25/05/2026
"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari davomida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi namunali tarzda ta'minlandi
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari yuqori saviyada, uyushqoqlik va eng asosiysi, xavfsizlik talablariga to'liq rioya etilgan holda o'tkazildi.
Mazkur tabirlar davomida ta'lim muassasalari hududida jamoat tartibini saqlash, o'quvchilar hamda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, turli noxush holatlar, huquqbuzarlik va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha ichki ishlar organlari va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan namunali tarzda xizmat tashkil etildi.
Ushbu kompleks chora-tadbirlar "So'nggi qo'ng'iroq" bayramini ko'tarinki ruhda, osoyishtalik va xavfsizlik muhitida o'tkazishga xizmat qildi.