15/11/2022
“Ma’naviyat karvoni” Jizzax garnizonidagi harbiy qismda
Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Respublika Ma’naviyat va marifat markazi va Jizzax viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy, ijodiy uchrashuvlar va konsert dasurlari tashkil qilindi.
Tadbirda respublika ma’naviyat va marifat targ‘ibot guruhi, yozuvchilar uyushmasi vakillari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyor va aktrisalar hamda honandalar ishtirok etib harbiy xizmatchilar va yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab shukronalik tuyg'usi bilan yashashga, inson qadrini ulug'lashga davat etish bo'yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Shuningdek, Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etayotganini takidlab, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettiraverishini tilashdi.
Tadbir davomida halq artistlari Dilfuza Rahimova va Shaxnoza Otaboyevalar tomonidan Ona Vatanni va tinchlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
“Ma’naviyat festivali” doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi bo‘lib o‘tkazildi.
Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari va harbiy xizmatchilar tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, bemorlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun badiiy adabiyotlar to’plamini sovg‘a qilishdi.
Elimiz suygan san’atkorlarning jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari esa, yurtdoshlarimizning dardlaridan forig‘ bo‘lishlariga turtki bo‘ldi desak mubolag‘a bo’lmaydi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati