Rishton Axborot-Kutubxona markazi

Rishton Axborot-Kutubxona markazi Rishton tumani Axborot-Kutubxona markazi rasmiy sahifasi

⚜️Kutubxonali qovoq⚜️Truro ijtimoiy kutubxonasi javonida joylashgan dekorativ qovoq 2015 yildagi Xellouin paytidagi inte...
03/06/2026

⚜️Kutubxonali qovoq⚜️

Truro ijtimoiy kutubxonasi javonida joylashgan dekorativ qovoq 2015 yildagi Xellouin paytidagi internet-kitob havaskorlari orasida jahon bo’yicha mashhurlikka sazovor bo’lgan.

Qovoqni mahalliy bolalar kesganlar, va kutubxona xodimlari uni yaxshilab bezaganlar.

Qovoq ichida mittigina kutubxona yaratilgan, va u yerda ular uchun maxsus tikilgan jajjigina kiyimchalar kiygan, Legodan tayyorlangan kichkina odamchalar o’tiribdi.

 ✍X.Toʻxtaboyev📗Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari Xudoyberdi To‘xtaboyevning ushbu asari bir qator...
02/06/2026



✍X.Toʻxtaboyev
📗Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ushbu asari bir qator jajji qissalardan iborat bo‘lib, qissa qahramonlarining har biri atrofimizdagi bolalardir.

Asar bolalarga juda qiziq va ularni zeriktirmaydi.

  📚Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o‘qidir.                    ✍️ A...
02/06/2026

📚

Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o‘qidir.

✍️ Abulqosim az-Zamaxshariy

 Kitobxonlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish-kutubxona faoliyatini jonlantirish, kitobxonlarning asl ehtiyojlarini bilish...
02/06/2026



Kitobxonlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish-kutubxona faoliyatini jonlantirish, kitobxonlarning asl ehtiyojlarini bilish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun juda muhim qadamdir.

Rishton tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimzdagi oʻquvchi yoshlarni kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, oʻzbek va jahon adabiyoti asarlariga qay darajada qiziqishlarini oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi.

 📚Asarlar✍️Mirtemir📜O’zbekiston xalq shoiri, Hamza va Berdaq mukofotlari laureati Mirtemirning to’rt jildlik “Asarlar”in...
01/06/2026



📚Asarlar
✍️Mirtemir

📜O’zbekiston xalq shoiri, Hamza va Berdaq mukofotlari laureati Mirtemirning to’rt jildlik “Asarlar”ining ushbu jildiga dramatik asarlari, nasriy she’rlari, xotiralari hamda adabiy-tanqidiy maqolalari jamlangan.

01/06/2026
01/06/2026
BOLALARGA BERING(1-Iyun.Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)Bilmoq uchun olamnig sirin, Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni, ...
01/06/2026

BOLALARGA BERING

(1-Iyun.Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)

Bilmoq uchun olamnig sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin xayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini baxtin ko‘ring siz,
Kamolini taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

✍Xurshid Karim

 Bolalik inson umrining eng begʻubor, eng baxtli faslidir.Har bir bolaning begʻubor kulgusi dunyoni yanada yorugʻ va goʻ...
01/06/2026



Bolalik inson umrining eng begʻubor, eng baxtli faslidir.

Har bir bolaning begʻubor kulgusi dunyoni yanada yorugʻ va goʻzal qiladi.

1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanimizda joylashgan Istirohat bogʻida Rishton tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ilmga chanqoq bolajonlar bilan axborot-kutubxona markazi kitob jamgʻarmasidagi bolalarga oid boʻlgan kitoblar asosida kitoblar targʻiboti oʻtkazildi.

 🎈 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak! 🎈Aziz bolajonlar!Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qi...
01/06/2026



🎈 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak! 🎈
Aziz bolajonlar!
Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaymiz! 🌸

Har bir kuningiz quvonchga, qalbingiz mehrga, yuzingiz tabassumga to‘lsin. O‘qishda ulkan yutuqlarga erishib, ota-onangiz va ustozlaringizning faxri bo‘lib ulg‘ayishingizni tilaymiz.

Bolalikning beg‘ubor onlari, shodon kulgulari va yorqin orzulari hech qachon tark etmasin! 🌈✨

Sog‘lom, baxtli va bilimli avlod bo‘lib kamol toping!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Address

Узбекистан
Rishton

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Rishton Axborot-Kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category