi. Mazkur davlatlarning raxbar lavozimlariga Rossiyaga moyil bölgan siyosiy partiyalarning liderlarini moliyalashtirib yoki boshqa yöllar bilan ilgari surdi.
Oqibatda birmuncha natijalarga xam erishildi. Misol uchun AQShda Tramp, Yevropa Ittifoqida Sarkaziy, Olan, Shryoder, Merkel', Orban va shunga öxshash siyosatchilarga xukumat tepasiga kelishiga kömaklashdi, evaziga siyosiy devidentlar ola boshladi.
Kreml raxbariyatida imperialistik niyatlarini amalga oshirish yölida birinchi bölib nazoratdan chiqib ketayotgan Ukrainaga siyosiy xujum kildi. Bu örinda öz maxsus xizmatlari va Ukraina ma'muriyatining sotqin vakillari kömagida radikal "Nasionalnostik" oqimlarini moliyalashtirib, "rusafob" xarakatlarini faollashtirdi. Nazorat ostidagi radikal neonasistlardan 2014- yildagi Ukrainada sodir bölgan xalq inqilobiy xarakatlarini boshqa yönalishga burilishida foydalanildi va natijasi xammamizga ma'lum (Qrim yarim orolini anneksiya qilinishi va Donbassda separastik xarakatlarni yaratib, ba'zi xududlar bosib olinishi). Dunyo xamjamiyati tomonidan bildirilgan norozilik, qöllanilgan sanksiyalarni pisand qilmay Rossiya raxbariyati öz imperialistik maqsadlaridan qaytmadi, imperialistik niyatlarini yashirmay xarakatlarini faollashtira boshladi.
Shunigdek, dunyodagi katta davlatlardan biri bölgan Xitoyni xam bu "avantyura"ga jalb qildi. Albatta sezgir AQSh va Buyuk Britaniya davlatlari bu xolatga e'tiborsiz bölmadilar, arqonni uzun tashlab qöyib, Amerika va Britaniya maxsus xizmatlari orqali bir tomondan Rossiyani qurolli ravishda Ukraina xududiga xujum qilishga yönaltirilsalar ikkinchi tomondan Ukraina davlatini urushga tayyorladilar. Xarbiylarni öqitish, zamonaviy qurol aslaxalar bilan ta'minlash va xokazo.
Maqsad Rossiyani tuzoqqa tushirib, bundan dunyoni qayta taqsimlashda foydalanish edi.
Xarakatlar öz samarisini berib gumroh Kreml amaldorlari qöyilgan tuzoqqa tushirildi.
Taxlilchilarning aytishiga qaraganda joriy yilning 24-fevral kunidan xozirgi kunga qadar Amerika siyosiy elitasi Ukraina öz xududi Rossiya qurolli kuchlarini tor-mor qilishi shartligini, xamda AQSh mazlum davlatni barcha kerakli bölgan zamonaviy qurollar bilan ta'minlashi va cheksiz moliyalashtirish zarurligini ta'kidlab kelmoqdalar (Buyuk Britaniya, Pol'sha, Chexiya, Slovakiya, Latviya, Litva va Estoniya davlatlari bundan mustasno).
AQShning Ukrainaga xar tomonlama körsatayotgan uzluksiz katta amaliy yordamiga butun dunyo guvox bölmoqda. Xatto NATOga a'zo bölgan davlatlardan xam Ukrainaga yordam körsatish va Rossiyaga qarshi qöyilgan sanksiyalarga amal qilish talab qilinmoqda. Sababi Yevropa Ittifoqidagi ba'zi davlatlar, jumladan Germaniya, Italiya va Fransiya siyosiy xukumati juda sust xolatda faolyat körsatmoqdalar. Ba'zi taxlilchilarga köra, bu oxirgi uch davlat va yana ba'zi "Eski Yevropa" davlatlari tomonidan mazkur mojaroda Ukraina yutib chiqmasligi uchun barcha xarakatlarni oshirishmoqda. Guyoki Ukraina bosqinchi Rossiyaga yon bosib qöldan ketgan xududlaridan voz kechib(xozirgi k***a taxminan 20% xudud boy berilgan) tinchlik sulhi tuzulishiga rozilik berishi kerak emish. Lekin Ukraina xukumati shartlar noörin ekanligini butun dunyoga jar solib, barcha xududlarni qaytarib olish maqsadida oxirgi vatandoshigacha kurash olib borishini namoyon etmoqda. Shunday bölishi muqarrarligini köpgina dunyo siyosatchilari qayta-qayta taxlil qilishmoqda.
Xösh, nima uchun Ukraina xududida Rossiyani sharmandalarcha tor-mor qilinishi AQSh davlatiga kerak bölib qoldi? Nima uchun bu örinda Ukrainaga misli körilmas yordam körsatilmoqda?
Birinchidan, Rossiya imperiyasini iqtisodiy va xarbiy soxasida batamom tinkasini quritib iloji boricha yadroviy qurolsizlantirish.
Ikkinchidan, NATO blokini tarqatish umidida yurgan eski Yevropa davlatlariga dunyoning egasi kim ekanligini namoyon qilish.
Uchinchidan, Ukrainadan öz manfaati yölida foydalanish.
Jabrdiyda davlatdan qanday manfaat bölishi mumkin degan savolni berishdan avval Ukraina saloxiyatini birma bir körib chiqamiz:
- Ukraina oğir sanoat soxasida ishlab chiqarish potensiali juda katta. Xududda beshta Atom stansiyalari uzluksiz ishlab turibdi. Bu sobiq SSSR dan tarixiy meros.
- Ukraina xalqining ishchanligi va IQsining yuqori darajadaligi, xamda turli soxalarda kerakli mutaxassislar yetarli ekanligi.
- Ukraina xarbiy kuchlarining jang olib borilish qobiliyati kuchli va jasur ekanligi.
- Ukrainada agrar soxasi yaxshi rivojlanganligi, yerlar unumdorligi va bu soxada kerakli mutaxassislar mavjudligi.
Yuqorida körsatib ötilganlarni inobatga olgan xolda Amerikaga nima manfaat degan savolga endi javob beramiz.
Manfaat shuki, Rossiyani urushda yutib chiqish uchun chözilgan yordam qöli uchun Ukraina öz özidan AQShga bir necha ön yillarga sadoqatli ittifoqdosh bölib qoladi (xuddi ikkinchi jaxon urushidan keyin Buyuk Britaniya AQShga sadoqatli ittifoqdosh bölib qolganidek). Ukraina urushda ğolib bölganidan keyin Amerika bu xududda "Marshal rejasini" amalga oshiradi. Kattadan katta investisiyalar olib kirish natijasida davlatni butunlay tiklaydi, yangi texnologiyalarni taqdim etadi, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, korrupsiya bilan kurashishni örgatadi. Ukrainada shundoq xam demokratiya yaxshi rivojlangan. Natijada Yevropada qitasida iqtisodi rivojlangan, zamonaviy qurollangan (urush davomida lend-lize qonuni orqali barcha zamonaviy qurollar bilan ta'minlanadi) qurolli kuchlari bölgan demokratik sodiq ittifoqdosh davlatni yaratadi.
Bu yangi davlat nima uchun kerak?
Doimo imperialistik ambisiyalarga ega Rossiya va imperiyachilikka moyil bölgan eski Yevropa davlatlari, ya'ni Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniyalarga qarshi kuch sifatida ushlab turishi uchun.
Shuningdek, ğarb siyosatchilari yaqin kelajakda, albatta Ukraina urush tugaganidan keyin, AQSh va Buyuk Britaniya tashabbussi bilan yangi "Shimoliy Yevropa" (Nordicheskiy) xarbiy blok tuzilishi mumkinligi farazini yuritishmoqda. Mazkur blok NATO blokidan tashqari bölib, tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Ukraina va uchta Boltiq böyi davlatlari kiradi. Bu xarbiy blok NATO blokidan tashqari xolatda faoliyat körsatadi.
Ushbu taxliliy muloxazalarni e'tiborga olgan xolda Özbekistonda muqarrar böladigan Inqilobdan söng amalga oshiriladigan reformalar qatorida davlatimiz AQSh va Buyuk Britaniya bilan kelishuv asosida xarbiy ittifoq tuzilsa (keyinchalik bu ittifoqqa Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiston va Tojikiston xam jalb qilinadi). Bu qaramlik emas, balki ikki tomonlama manfaatdorlik prinsiplari asosidagi ittifoq.
Xarbiy ittifoq kömagida yurtimizda zamonaviy aslaxa bilan qurollangan Örta Osiyoda eng kuchli Özbek Armiyasi yaratilsa. Zamonaviy aslaxalar davlatimizdan korrupsiya yöli bilan olib chiqib ketilgan yuzlarcha milliardlarning bir qismiga xarid qilinsa. Shuningdek, shu mablağlar xisobidan Özbek xarbiylari zamonaviy jang olib borishga öqitilsa.
Chunki, Özbekiston geosiyosiy xatarli xududda joylashgan. 40 yildan ortiq vaqt davomida urush borilayotgan doimiy notinch Afğoniston, yerlarimizga köz tikib turgan ochofat Xitoy, öz imperiyasining bir qismi deb xisoblagan bosqinchi Rossiya va qitmir Eron davlatlari mavjud ekan xalqimiz xavotirsiz yashay olmaydi. AQSh va Buyuk Britaniya bir necha yillardan beri Markaziy Osiyoda ittifoqdosh davlatni topish istagida. Xammamizga ma'lum, bu örinda 2000- yillarda zamonning zayli bilan Afğoniston nazarga tushdi. 20 yil davomi mazkur xududda xarbiy saloxiyatga ega demokratik ittifoqdosh davlat tuzish uchun birgina AQShning özi trillion dollarga yaqin mablağ sarfladi. Afğonistonning doimiy etnikaro ziddiyatlari muammo bölgani va pushtun xalqining betayinligi bois Ğarbning rejalari bir pul böldi.
Bu masalada Özbekistonning imkoniyati katta, xuddi Ukraina kabi saloxiyatlar mavjud. Xarbiy blok soyasida Özbekiston xududida chet el investisiyalariga xavfsizlik kafolati beriladi. Baxonada "Dunyo egalari"dan yangi texnologiyalar olinib, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Tayvan kabi Osiyo davlatlaridek yurtimizda ishlab chiqarish yuqori darajada yölga qöyiladi. Bu öz özidan xalqimizni farovon yashashiga olib keladi.
Vatanpar Muhlisingizdan!
Turkiston Xabarlari